Chiqarish qurilmasining kalibrovkasi.
Kalibrovka deb tasvirning rang taqsimlanishi va rang o‘zlashtirishi parametrlarini ma’lum bir standartga moslashishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, Masalan, 1 monitor yashil deb hisoblaydigan rangni ko‘rsatish mumkin. (ROG255BO), lekin boshqa monitor yashil rangni biroz boshqa tusda ko‘rsatishi mumkin, undagi yorituvchi tarkibi boshqa sifatga ega. Agar monitordagi tasvirni o‘lchami va rang kalibrovkasining ko‘rinishi bizga yetarli bo‘lsa, ammo rang taqsimlanishiga bu yetarli emas. Rang taqsimlanishida rang kichik chetlanish tuslar aralashmasi deb asosiy bo‘lib qolishi mumkin: tomoshabinlar fikriga ko‘ra ko‘p ranglar ayniqsa, fotografiyalarda qat’iy aniqlangan tusga ega bo‘lishi kerak. Chetlanish monitor konstruksiyasiga bog‘liq.
Chop etuvchi qurilma kalibrovkasining qiyinchiligi shundaki rang bo‘yoqlari chop etish natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki bo‘yoqdonning bo‘shash darajasiga bog‘liq ravishda bo‘yoq o‘z tusini o‘zgartirishi mumkin. Tipografiyada har bir yangi tirajni chiqarish oldidan uning o‘lchami bilan solishtirib tekshirish to‘g‘ri keladi, nashriyot o‘zining shtatida dizayner texnologiyaga ega.
Xuddi oldingi holatdagidek, 1 ishlab chiqaruvchi – chop etuvchi qurilmalarning o‘xshashligiga va bo‘yoqlarning yuqori sifatiga hamda tekshiruvchining ko‘ziga ishonish to‘g‘ri keladi.
Skanerni oddiygina kalibrovka qilish, buning uchun tuslarning maxsus tekshiruvchi jadvallaridan foydalanish mumkin. Skaner qilingandan so‘ng hosil bo‘lgan ranglarni aniqlash uchun maxsus dasturni ishga tushiriladi. Bu jadvalllarni qo‘yosh nuridan va boshqa ta’sirlardan saqlash lozim, aks holda kalibrovka ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Skanerning kalibrovkasi yuqori qiymatli bo‘lsa ham natija aniqligini ma’lum bir darajada qabul qilish mumkin, yana dizaynerning ko‘zi asosiy sifat o‘lchovi hisoblanadi.
Rastrli formatlar.
Rastrli formatlar elementar nuqtalardan tashkil topadi (piksellardan). BMP rastr formatli grafik faylda tasvir nuqtalarining koordinatalari va ularning har biri uchun rang qiymati saqlanadi. Kichik imkoniyatli fayl bo‘lganda ham uning hajmi judayam katta bo‘ladi. Ma’lumki, rastrli tasvirning bunday kodlashtirish usuli ko‘p hollarda olib boriladi. Zarari: masalan, rasmning bir tondagi sohasi bir xil rangdagi koordinatalar to‘plami uni to‘liqroq ko‘rinishda yozish mumkin bo‘lgan vaqtda mos keladi.
GIF formatidagi fayllarda yaqin joylashgan bir xil rangdagi nuqtalar gorizontal chiziqda guruhlanadi. Bu grafik faylning o‘lchamini ma’lum darajada qisqartirishga imkon beradi. Lekin GIF formatida hali fotografiyani muvaffaqiyatli siqishga imkon bermaydi, chunki ko‘pgina turli-tuman tuslarni gorizontal guruhlarga birlashishi samarali emas. Internet rivojlanishi bilan bu muammo ancha sezilib qoldi, chunki tarmoq bo‘ylab ko‘p miqdorda rastr tasvirlar va ayniqsa suratlar uzatiladi.
Shuning uchun tarmoq bo‘ylab rastr tasvirlarni trasportirovkasi uchun JPEG formati yaratildi. Bu formatda piksellar o‘lchami kattalashuvchi tasvirni siqish algoritmi amalga oshiriladi. Shunday qilib, piksellarning soni kamayadi va mos ravishda grafik faylning hajmi qisqaradi. Ko‘zga uncha ko‘rinmaydigan ma’lumot yo‘qotiladi, shuning uchun bunday siqishda rasm sifati amalda zarar ko‘rmaydi. JPEG formatining kamchiliklaridan biri shuki rasmni kattalashtirsak, sifati sezilarli darajada yomonlashadi – tasvir yacheykalari har xil bo‘lib ketadi. Hozirgi kunda Internetda ko‘p suratlar xuddi shu formatda beriladi.
Albatta grafik fayl o‘lchami uning formatiga va tasvir harakteriga katta bog‘liq bo‘ladi: bir xil tasvirli yirik fragmentga ega rasm GIF fotosurat JPEG ga samarali qisqaradi - qoida bo‘yicha GIF dan ko‘ra JPEG formatida sifat pasayishi ko‘proq ko‘rinadi.
PNG formati boshqalarga ko‘ra yangi hisoblanadi, hamda Intenet uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Bu format bitta muhim xususiyatga ega – unda tasvirning tiniqlik niqobini saqlash mumkin. Hamma zamonaviy brauzerlar foydalanuvchilari qo‘shimcha modullarni o‘rnatish zaruratisiz bunday formatdagi fayllarni ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari yana grafik fayllarning turli xil formatlari mavjud, qoida bo‘yicha ma’lum bir grafik muharrirlar uchun mo‘ljallangan. Masalan, Microsoft Gif Animator GIF formatining rastr tasvirlarining animatsiyasi beruvchi boshqa turlarida foydalanadi: faylga bir nechta kadrlar joylashtiriladi va keyin ketma-ket namoyish qilinadi. Bunday fayllarning o‘lchami qoida bo‘yicha katta bo‘ladi. Shuning uchun RGB rangli modeliga mo‘ljallangan yuqorida sanab o‘tilgan formatlardan farqli ravishda TIFF formati RGB modelidek CMYKni ham ta’minlaydi va poligrafiyada qo‘llaniluvchi universal rastr format hisoblanadi. TIFF formatidagi fayl tasvirning asosiy parametrlarni to‘liqroq saqlaydi. TIFF formati fayldagi tasvirning sifatini yo‘qotmasdan siqishga imkon beradi va siqishning turli xil algoritmlarini qo‘llasa ham bu holdagi fayl o‘lchamini JPEG fayli bilan solishtirib bo‘lmaydi.