«Tyuring testi» - «Mashina fikrlay oladimi» (1950) sarlavhali maqolaning muallifi ingliz olimi Alan Tyuring tomonidan ishlab chiqilgan empirik test. Olim mashina imkoniyatini insonning aqllilik darajasi bilan qiyoslash prolsedurasini ishlab chiqdi. Ushbu g‘oya 1950-yilda «Mind» falsafiy jurnalida «Hisoblash mashi- nalari va tafakkur» (Computing Machinery and Intelligence) nomli maqolada e’lon qilindi. Bu testdan ko‘zlangan maqsad sun’iy tafakkurning inson tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini aniqlash hisoblanadi. Unga ko‘ra, inson bir kompyu- ter va bir inson bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Savollarga javob berish asosida u kirn bilan (inson yoki kompyuter dasturi bilanmi) gaplashayotganini aniqlashi lozim bo‘ladi. Kompyuter dasturining vazifasi esa insonni xatoga yo‘1 qo‘yishga, noto‘g‘ri tanlov qabul qilishga majbur etish sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |