Kompetensiyalar va ularning amaliy ahamiyati



Download 198,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2022
Hajmi198,81 Kb.
#897265
  1   2   3
Bog'liq
umumiy-o-rta-ta-limning-davlat-ta-lim-standartlari-asosida-kimyo-fanida-belgilab-qo-yilgan-kompetensiyalar-va-ularning-amaliy-ahamiyati



UMUMIY O’RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI
ASOSIDA KIMYO FANIDA BELGILAB QO’YILGAN
KOMPETENSIYALAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI
Ro’ziyeva Maftuna Jo’rayevna
6-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Buxoro viloyat Vobkent tuman
Annotatsiya:
Ushbu maqolada davlat ta’lim standartlari va unda belgilab
qo’yilgan fanga tegishli kompetensiyalar to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek
bugungi kimyo fani rivojlanishida kompetensiyalarning dars mashg’ulotlari
davomida qo’llab borishning ahamiyati kata ekanligi bayon etilgan. 
Kalit so’zlar:
Kompetensiya, Bilim, ko’nikma, malaka, kommunikativ
kompetensiya, milliy va umummadaniy kompetensiya. 
COMPETENCES DEFINED IN CHEMISTRY ON THE BASIS OF STATE
EDUCATIONAL STANDARDS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION
AND THEIR PRACTICAL SIGNIFICANCE
Roziyeva Maftuna Jorayevna
School #6 Vobkent district, Bukhara region
Abstract:
This article discusses the state educational standards and the
competencies related to the science set out in it. It also explains the importance of
applying competencies in the classroom in the development of chemistry today. 
Keywords:
Competence, Knowledge, Skills, Qualifications, Communicative
Competence, National and Cultural Competence. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlash
tayyorlash milliy dasturi” ta’limning ustuvor hujjatlaridan hisoblanadi. Umumiy o’rta
ta;limning davlat ta’lim standartining maqsad va vaziflarini, asosiy prinsiplarini,
davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga
rioya etilshini nazorat qilish tartibini belgilaydi. 
Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim
mazmunining majburiy minumini yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga
qo’yiladigan talablardan iborat bo’lib, u quyidagilardan tashkil topgan:
Bilim-o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
Ko’nikma-o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish;
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
295
http://oac.dsmi-qf.uz


Malaka-o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmlarni notanish vaziyatlarda
qo’llay olish va yangi bilimlarni hosil qilish;
Kompetensiya- mavjud bilim, ko’nikma va malakalrni kundalik hayotda qo’llay
olish qobiliyatidir. 
O‘quvchilarda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy va kasbiy,
ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda
mustaqillik, faol fuqorolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar
va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana
olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy
ko’nikmalarini shakllantiradi
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga
kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini
hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi kasbi bo‘yicha raqobat bardosh bo‘lishi uchun zarur
bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. 
Kompetensiyalar 2 turga bo’linadi:
1) Tayanch kompetensiya;
2) Fanga oid kompetensiya. 
Tayanch kompetensiyalar ham o’z navbatida bir nechta turlarga tarmoqlanadi:
a) Kommunikativ kompetensiya-ijtimoiy vaziyatlarda ona tili va birorta xorijiy
tilde muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni,
hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi. 
b) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi-media manbalardan zarur
ma’lumotlarni izlab topishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samaali
foydalanishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
s) O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi-doimiy rabvishda o’zini-o’zi
jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish,
hayot davomida mustaqil o’qib o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy
tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil
bahosh va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. 
d) Ijtimoiy-faol fuqarolik kompetensiyasi –jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa
va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik
burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida
muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi. 
e) Milliy va umummadaniy kompetensiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr
oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
296
http://oac.dsmi-qf.uz


san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush
tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
g) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish
foydalanish kompetensiyasi-aniq hisob-kitoblarda asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,
kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma
va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan
foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar
umumta’lim fanlari orqali o’quvchilarda shakllantiriladi. 
Kimyo fani bo’yicha quyidagi fanga oid kompetensiyalar :

Download 198,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish