Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 16 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 6 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 11 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 6 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 3 daqiqa
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish: 1. Yunon koloniyalari qachon tashkil topgan?
2. Qora dengiz sohillarida qaysi shaharlar vujudga keldi?
3. Yunonlar o‘zlarini va o‘z vatanini qanday atashgan?
4. Yunonistondan ko‘chib kelgan kishi nomidan hikoya tuzing.
5. Nima uchun siz Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldingiz?
6. Yangi yurtlarda nimalarni ko‘rdingiz?
III.Yangi mavzu bayoni: Doskada tarixiy terminlar, sanalar va davlat boshqaruvi sxemasi oldindan yozib, chizib tayyorlab qo`yilgan.O`qituvchi doskadagilar asosida mavzuni tushuntiradi.
Miloddan avvalgi VIII – VI asrlarda Yunonistonda kichik-kichik quldorlik davlatlari vujudga kela boshladi, ular qariyb yuzta bo’lgan, eng kattasi Afina davlati edi. Afina shahrida markaziy maydon bo’lib, u agora deb yuritilgan. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o’z fikr-mulohazalarini baуon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun har oyda to’rt marta Akropolga yig’ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish уo’li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, ya’ni bu atama "xalq hokimiyati" degan ma’noni anglatadi ("demos" - xalq + "kratos" - hokimiyat). Yunonistonning boshqa shaharlaridagi singari Afinada ham aholining bir qismi zodagonlar (aristokratiya) mol-mulk va boylikning deyarli hammasiga egalik qilar, boshqa bir qismi «xalq» (demos) ularning foydasiga ishlashga majbur edi. Aynan shu narsa mamlakat aholisi o’rtasidagi doimiy kelishmovchilik va nizolar manbayi bo’lgan. Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont degan hukmdorga murojaat etishadi. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi. Мil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Xalqning ahvoli tobora yomonlashaverdi, shunda odamlar o’z haq-huquqlari uchun kurashga bel bog’ladilar. Tayoqlar, gavronlar, cho’kichlar va omoch bilan qurollanib olgan eng qashshoqlar taniqli zodagonlar qo’rg’onchalariga hamla qila boshladilar. Solon degan aqlli va tajribali zodagon ayniqsa yon berishlarga qattiq tarafdor edi. Мil. avv. 594-yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o’zgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi - aristokratiya (eng yaxshi odamlar hokimiyati)ni Solon demokratiya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi. Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo’ldi. Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshqan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar. Har уili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarni hal qilardi. Uning qarorlari Xalq majlisida tasdiqlanardi. Beshyuzlar kengashiga strateg rahbarlik qilgan. Miloddan avvalgi 443-429-уillarda strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo’ldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham "Perikl asri" deb atalgan. Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to’lashni joriy qildi. Endi kambag’al fuqarolar ham davlat ishlari bilan shug’ullana oladigan bo’ldi. Akropoldagi Parfenon - iloha Afina ibodathonasi eng mashhur inshoot edi. Forslar tor-mor etilganidan keyin Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi. Shaharni xavf-xatardan asrash uchun Perikl Afinadan to Pirey dengiz portlgacha mudofaa devorlari qurish to’g’risida buyruq berdi. Periklning faoliyati badavlat shaharliklarga yoqmasdi, u zodagonlarning hamlalarini qaytarib turishga majbur bo’lar edi. Vaboga chalingan Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko’pgina yangiliklar bekor qilindi.