9.II.2016.
VI ”A”, “B”
TARIX
40-dars
Darsning mavzusi: Qadimgi Yunoniston xudolari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarga yunon xudolari, ularning qadimgi yunonlar hayotidagi o`rni va roli haqida
ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarda qadimda xalaqlarda turli diniy qarash bo`lganligi haqida tasavvurlarni shakllantirish, ularda diniy bag`rikenglikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda dinning inson hayotidagi ahamiyati haqida ko`nikmalarini hosil
qilish, ularda gurh bo`lib ishlash malakasini rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og`zaki, yozma
Dars usuli: “Guruhlar ishi” savol-javob, ma`ruza, musobaqa
Dars jihozi: darslik, bukletlar, xudolar nomi yozilgan kartochkalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 3 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 10 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 16 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
O`quvchilar daftarlaridan “O`zingizni sinang” rukni to`ldirilganligi ko`rib chiqiladi.
Titan – xudolardan tug`ilgan qudratli pahlavonlar.
Sirena – yarim qush, yarim ayollar.
Kentavr – yarim ot, yarim odamlar.
Siklop – peshonasida bitta ko`zi bo`lgan afsonaviy mavjudotlar.
III.Yangi mavzu bayoni:
Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak olam ko’zga ko’rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga e’tiqod qilardilar. Bu ko’rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda, Aid marhumlar saltanatida oily xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, ishq-muhabbat va go’zallik homiylari hisoblangan. Urush va g’alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo’lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan deb tasavvur etilgan. Yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog’da, Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog’ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilohalari ham odamlarga ancha o’xshaydi. Olimp tog’i xudolari timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg’anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo’l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. Shuning uchun ham yunonlar o’zlari yaratgan xudolardan qo’rqishar, ularga qurbonliklar qilar va ko’plab ibodatxonalarni ularga bag’ishlab barpo etar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |