Tizimli blok qismlari,va uni qismlarga ajratish va o’zgartirish
Sistema bloki - kompyuterning markaziy qismi hisoblanadi. Kompyuter - deyilganda aynan sistema bloki tushuniladi.
Sistema bloki kompyuterning ishlashini ta’minlovchi: prosessor, xotirada saqlovchi qurilma, qattiq va yumshoq disklardan iborat yig’uvchilardan tashkil topgan. Sistema blokida “yoqish/o’chirish” tugmasi joylashtirilgan. Sistema bloki odatda dESCtor (yassi) yoki town (minora) ko’rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashtiriladi.
Sistema bloki bu kompyuterning eng asosiy kismi (rasm 5.) Uning ichida:
ona platasi
mikroprosessor
kattik disk yoki vinchester
tezkor va kesh xotira mikrosxemalar
elektron sxemalar
kontrollerlar
adabterlar
elektr ta’minlovchi blok
disk yurituvchilari joylashadi.
Bu sistema blokiga xamma tashki kurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Ona platasi (Asosiy plata) Mother board - Asosiy elektrosxema bulib unga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari urnatiladi, kattik disk va disk yurituvchilari ulanadi
Operativ xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, prosessor undan amallarni bajarish uchun dastur berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi.
Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chib ketadi.
Zamonaviy kompyuterlarda 2, 4, 8 Gb va undan katta xajmga ega bo‘lgan operativ xotirlar ishlatiladi. Kompyuterlarning operativ xoirtasini ko‘tarish uchun Ona platalarda qo‘shimcha shinalr mavjud. Ikkita 2 Gb lik operativ xotiradan 4 Gb lik, yoki ikkita 4 Gb lik operativ xotiradan 8 Gb lik xoira yasash mumkin. Faqat bitta narsani etiborga olish kerak, bu ham bo‘lsa ona plataning imkoniyati bunga mos kelishi kerak, ya’ni ona plataning imkonidan chiqib kelish kerak degan so‘z.
Mikroprosessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi va u 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Mikroprosessor (CPU) kompyuterning «Miyasi» hisoblanadi, unda barcha hisob-kitoblar amalga oshiriladi, uning asosiy ko’rsatkichi tezligi hisoblanadi va megagers (Mgs) sekundlarda o’lchanadi, u qancha qatta bo’lsa,kompyuter shuncha tez ishlaydi.
Protsessor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xozirgi kunda juda ham ko‘payib ketganligi tufayli protsessor turlari ham ko‘p. O‘zbekiston bozorlarida ko‘p uchraydigan, kompyuterlarda ko‘p qo‘llaniladigan protsessor va chiplar, bular:
1. Intel Corporation - AQShnin Kaliforniya shtatida 1968 yil Gordon Mur va Robert Noys tomonidan tashkil etilgan amerika korporatsiyasi. Bu korporatsiya asosan kompyuterni tashkil etuvchi elektron qurilmalar, mikrochiplar va mikro-protsessorlar ishlab chiqaradi. Bugungi kunda 8, 16 va undan ko‘p yadroli mikroprotsessorlar ishlab chiqararishni konveyrga qo‘yigan.
2. MediaTek Inc. (MTK) kompaniyasi. Kompaniya 28 maya 1997 yil Tayvanning Sinchju shahrida tashkil qilingan. Bo‘linmalari Xitoyda, Daniya, BAA, Indii, Yaponiya, Sharqiy Koreya, Singapur, Buyukbritaniya, AQSh va Shvetsiya mamlakatlarida joylashgan.
3. Advanced Micro Devices, Inc. (ingliz tilidan tarjimasi «Istiqbolli mikroqurilmalar») — 1969 yil AQShning Kaliforniya shtatining Sanniveyl shahrida Djerri Sanders va Djon Keri tomonlaridan tashkil qilingan. Bugungi kunda AMD mikrochiplarini ishlab chiqarish bilan mashxur.
4. ATI Technologies kompaniyasi — Kanadaning Ontario shahrida joylashgan bo‘lib, grafikaga oid protsessorlar va chipsetlar, ona (materinskaya) platalar ishlab chiqaruvchi kompaniya.
5. Va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |