Semantik tarmoq - borliqni so‘zlar va ularning semantik munosabatlari yordamida modellashtirishga yo‘naltirilgan tizim hisoblanadi. Semantik tarmoq aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik munosa- batlarning biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan nuqta) munosabatdorligi asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g‘oyasi kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta’sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlar- ga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o‘rtasidagi semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |