Talaba BMI mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o`z oldiga qo`yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o`rganishi, o`zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini taominlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo`lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o`z mutaxassisiligi yo`nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Talabalar BMI mavzusini tanlagandan so`ng, mavzuga tegishli bo`lgan adabiyotlar ro`yxatini tuzib chiqishi, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o`rganishlari kerak.
BMI ni bajarishda kafedra tomonidan tavsiya etilayotgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo`shimcha adabiyotlardan ham faydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Talaba BMI uchun qo`shimcha adabiyotlarni internet saytlaridan topishi va olishi mumkin.
Shuningdek, talaba BMI mavzusiga tegishli bo`lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishi lozim.
To`plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar BMI mavzusini to`liq yoritib berishga qaratilgan BMI rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida ishining mohiyatini yoritishlari zarur.
BMI rejasini o`qituvchidan maslahat olgan holda tuzish maqsadga muvofiq. Reja – bu ishning asosi hisoblanadi. Uni to`g`ri tuzilishi ishning saviyasi qay darajada ekanligini bildiradi. Ishning rejasi uni strukturasi bilan uzviy bog`liq bo`lib reja kirish qismidan, mavzuning mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 2-3 ta savollardan va xulosa va takliflar qismidan iborat bo`ladi. BMI rejasi tuzilgandan so`ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga asosiy qoidalarga e’tibor berish zarur:
ma’lumotlar absolyut ko`rsatkichlarga keltirishi kerak. Ular taqqoslanayotganda bir xil o`lchamlarda bo`lishi shart;
texnik jarayonning mohiyatini ochib berish hamda aniqlangan tendentsiyani isbotlashda bitta raqam emas, balki bir nechta raqamlarni keltirish kerak;
ko`rgazma uchun raqam ma’lumotlarini jadval, diagramma hamda grafik ko`rinishida bo`lishi kerak.
BMI da ishlatilagan aniq materiallardagi raqamlar xajmi xaddan ziyod qo`payib ketishiga yo`l qo`yilmasligini talaba yodda tutmog`i darkor.