“Kompyuter injiniringi” fakult ti


Fayllar tizimining asosiy xususiyatlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana19.09.2021
Hajmi0,63 Mb.
#178300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
ushbu uslubiy korsatma telekommunikatsiya texnologiyalari talim yonalishi talabalari uchun moljallangan. (2)

Fayllar tizimining asosiy xususiyatlari.

Fayllar tizimi fayllar uchun sanab utilgan barcha xususiyatlarni o’z ichiga oladi, va  yana

ba’zi bir qo’shimcha xususiyatlarga xam ega. Bu xususiyatlar fayllar tizimining strukturalik

tashkil etilishi bilan bog’lik.

Keling, qandaydir tashqi saqlash qurilmasi (TSQ) fazosini qarab chiqaylik va bu fazoda

fayllarni joylashtirishni tashkil etishni ko’rib chiqamiz.

1. Uzluksiz segmentli fayllarni birdarajali tashkil etish«Birdarajali»  termini tizim unikal

nomlangan fayllar bilan ishlashni ta’minlashini anglatadi. Tashqi saqlash qurilmasi chegarasida

berilganlarni saqlash uchun katalog deb ataluvchi soxa ajratiladi. «Boshlang’ich blok» berilgan

ism bilan boshlanuvchi tashqi saqlash qurilmasidagi nisbiy adresni ko’rsatadi. «Oxirgi blok»

berilgan faylning oxirgi blokini aniqlaydi. Faylni ochish funktsiyasi katalogda fayl ismini topish,

uning boshlanishi  va oxirini aniqlashni amalga oshiradi. (amalda berilganlar ko’rsatilganidan

kam joy egallashi mumkin, lekin bu xaqda keyinroq to’xtalamiz). Bu xarakat juda oddiy, shu

bilan katalogni OT xotirasida saqlash mumkin, bu esa almashinuvlarni kamayishiga olib keladi.

Agar yangi fayl tashkil etilayotgan bo’lsa, u bo’sh joyga yoziladi. Ismlar katalogiga o’xshash

bo’sh fazolar (fragmentlar) jadvali bo’lishi mumkin.

O’qish-yozish qo’shimcha almashinuvlarsiz amalga oshiriladi, chunki faylni ochishda biz

berilganlarni joylashtirish diapazoniga ega bo’lamiz. O’qish ushbu struktura blokiga mos

ravishda amalga oshiriladi va xech qanday qo’shimcha ma’lumot talab etilmaydi, almashinuv

xam mos ravishda tezda amalga oshiriladi.

Endi qarab chiqaylik, bunday faylga qo’shimcha ma’lumot yozmoqchimiz, lekin bo’sh

fazo joy yo’q? Bu xolda tizim ikki xil yo’l tutishi mumkin.  Birinchidan, u  sizga joy yo’qligini

aytadi va siz  o’zingiz nimadir qilishingiz kerak bo’ladi, ya’ni  qandaydir ushbu faylni biror

joyga ko’chirib turadigan va kerakli ma’lumotni qo’shadigan  jarayonni  qo’yasiz. Bunday

ko’chirish yetarli darajada qimmatga tushadigan funktsiya. Ikkinchi imkoniyat - almashinuvni

rad etiladi. Bu esa faylni ochish jarayonida avvaldan qo’shimcha joy olib qo’yish kerakligini

anglatadi;  bu xolda fayl tizimi buferning bo’sh o’lchamini tekshiradi va u kam bo’lsa, Ushbu

faylni joylashtirish uchun bo’sh joy qidiradi.

Bunday kuramizki, bunday tashkil etish sodda, almashinuvlarda unumli, lekin fayl uchun

joy yetishmagan xollarda unimsizlik boshlanadi. Bunday tashkari fayl tizimining uzoq ishlashi

davomida diskda xuddi operativ xotiradagi kabi fragmentatsiya xolati yuz beradi.  Ya’ni bush

joylar mavjud ,lekin faylimizni joylashtirish uchun yetarli joy yo’q bo’lgan xolat yuzaga keladi.

Fayl tizimini bunday tashkil etilishining fragmentatsiyasi bilan kurashishda uzoq, og’ir va fayl

tizimi uchun xavfli bo’lgan jarayon, ya’ni fayllarni bir-biriga zichlashtirish jarayoni amalga

oshiriladi.

Bunday tashkil etish bir foydalanuvchilik  fayl tizimi uchun kulay va foydalidir, chunki

foydalanuvchilarning kupligi xolatida fragmentatsiya yuz beradi. Zichlashtirish jarayonini  xar

doim qo’yish maqsadga muvofiq emas. Boshqa tomondan tizim oddiy va xech qanday

qo’shimcha xarajatlar talab qilmaydi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish