SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
DASTURIY INJINIRING KAFEDRASI
“KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI” MUTAXASSISLIGI
KURS ISHI
Mavzu: Yuqori chastotali filtrlar asosida tasvirlarga ishlov berish algoritmlari
Bajardi: “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Buriyeva M.T.
Qabul qildi: PhD., dotsent Yusupov O.R.
Samarqand -2022yil.
Yuqori chastotali filtrlar asosida tasvirlarga ishlov berish algoritmlari
Kirish
Nazariy qism
Furye diskret almashtirish ifodasi
Chastotali filtrlash asoslari
Chastotali filtrlash qadamlari ketma-ketligi
Fazoviy va chastotali filtrlar o’rtasidagi mutanosiblik
Amaliy qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2.1. Furye diskret almashtirish ifodasi
Furye diskret almashtirish ifodasi
ga ko’ra F(u,v) Furye almashtirishining har bir elementi f(x,y) funksiyasining eksponensial hadlari qiymatlariga ko’paytirilgan barcha hisoblashlari o’z ichiga oladi. Shuning uchun, odatda tirivial holatlarni hisobga olmaganda, tasvir va obrazining xarakterli detallari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri muvofiqlikni o’rnatish mumkin emas. Furye-obrazining chastotali tarkibiy qismlari va fazoviy xususiyatlari bog’liqligiga nisbatan ba’zi umumiy ta’riflar keltirish mumkin.
Masalan, chastota signalning fazoviy o’zgarishlari tezligi bilan to’g’rida-to’g’ri bog’liq bo’lganligi sababli Furye almashtirishdagi chastotalar tasvir yorqinligi variatsiyasi bilan bog’liqligi intuitiv ravishda ma’lum. Sekin o’zgaruvchi (doimiy) chastotali tashkil qiluvchi (u = v = 0) tasvirning o’rtacha yorqinligiga proporsionalligi ham ma’lum. Furye-almashtirishlarning koordinatalar boshiga yaqin nuqtalariga javob beruvchi past chastotalar tasvirning sekin o’zgaruvchi komponentalariga to’g’ri keladi. Masalan, xona tasvirida ular devor va pol yorqinligining silliq o’zgarishiga to’g’ri kelishi mumkin.
Yorqinlikning keskin o’zgarishi bilan ifodalanuvchi obyektlarning chegarasi va tasvirning boshqa detallari koordinatalar boshidan o’chirish jarayonida balandroq bo’lgan chastotalar tobora yorqinlikning tezda o’zgarishiga to’g’ri kelishni boshlaydi.
Chastotali sohada filtrlash usullari Furye-obrazini o’zgartirish (modifikatsiya qilish) ga asoslangan. Bunda ikkita tushuncha mavjud: almashtirish amplitudasi (Furye-spektr) va faza. Fazoviy fomponentaning visual tahlili tor ma’noga ega. Lekin, spektr berilgan tasvirning umumiy xarakteristikalariga ba’zi foydali ko’rsatmalarni beradi. Masalan, quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |