Moybo`yoqlarning tarkibi va o`ziga xos xususiyatlari
Oq bo`yoqlar
Ruxli oq bo`yoq
Bu oq bo`yoq elektrolitik vositasi yordamida ruxdan olinadi. Oq bo`yoq o`z tarkibiga ko`ra rux oksidi (Zn O) dan iborat. Uning bog`lovchisi yong`oq va zig`ir moylarining aralashmasi hisoblanadi. Ruhli oq bo`yoqning xarakterli xususiyatlari shundan iborat:
A) ular sekin quriydi.
B) o`rtacha qoplovchiliq xususiyatiga ega.
V) bo`yoqlar aralashmasini mustahkamligini yaxshilaydi.
Yorug`lik ta'sirida ruhli belila o`zining oqligini yo`qotmaydi; Qorong`ida sarg`ayadi, lekin yorug`lik ta'sirida asta-sekin o`z oqligiga qaytadi.
Ruhli oq bo`yoqlarni sanoatda ishlab chiqarish 1849 yilga to`g`ri keladi, xuddi shu yili rangtasvirda qo`llanila boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |