Zarg`aldoq – qizil kadmiy, yorqin qizil, to`q
qizil, (krasnыy purpurnыy)
Pigment kerakli nisbatda olingan sulfid va selenid kadmiyning birikmasidan iborat.
Qizil kadmiyning rangi va tusi undagi selenid kadmiyning miqdoriga bog`liq. Unda selenid kadmiy qancha ko`p bo`lsa, bo`yoqdagi qizil tus shuncha to`yingan bo`ladi; bo`yoqlar juda katta rang to`yinganligiga, yorqinlik va tozalikka ega. Qizil kadmiyning rangi kinovar rangiga yaqin.
Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari:
a) ular qurigandan so`ng rangini o`zgartirmaydi,to`q va yorqin holda qoladi.
b) mustahkam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
v) pinen va №2 suyultirgich aralashtirilsa rangi o`chadi.
Bo`yoqlar yorug`likka chidamli.
Zarg`aldoq va qizil kadmiy bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Qizil kadmiy 1912 yildan buyon ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |