III.Yangi mavzu bayoni:
Siz yil davomida ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan qadimgi dunyo tarixi bilan tanishdingiz.
Mehnat qurollari takomillashgandan va unumdorlik va unumdorlik oshgandan so'ng, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi natijasida ilk davlatlar shakllandi. Yozuv paydo bo'lgach odamlar o’zlari yashayotgan jamiyat bo'yicha qonunlar tuza boshladilar.
Oamzod qadimdan yaratilgan bebaho ixtiro va kashfiyotlardan foydalanib keladi. Bular ziroatchilik usullari, g'ildirak, suv quvurlari, alifbo, taqvim, sonlar, me'morchilik va shu kabi yutuqlardir.
Biz hanuz qadimgi dunyo xalqlari yaratgan madaniy yodgorliklardan hayratlanamiz. Hozirda qadimgi mualliflrning ko’plab asarlari bizni mardlikka, mehnatsevarlikka, Vatanga muhabbatga undaydi.
Yaratuvchanlik doim qadrlanib kelingan. Hatto qadimgi davrda uzoq ajdodlarimiz hayoti xavf-xatar, tashvishlarga to'la bo'lganda ham, odamlarning asosiy maqsad oziq topish bo'lganda ham insoniyat olam-
ni anglashga harakat qilib kelgan. Bu esa ma'naviy madaniyat rivojlanishi uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Insoniyatning ma'naviy takomillashuv jarayoni shunday boshlangan edi.
...Ko'hitog'ning tik qoyalarida hozirda Zarautkamar yoki Oltin Olov deb yuritiladigan daralariga qadimgi mo'yqalam sohiblari qizil bo’yoqda yovvoyi ho’kizlarni ovlash tasvirini chizishgan. Ular dramatik manzaralarga boy bo’lib, bu suratlarda ovning g'alaba bilan tugashi, ovchilarning tantanasi va inson aqlining yuksakligi tasvirlangan.
Yunon va rimliklarning Sharq madaniyati bilan o’zaro aloqasi fan va san’at yuksalishining tezlashuviga, dunyo madaniyatining taraqqiyotiga olib keldi.
End qadimgi dunyo tarixi va O’zbekiston tarixi necha ming yillarga borib taqalishini yaxshi bilasiz. Aynan zoq o'tmishda bizning yurtimizda boy madaniy meros rivojlanishi uchun asos solingan edi.
Bu yerda qadimgi shaharlar va davlatlar tashkil topgan. Ziroatchilar, hunarmandlar va quruvchilar o’zining yaratuvchanlik mehnati bilan o'lka dovrug'ini olamga yoygan.
Vatanga muhabbat ko'p sonli bosqinchilarga qarshi kurashgan xalq qahramonlari jasoratida namoyon bo'lgan. To'maris, Shiroq, Spitamen va boshqa ko'plab jasur qahramonlar yurt ozodligini o’z hayotidan ustun qo'yganlar.
Ilk yozma manba ”Avesto”da zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy xudosi Ahuramazda tomonidan yaratilgan eng yaxshi mamlakat sifatida qadimgi dehqonchilik hududlari ta'kidlab o'tiladi.
Amudaryo etaklarida, qadimgi Xorazm yerlarida, Surxon, Qashqadaryo va Zarafshon vohalarida
zardushtiylik dini targ’ibotchilari yovuzlik va ezgulik o'rtasidagi mangu kurash haqidagi muqaddas qasidani kuylashgan. Ular kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlaganlar. Odamlar oilaga, uyga, suv va yerga nisbatan hurmat bilan qarashgan, farzandlariga insonning jamiyatdagi yuksak o'rni haqida tasavvurni singdirishgan. Zardushtiylik g'oyasi qadimgi jamiyatning rivojlanishini belgilab berdi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti yaratuvchilik g'oyasining mavjudligi bilan belgilanadi.
Ajdodlarimizning tarixdagi qahramonliklari, jasorati vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi, o’z Vatani manfaatlarini himoya qilishga o'rgatadi.
O’zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimov milliy istiqlol g'oyasining mohiyatini ochib bera turib, millati, tili va dinidan qat'i nazar, butun O’zbekiston fuqarolarini tashkil etgan jamiyatning ma'naviy gullab-yashnashi va komil insonni tarbiyalash bilan chambarchas bog'laydi.
Xalqimiz ezgulik, tinchlik va bunyodkorlikka intiladi. Bu intilish boy ma'naviyatga asoslangan va
Mamlakatimizning bugunu va kelajakdagi rivojlanishi, gullab-yashnashi bilan bog'liq.
Biz mamlakatimizning moddiy va ma'naviy madaniyatini asrab-avaylab ko'paytirgan holda ajdodlarimizning ezgu ishlarini kopaytirmog’imiz lozim.
Prezidentimiz Islom Karimov o’zining «Yuksak ma'naviyat -- yengilmas kuch» kitobida, «Biz xal-
qimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu bo
rada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi», deb ta'kidlagan.
Ma’naviyatimizni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun har bir inson o’zini o’z mamlakatining haqiqiy fuqarosi deb his qilishi uchun qadimiy, ko'hna tarixni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini va madaniyatini chuqur o'rganishi, bugungi kundagi olamshumul o’zgarishlarga boy voqelikni ongli ravishda idrok qila bilishi, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga o’zining ham daxldor ekanligini anglab yetishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |