Binafsha rang.
Rang aylanasida qizildan tortib ko‘k ranggacha ko‘rib chiqqanimizda ranglarni bir-biriga o‘tishini ko‘rishimiz mumkin, shular orasida ajoyib bo‘lgan rang binafsha rangini ko‘ramiz. Rang qabuliga bu rang juda og‘ir, chunki u tabiatda juda kam uchraydi. Binafsha rang ko‘k va moviy ranglar qatori sovuq ranglar guruhiga kiradi. Torlik xissiyotini, sohani chegaralanganligini yaratishga qodir, hamda tez charchatuvchi va faollikni pasaytiruvchi rangdir.
Binafsha rang “er ranglariga yod rang hisoblanadi, unga qanaqadir mavhumlik mos keladi”. Mistikada binafsha rangga alohida ahamiyat beriladi. Agar siz ko‘zbog‘lovchi (illyuzionist)ni kiyimlariga, buyumlariga e'tibor bergan bo‘lsangiz binafsha rangidan ko‘p foydalanilgan. Binafsha rang insonda mavhum qo‘rquvni keltirib chiqaradi.
Demak, binafsha rang quyidagilarga mos keladi:
Mistik kayfiyatni yaratish uchun.
Sirlilikni ko‘rsatish uchun.
Ko‘k.
Ko‘k rangli aylananing eng quyisida turuvchi sovuq rangga kiradi. U melanxolik kayfiyatni olib kelib tinchlantiradi.
Bu rangni abadiy muzlik zonasidagi rangga kiritishimiz ham mumkin: u sovuqlik va tozalik xissini ideal beradi. Yotoqxona dizayni uchun juda mos keladi, xotirjamlikni beradi.
Toza ko‘k rangni to‘yinganligni va yorqinligini o‘zgartirish orqali biz katta tuslar gammasini olishimiz mumkin:
Ko‘k rang quyidagilarda ishlatiladi:
Osoyishtalik.
Tozalik. Agar e'tibor bergan bo‘lsagiz tozalovchi mahsulotlarning ko‘pchiligi ko‘k yoki moviy rangda bo‘ladi. Bu tasodifan emas, aynan mana shu ranglar insonlarda tozalikka yetaklovchi ranglar ekanligini olimlar isbot qilishgan.
Turg‘unlik.
Yashil.
Ajoyib rang. U ham iliq, ham sovuq bo‘lishi mumkin, biroq ko‘pincha u to‘qnashuvda bo‘ladi, shuning uchun bu rangni iliq ham sovuq guruhga kiritish mumkin.
Yashil rang tinchlantiruvchi ta'sirga ega, bosimni tushiradi, qon yurishini normallashtiradi. Bu eng tabiiy va “tirik” rang. Dizayndagi uning asosiy roli ham aynan shundaki obyektning tabiat bilan bog‘liqligini ko‘rsatish. Umuman olganda, agar logotiplarga e'tibor bersak, yashil rang asosan tabiat resurslarini qazib oladigan kompaniyalarda yoki ekologik tashkilotlarda uchratishimiz mumkin.
Agar siz zamonaviy blokbasterlarni tomosha qilsangiz, unda siz e'tibor qilgan bo‘lsangiz kerak, biologik qurol, o‘zga sayyora mavjudoti va boshqa biologik narsalar ko‘pincha yashil (ayniqsa yorqin yashil) rangda bo‘ladi. Bu shuningdek odamlarning o‘ylari bilan bog‘liq.
Undan tashqari, yashil rang – jumboqli va mistik rang.
Yashil rang quyidagilarni ifodalashda yordam beradi:
Hayotning barcha biologik ko‘rinishida.
Tabiat bilan aloqani.
Jumboqlikni.
Moviy rang.
Moviy rang tinchlantiradi va sovutadi. Bu kabi effekt sovuq suv va muz bilan bog‘lanadi. Ba’zida begonalik xissini uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |