II.Uy vazifasini tekshirish:
1 –guruh “To`maris” 2-guruh“Shiroq” 3- guruh “Spitamen”
1-topshiriq: Har bir guruh o`z nomiga ta`rif beradi.
2-topshiriq: Har bir guruhga bittadan savol berilib, har bir ishtirokchi savolga javoblarni to`ldirib boradi.
1–“To`maris” guruhiga: O`rta Osiyo Salavkiylar davlati haqida nimalarni bilasiz?
2- “Shiroq” guruhiga: Yunon Baqtriya davlati to`g`risida so`zlab bering.
3- “Spitamen” guruhiga: Madaniyatning rivojlanishi haqida gapirib bering.
III.Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi Xorazm. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasidan mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o`lka aholisi xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Mil. avv. V—IV asrlarda bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal’a bunyod etilgan edi (Qal’aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III—II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik davlatlari — Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo`ldi. Jonbosqal’a va Qo`yqirilganqal’a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqal’a xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II—III asrlarda Tuproqqal’a shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon-atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq haykallar o`rnatilgan edi. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi So`g`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Mil. avv. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo`yirqal’a (miloddan avvalgi V—IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal’adan (miloddan avvalgi IV—III asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan. IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida mustaqilligini saqlab qolgan O’rta Osiyo davlati qaysi?
A)Ahamoniylar; B) Xorazm; S) Qang’; D) Dovon. 2. Xorazmdagi qaysi qal’a zalida 20 dan ko’p haykal o’rnatilgan?
A) Jonbosqal’a; B) Qo’yqirilganqal’a; S) Tuproqqal’a; D) Oybo’yirqal’a. 3.Qaysi O’rta Osiyo davlatida taqvim yaratilgan?
A) Xorazm; B) Qang’; S) Dovon; D)Baqtriya. 8. Qadimgi Xorazm davlatlari aholisining mashg’ulotlari…..? A) Dehqonchilik; B) Hunarmandchilik; S) Kulolchilik D) Barchasi to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |