Компьютер графикаси



Download 15,78 Mb.
bet13/128
Sana14.07.2022
Hajmi15,78 Mb.
#795608
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
1 O\'quv qo\'llanma Kompyuter grafikasi (1) (2)

Vektor formatlar.
Grafikaning vektor ko‘rinishi haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun oddiy misol ko‘rib o‘tamiz. Faraz qilamizki rasmda yoy bo‘lsin. Rastr formatda yoy va fonning har bir nuqtalarini koordinatalari va ranglari saqlanadi. Lekin yoy formasini yozish uchun atigi 4 ta geometrik parametrlar kerak: radius, markaz va yoyning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarining koordinatalari, ya’ni bizga yoyning 4 ta nuqtasi kerak, 100 tasini emas.
Vektorli grafikada tasvir elementlari xuddi parametrlar to‘plami bilan geometrik obyektlar ko‘riladi. Biz hech qanday ma’lumotlarni yo‘qotmasdan katta natija olamiz. Rasm manipulyasiyasi ham soddalashadi: masalan yoy radiusini o‘zgartirish orqali tasvirni masshtabini ancha oson olish mumkin. Egri chiziqlarni matematik ifodalash uchun odatda murakkab egri chiziq konturlari yordamida ko‘rsatish mumkin bo‘lgan Beze egri chizig‘i qo‘llaniladi. Vektor grafikdagi shakllarning rangli parametrlari zalivkaning murakkab turlarini ham oson va juda aniq tasvirlash imkonini beruvchi formulalar yordamida ham beriladi.
Vektor tasvirning kamchiligi shundan iboratki xuddi rastrli rasmdagidek ular originalni haqiqiy qilib ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun vektor grafika rasmning elementlariga aniqlikni talab qilganda, rastrlida esa agar fotosuratning tabiiyligi kerak bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Turli ilovalar o‘ziga xos standartlari bilan o‘zaro almashuvchi keng qo‘llaniladigan vektor format deb EPS ni hisoblash mumkin, lekin amaliyotda ko‘pincha vektor grafikni saqlash uchun keng tarqalgan grafik muharrirlarning sharhi, ya’ni Corel DRAW yoki Adobе Illustrator vektor muharrirlarining ishchi formatlari CDR yoki AI ishlatish qulay bo‘ladi. Odatda tipografiya ular bilan ishlashni xoxlaydi, muharrirning va uning versiyasini aniq tanlovi esa dizaynerlik guruhi boshqaruvining shaxsiy xoхishiga bog‘liq. Vektor grafika albatta kompyuter animatsiyasida qat’iy tatbiqini topdi. Oddiy film yaratish uchun masshtab o‘zgarishini va shakl harakatlanish trayektoriyasi hisoblash kerak, keyin esa kadrlarning soni aniqlanadi. Bizga filmning hamma kadrlarini saqlashga va aloqa tarmoqlari orqali tarqatishga to‘g‘ri kelmaydi-birinchi kadrni, traektoriya formulasini, so‘nggi kadrning masshtab koeffisientini va kadrni ko‘rsatish tezligini yuborish yetarli. Bu fayl hajmida va tarmoq bo‘ylab yuklanish tezligida yutuq beradi. Hozir kompyuterlar yetarli darajada tez ishlovchi va prosessorlarning hisoblovchi quvvati aloqa kanalining uzatish qobiliyatining imkoniyatini ma’lum darajada quvib o‘tadi, Internet foydalanuvchilarning web-sahifa bezashga talabi borgan sari o‘smoqda. Endi ularga oddiy saytlar qiziq emas, ular tez yuklanuvchi jonli dinamik grafikalarni ko‘rishni xoхlashadi. Bu yerda dizaynerga web-sahifalarga multfilmlarni joylashtirishga imkon beruvchi maxsus Flash texnologiyasidan foydalanishga ehtiyoj tug‘iladi.
Dizaynerdan faqatgina Adobе Flash dasturini to‘g‘ri foydalanish talab qilinadi.
Vektorda animatsiya grafikasi SWF formatida saqlanadi (bu format vektor film namoyishi uchun brauzerlar tomonidan ishlatiladi).



Download 15,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish