Kompozisiya bilan yasalishi. Fe'llarda modal ma'nolar, ularning ifodalanishi


Kompozisiya usuli bilan fe'llarning yasalishi



Download 48 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi48 Kb.
#679294
TuriKompozisiya
1   2   3
Bog'liq
1405602641 55948

Kompozisiya usuli bilan fe'llarning yasalishi


Bu usulga ko'ra ikki (ba'zan undan ortiq) so'z asosi birikib, qo'shma fe'llar hosil bo'ladi. Masalan: Mahmudho'ja Behbudiy Shahrisabzda qo'lga olinadi, so'ngra Qarshi shahriga keltirilib, Qarshi begi Tog'aybek tomonidan yovuzlarcha qatl etiladi. (SH.Turdiyev.)
Bu misoldagi qo'lga olinadi, qatl etiladi kompozisiya usuli bilan yasalgan qo'shma fe'llardir.
Qismlarining qaysi so'z turkumidan tashkil topishiga ko'ra qo'shimcha fe'llar 2 turga bo'linadi: 1) «ot-fe'l» qolipidagi qo'shma fe'llar: hikoya qilmoq, e'lon qilmoq, ifoda etmoq, qabul qilmoq, xursand bo'lmoq, hafa qilmoq kabi;

  1. «fe'l-fe'l» qolipidagi qo'shma fe'llar: olib kelmoq, olib

bormoq, haydab yubormoq, borib kelmoq kabi.
Ikkinchi tur qo'shma fe'llarni aytib ko'r, aytib yur, aytib boq kabi qo'shimcha ma'no ifodalanishiga mos bo'lgan analitik shakllardan farqlash lozim.
Fe'lning modal ma'no ifodalovchi formalari.
O'zbek tilida fe'lning turli modal ma'nolarini ifodalash uchun xizmat qiladigan formalari ham mavjud. Bunday formalar modal formalar bo'lib, ular ikki xil ko'rinishda bo'ladi:
1)sintetik formalar; 2) analitik formalar.
Fe'lning modal ma'nolar sintetik formalar orqali ifodalanganda, ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo'shimcha ma'nolar anglashiladi. Bunday formalar fe'lga quyidagi affikslarni qo'shish bilan yasaladi:
1)-la: ishqa-la, quv-la, sava-la; 2) -g'ila(-kila, -qila); ez-g'ila, turt-kila, tort-qila; 3) -(i)msira, -(i)nqira; yi-la-msira, kul-imsira; oqar-inqira kabi.
Modal ma'no fe'llarning analitik, juft-takroriy formalari vositasida ifodalanishi mumkin. Fe'lning bunday formalariga ko'makchi fe'llar yordamida shakllanuvchi ishlab tur, yozib ko'r, yoza qol, o'qib ko'r, so'zlay boshla kabi analitik formalar; ayta-ayta, kulib-kulib, turib-turib, borsa-borar, aytsa-aytar, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlabdi kabi juft-takroriy formalar kiradi.
Analitik formalar tarkibidagi ikkinchi qism-ko'makchi fe'llar vaqtincha o'z mustaqil ma'nosini yo'qotib yetakchi fe'l anglatgan ma'noga qo'shimcha ma'no qo'shadi.
Masalan: yoza boshladi, o'qiy boshladi fe'llari tarkibidagi yoza, o'qiy yetakchi fe'llar, boshladi esa ko'makchi fe'l bo'lib, harakatning boshlanganlik ma'nosini; yoza tur, yozib tur fe'llari tarkibidagi tur ko'makchi fe'li davomiylik, tugallanganlik, takroriylik ma'nolarini; yozib ko'r, aytib boq fe'llari tarkibidagi ko'r, boq ko'makchi fe'llari harakatning bajarilish imkoniyati ma'nosini ifodalaydi.
Fe'llarning juft-takroriy formalarida ham harakatning davomliligi yoki takrorlanib turishi; shuningdek, harakatning voqe bo'lishiga «e'tiborsiz qarash», befarqlik kabi ma'nolar ifodalanadi. O'ziga mustaqil holda leksik ma'no ifodalamay, turli fe'l formalaridan so'ng qo'llanib, ko'pincha tuslangan holda gapning kesimi tarkibida keluvchi edi(-di), ekan(-kan), emish(-mish) kabi so'zlar to'liqsiz fe'llar deb yuritiladi. Ular fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ham qo'llanib, ularning kesim vazifasini bajarayotganini ko'satadi.
Masalan: 1. Oy shu'lasida qor qoplangan vodiy kumushdek yarqirar edi. 2. Qishloqda uning bir oshnasi bor emish. (N.Safarov.). 3. Kolxozchilarning kattasi-yu kichigi, erkagi-yu ayoli unga tug'ishganday yaqin edi (O.). 4. Pichoq tig'i tegar-tegmas tars yorilgan Yo'ldoshning shakarpalagi beqiyos shirin ekan (S.Ah.). 5. Gullar to'smang yo'limni, yellar tutmang qo'limni, Namanganlik nozanin yo'limda intizormish (H.Saloh.). 6. Ko'rdingmi, afandi dehqon ekan (I.R.). 7. Qirlarda mollar ham ko'rinmas edi. (F.Niyoziy.).
Birinchi va yettinchi misollarda to'liqsiz fe'l (edi) yarqirar, ko'rinmas fe'llari bilan birga qo'llangan; ammo ikkinchi misolda modal so'z bilan, 3-4-5-misolda sifat bilan, 6-misolda ot bilan birga qo'llangan.
Adabiyotlar ro'yxati

  1. I.A.Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997 yil


  2. Download 48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish