Avtomatik tahrir - kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (Microsoft Word, Excel, Wordpad, Lexicon) rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Avtomatik tahrir matndagi mexanik xato- larning avtomatik tarzda to‘g‘rilanishi va xato ckanligi haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog‘liq. Aniq misollar bilan tushuntiriladigan bo‘lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar bo‘lsa, ularning ostiga qizil yoki ko‘k rangda chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning avtomatik bosh harfga o‘tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya qo‘yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuq- lar hisoblanadi.
Avtomatik tahrir yo‘nalishi XX asr o‘rtalariga kelib rivojlandi. U matn muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo‘shimcha effekt- lar bilan boyimoqda. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo‘shilgan tillarda amal qiladi, masalan, ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko‘p amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o‘tmoqchimiz:
orfografiyani tekshirish;
grammatika va stilistikani tekshirish;
kontekstli qidiruv;
formatlash;
avtomatik referatlash - matndagi kalit so‘zlar asosida uning umumiy mundarijasini yaratish;
matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar, dia- grammalar qo‘shish, giperhavolalar bilan ta’minlash;
matndagi abzaslar, belgilar, so‘zlarning aniq miqdorini aniqlash (statistika- sini ko‘rsatish);
tezaurus xizmati - matndagi muayyan so‘zning sinonimik variantlarini aniqlash;
transliteratsiyalash - bir alifbodan boshqa alifboga o‘tkazish (masalan, kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish).
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz. ispan, italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini
Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so‘zlarning imlosini tekshirishga yor- dam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi.
Ekspert tizimi - muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud bilimlarning immi- tatsiyasi tarzida yaratilgan kompyuter dasturi. Boshqacharoq aytganda, ekspert tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar jamlangan qomus yoki o‘ta professional ekspertlarning kompyuter modelidir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy qismi mavjud: ma’lumotlar ombori va mantiqiy mashina. Ekspert tizimlari kon- sepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard Feygenbaum nomi bilan bogiiq bo‘lib, u 1977-yilda murakkab mantiqiy masalalarni yechishda kompyuter das- turlarining samaradorligi formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko‘ra muam- moli sohaga doir bilimlar bazasiga bog‘liq ekanligini asoslab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |