Adabiyotlar:
Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.
Ikromova H.Z. Inson - kompyuter - kelajak. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – B. 42-65.
Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. –Toshkent: o‘qituvchi, 2001.
Po‘latov A., Mo‘minova T., Po‘latova I. Dunyoviy o‘zbek tili.-Toshkent, 2003.
Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. O‘zbek tili axborot uslubida qo‘shma gap konstruksiyasining formulasi..
Glossariy
Elektron ensiklopediya - kuchli qidiruv tizimiga ega bo‘lgan ma’lum yo‘nalishdagi illustrasiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, giperhavo- la (gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro‘yxat, foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati va hokazolardan iborat bo‘lgan katta hajm- dagi elektron dastur.
Freym - bilimlar strukturasiga oid tayanch tushunchalardan biri. Freym - (inglizcha «frame» - «karkas», «ramka», «skelet» ma’nolarini anglatadi) sun’iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda ko‘p kuzatiladigan, tipik) vaziyatlarni gavdalantirishning bir usuli sanaladi. Ya’ni freymga modellashtirilayotgan hodi- sa, vaziyat va jarayonlarni umumlashtirilgan holda joylashtirish mumkin. Freym
mavhum obraz modeli bo‘lib, muayyan obyekt, voqea-hodisa, vaziyat va jara- yonlarning formal tavsifi demakdir (masalan, restoranga borish, shifokor qabu- lida bo‘lish, ma’ruzalarga qatnashish, tug‘ilgan kun, futbol o‘yini kabi tipik vaziyat- lar). Dastlab «freym» termini XX asrning 70-yillarida Marvin Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o‘z ichiga oluvchi bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan. Shundan so‘ng freym semantikasi konsepsiyasi (frame semantics) amerikalik tilshunos Charlz Fillmor tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsi- yaga ko‘ra, so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar, matn ma’nosi sahnalar bilan uyg‘unlashtirilgan, shartlangan bo‘ladi. Bir freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.
Freymlar sun’iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym- rollar, freym-ssenariylar, freym-vaziyatlar. Freymlar tizimi birlashib, semantik tar- moqni hosil qiladi. Freym kompyuter xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar om- boriga tayanib olamni maxsus shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki bir necha elementlarning majmui hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos belgilar ma’nosi qayd etilgan bo‘ladi.
Freym-ssenariy - ba’zi harakat, voqea-hodisalarning xarakterli unsurlarini o‘z ichiga olgan tipik strukturalar hamda vaziyatlarning rivojlanishi, ketma-ketligi (algoritm bosqichlari) demakdir. Ssenariy - bu oddiy voqea-hodisalar zanjiri emas, balki ushbu harakatlar ketma-ketligida kauzal bog‘liqlik tamoyili ishlaydi, ya’ni har bir harakat natijasi shartli sanaladi, uning ta’siri va oqibatida navbatdagi ish- harakat sodir bo‘lishi mumkin. Har bir ssenariyda rol bajaruvchilar mavjud. Sse- nariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish ssenariysi.
Do'stlaringiz bilan baham: |