Elektron multimedia darsligi - aynan kompyuter vositasida o‘quv kursini yoki uning bitta katta bo‘limini o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil o‘zlashtirishni ta’minlovchi dasturiy-metodik kompleks bo‘lib, bunda tizim matnli fayllar, turli xil animatsiyalar, audio va videoeffektlar bilan boyitilgan bo‘ladi.
«Informatsion qidiruv» (inglizcha «information retrieval») termini 1948-yilda Kelvin Mur tomonidan fanga kiritilgan. Informatsion qidiruv tizimi - bu ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni ma’lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimidir. Bu yo‘nalish ilmiy- texnikaviy axborotlarning ko‘payib ketishiga javoban 1960-yil oxirlarida yuzaga keldi. Axborot ko‘paygan sari uni saralash, keraklisini qidirib topish muammosi yuzaga keldi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun olimlar informatsion qidiruv tizimlari g‘oyasini taklif etdilar. Bu yo‘nalish Internet tarmog‘i yuzaga kelgandan so‘ng yanada rivojlandi. Masalan, bugun Internetda Google, Yandex, Rambler. Yahoo kabi qidiruv tizimlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |