Kompyuter 2013. p65



Download 10,22 Mb.
bet9/37
Sana14.07.2022
Hajmi10,22 Mb.
#799898
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
WORD 1655112285356

HTML (Web) redaktorlar. Bu o‘zida matn va grafik redaktor- lari xossalarini birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web huj- jatlarni tayyorlashga mo‘ljallangandir. Web hujjatlar deb, ularni tayyorlashda, Internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq qator xususiyatlar hisobga olingan elektron hujjat- larga aytiladi.
Nazariy jihatdan Web hujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va protsessorlaridan va shu bilan birga vektorli grafik re- daktorlarning ba’zilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web redaktorlar Web dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham bu sinf dasturlari- dan elektron hujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Brauzerlar ( Web ni ko‘rish vositalari). Bu kategoriyaga HTML formatida (bu format hujjatlari Web hujjat sifatida ishlatiladi) yara- tilgan va elektron hujjatlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan dastur vositalari kiradi. Zamonaviy brauzerlar yordamida matn va grafika- ni ko‘ribgina qolmasdan, balki musiqa, ovoz, Internetdagi radioeshittirishlarni eshitish, videokonferensiyalarni ko‘rish, elektron pochta xizmatidan foydalanish, telekonferensiyalar tizimida ishlash va boshqa ko‘pgina ishlarni bajarish mumkin.
Ish yuritishning integrallashgan tizimlari. Bu dasturlar boshliq ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iborat. Bunday tizimning
asosiy funksiyalariga oddiy hujjatlarni yaratish, tuzatish va formatlash, elektron pochta, faksmil va telefon aloqa funksiyalarini markazlashtirish, korxona hujjat almashinuvini kuzatish (mo- nitoring), korxona bo‘limlari faoliyatini koordinatsiyalash, rah- bariyat va xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish va so‘rovnomalar bo‘yicha ma’lumotlar berish kiradi.
Buxgalteriya tizimlari. Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo‘lib, ular o‘z ichiga matn va jadval redaktorlari, elektron jadvallar va ma’lumotlar bazalarining funksiyalarini oladi. U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni avtomatlashtirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo‘ljal- langan. Bundan tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statis- tik hisob tashkilotlariga beradigan formada tayyorlanadigan hiso- botlarini olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar korxona- larning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini aks ettiradi. Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida ham bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini bitta tizimda mujassamlan- ganligi bilan qulaydir.

Download 10,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish