Kompleksonometriya



Download 18,56 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi18,56 Kb.
#337051
Bog'liq
analitika


Kompleksonometriya usuli

Kompleksonometriya usulida rux oksidini (Mr. 81,37) miqdoriy reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

1.Titrlash uchun 25 ml 0,05 mol/l trilon B (K=0,98) eritmasi sarflangan bo‘lsa, rux oksidini tortimini va aniqlanuvchi modda bo‘yicha titrini aniqlang ?

2.0,3564 g rux oksidi tortimini 100,0 ml o‘lchov kolbasida 50,0 ml suyultirilgan xlorid kislotada eritib, belgisigacha suv bilan yetkazilgandan keyin, olingan 10 ml eritmani titrlash uchun qancha hajm 0,05 mol/l trilon B eritmasi sarflanadi ?

3.. 0,7028g rux oksidi tortimini 200,0 ml o‘lchov kolbasiga solib, suyultirilgan xlorid kislotada eritib, belgisigacha suv bilan yetkazilgandan keyin, olingan 20,0 ml alikvotni titrlash uchun 16,95 ml 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K= 1,02) sarflangan bo‘lsa, rux oksidini (%) miqdorini hisoblang.

Rux sulfatni (M. [ZnSO7H2O] 287,54) kompleksonometriya usulida miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

5.Rux sulfatni titrlash uchun 25 ml 0,05 mol/l trilon B (K= 1,02) eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan aniq rux sulfat tortimini va ishchi eritmaning titrini aniqlang?

6.0,2436 g rux sulfat tortimini titrlash uchun sarflanadigan 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K= 0,98) hajmini aniqlang ?

7. 0,3002 g tortimli rux sulfatni titrlash uchun 21,5 ml 0,05 mol/l trilon B (K= 1,01) eritmasi sarflangan bo‘lsa, rux sulfatni % miqdorini aniqlang. Miqdori Davlat Farmakopeyasi bo‘yicha talabga javob beradimi? (99,5 dan 101,0 % gacha). Olingan natijalarni tushuntiring.

. Kompleksonometriya usulida magniy sulfat miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini). Kompleksonometriya usulida ammiakli bufer eritmasi vazifasini tushuntiring.

8.Magniy sulfatni titrlash uchun 20,0 ml 0,05 mol/l trilon B (K=0,99) eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan aniq magniy sulfat tortimini va trilon B eritmasini magniy sulfat bo‘yicha titrini aniqlang?

9.0,1176 g magniy sulfat tortimini titrlash uchun sarflanadigan 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K=1,00) hajmini aniqlang?

10. 0,1542 g tortimli magniy sulfatni titrlash uchun 14,7 ml 0,05 mol/l trilon B (K= 1,02) eritmasi sarflangan bo‘lsa, magniy sulfatni % miqdorini aniqlang. Asosiy ta’sir etuvchi moddasi bo‘yicha magniy sulfat miqdori Davlat Farmakopeyasi talabiga javob beradimi? (99,0 dan 102,0 % gacha). Olingan natijalarni tushuntiring.

Kompleksonometriya usulida magniy oksid miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

11.Magniy oksidni titrlash uchun 25,0 ml 0,05 mol/l trilon B (K=1,00) eritmasi sarflanishi uchun kerak bo‘ladigan magniy oksidining aniq tortimini va trilon B eritmasi titrini aniqlanuvchi modda bo‘yicha aniqlang?

12.0,5024g magniy oksid tortimini 250,0 ml o‘lchov kolbasida eritilgach, olingan 25,0 ml alikvotni titrlash uchun qancha hajm 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K= 0,98) sarflanadi.

16. 0,4932g magniy oksid tortimini 200,0 ml o‘lchov kolbasida eritildi, olingan 20,0 ml alikvotni titrlash uchun 24,5 ml 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K=0,98) sarflangan bo‘lsa, magniy oksidini (%) miqdorini hisoblang.

Kompleksonometriya usulida kalsiy xloridni (M. [CaCl6H2O] 219,08) miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

17.Kalsiy xloridni titrlash uchun 25,0 ml 0,05 mol/l trilon B (K=0,98) eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan aniq tortimini va trilon B eritmasini aniqlanuvchi modda bo‘yicha titrini aniqlang?


  1. 0,7846 g kalsiy xlorid 100,0 ml o‘lchov kolbasida eritildi, olingan 20,0 ml alikvotni titrlash uchun qancha hajm 0,05 mol/l trilon B (K=1,02) eritmasi sarflanishini aniqlang?

19. 0,8042g kalsiy xlorid tortimini 100,0 ml o‘lchov kolbasida eritildi, olingan 25,0 ml alikvotni titrlash uchun 18,0 ml 0,05 mol/l trilon B eritmasi (K=1,02) sarflangan bo‘lsa, kalsiy xloridni (%) miqdorini hisoblang.

Kompleksonometriya usulida kalsiy laktatni (M. [C6H10CaO3



·5H2O] 308,30; M. H2O 18,0) miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

20.0,29874 g kalsiy laktatni titrlash uchun 19,25 ml 0,05 mol/l trilon B (K= 0,98) eritmasi sarflangan bo‘lsa, kalsiy laktat farmakopeya maqolasi talabiga javob beradimi? (quruq moddaga nisbatan 98 % kam bo‘lmasligi kerak). Quritishdagi massa yo‘qolishi 30,0 %. Yuqori natija olish mumkin bo‘lgan holatning sababini tushuntiring.

Kompleksonometriya usulida kalsiy glyukonatni (Mr. [C12H2CaO14

·H2O] 448,40) miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating (nomini, formulasini, titrlash oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishini).

21.Kalsiy glyukonatni titrlash uchun 20,0 ml 0,05 mol/l trilon B (K=1,00) eritmasi sarflanishi uchun, kerak bo‘ladigan aniq tortimini aniqlang?



  1. 0,39998 g kalsiy glyukonatni titrlash uchun 17,75 ml 0,05 mol/l trilon B (K= 0,99) eritmasi sarflangan bo‘lsa, kalsiy laktatni sifatini miqdori bo‘yicha baxolang. (farmakopeya maqolasi talabiga ko‘ra 98,5 dan 103,0 % gacha bo‘lishi kerak).

Download 18,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish