Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, avval Intel 8080 protsessorining analogi hisoblangan, so‘z uzunligi 8-razryadga teng bo‘lgan K580BM80 protsessori asosida qurilgan «o‘quv kompyuteri» - УМПК-80 (rus tilida - учебный микропроцессорный комплект) elektron stendi asosida, 8- razryadli protsessorning tuzilishi va uni qanday ishlashini batafsil ko‘rib 74 chiqamiz. УМПК-80 elektron stendi bu xildagi protsessorlar va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishini va qanday ishlashini o‘rganishni ancha osonlashtiradigan ko‘rinishda qilib ishlab chiqarilgan. Ushbu «o‘quv kompyuteri»ni o‘rganish bilan biz, hozirgi paytda - sanoat, meditsina, televidenie va boshqa ko‘pgina sohalarda, hamda kundalik turmush uchun ishlab chiqarilayotgan turli xil maishiy texnika asboblarida, qo‘llanilayotgan mikrokontrollerlar va ular asosida qurilayotgan o‘rnatilgan tizimlar qanday tuzilganligi va qanday ishlashi haqida ham tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Mikrokontrollerlarning ko‘pgina ko‘rsatgichlari, aynan avvalgi 8-razryadli kompyuterlarning ko‘rsatgichlariga ancha yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |