Qo`rg`oshinli oq bo`yoq
Qo`rg`oshinli oq bo`yoq qo`rg`oshin sulfat asosida tayyorlanadi. Qo`rg`oshinli oq bo`yoqlar uchun yong`oq va zig`ir moylarining aralashmasi bog`lovchi hisoblanadi.
Qo`rg`oshinli oq bo`yoq ruxli oq bo`yoqqa nisbatan oq emas, undan issiq tondagi ranglar olsa bo`ladi.
Qo`rg`oshinli oq bo`yoqning o`ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
A) ular ruxli belilaga nisbatan, yopishqoq pasta hosil qiladi.
B) ruxli belilaga nisbatan tezroq quriydi, boshqa bo`yoqlarga aralashtirilsa ularni ham tez quritadi.
V) mustahkam qoplovchiliq va yaxshi adgeziyaga ega.
G) zaharli bo`yoqlar qatoriga kiradi.
U yorug`likka chidamli. Vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangi o`zgaradi.
Qo`rg`oshinli belila ilk o`rta asrlar davridan boshlab ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |