Kompetensiyalar



Download 1,72 Mb.
bet108/177
Sana01.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#624814
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2)

Dars jihozi: Darslik, buklet, xarita, kartotekalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini tekshirish:
1. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarda qaysi sohaga muhabbat hissi singdirilardi? - she’riyat va musiqaga.
2. Biz qachon Geraklning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasining go‘zalligini his etmagan bo‘lardik? – Haykaltarosh uni kiyimda tasvirlasa.
3. 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim- kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular nima uchun jangga kirishgan? - o‘z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun.
4. Olimpiya o’yinlarida muqaddas olov qanday yondirilgan? – Quyosh nurlaridan.
5. Olimpiya o’yinlarining asoschisi kim? – Gerakl.
6. Nima sababdan xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi? - Xristian dini tarqalishi natijasida
III.Yangi mavzu bayoni:
Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlaganlar. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafi qasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ke tadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha yunonlarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to‘qqiz yil Troyani behuda
qamal qiladilar. Qadimgi yunon shoiri Gomer «Iliada» va «Odisseya» poemalarini yozdi. «Iliada» ana
shu urushning oxirgi, o‘ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar
ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo‘m-bo‘sh ulkan yog‘och ot yasashadi. Ana shu yog‘och ot ichiga yunon qo‘shinlarining bir qismi yashiringan, qo‘shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o‘rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to‘xtatishdi va Troya homiysi Afi na Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg‘a qilibdi, degan xulosaga kelib, yo‘g‘och otni shaharga olib kiradilar.
Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochadilar va Troya bosib olinadi. Hozirgi tillarda «Troya oti» iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadi. «Iliada» dostonining bosh qahramoni Axillesdir. O‘g‘lining mangu barhayot bo‘lishini istagan ona chaqalog‘ini Stiks daryosiga botirib oladi. Ayni paytda Axillesning onasi ushlagan tovoniga suv tegmasdan qoladi. Janglardan
birida Axilles tovoniga tekkan o‘qdan halok bo‘lgan. O‘sha kezlardan beri «Axilles tovoni» iborasi nozik joyni anglatadi. Troya urushi nihoyasiga yetdi. Yunonlar Troyani taladilar va mo‘l-ko‘l o‘ljalar bilan
uyga qaytmoqchi bo‘lishdi. Ular Egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo‘llardan o‘tishlari kerak edi.
XIX asrning oxirida nemis olimi Genrix Shlimann Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni aniqladi. Olim Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi va chindan ham Troya qoldiqlarini topdi.
Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. «Teatr» so‘zi yunonchadan tarjima qilganda «tomoshalar joyi», «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo‘yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha pyesalar namoyish etilardi. Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha
haqi yig‘ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi. Sahnada barcha rollarni faqat erkaklar ijro etishgan. Namoyish ishtirokchilari quvnoq, qayg‘uli va yovuz qiyofadagi turli niqoblardan
foydalanganlar. Teatrlarda o‘zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo‘lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan. Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqsonlari ustidan kuladi. Aristofan komediyalar ustasi edi.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish