III . ZARGARLIK BUYUMLARINI REKONSTRUKSIYASI VA KONSERVATSIYASI
3.1. Qadimgi davr zargarlik buyumlarini rekonstruksiya .
Taʼmirlash(restavratsiya, rekonstruksiya) — biror narsani asli xoliga oʻxshatib yoki asliga yaqinlashtirib tiklash, bunyod etish, maʼlum qiymatga ega qadimiy sanʼat asarlari va moddiy madaniy yodgorliklarni tuzatish, yaxshilash, yaroqli holga keltirish. Meʼmorlikda ta’mirlash tarixiy inshootlarni qisman yoki toʻla dastlabki qiyofasiga keltirish (restavratsiya), keng maʼnoda tarixiy bino yoki majmuani oʻzgartirib qayta qurish (rekonstruksiya) jarayonini ifodalaydi. Koʻlami jihatidan Restavratsiya. juzʼiy (maʼlum kismi) yoki yoppasiga (butunlay) oʻtkazilishi mumkin. Zamonaviy Restavratsiya nazariyasi boʻyicha Ta’mirlashning maqsadi tarixiy binoning qadimgi asl koʻrinishini kelgusidagi buzilishlardan saklab qolish chorasini koʻrishdir. Ta’mirlash sintetik va analitik uslublarga ajratiladi. Sintetik ta’mirlashda meʼmoriy yodgorlikning dastlabki butun holatiga keltirish, analitik (arxeologik) ta’mirlashda esa asl qismlarni buzilishlardan toʻxtatib qoʻyish. Ta’mirlash uslubi uzoq oʻtmishga ega. Oʻzbekistondagi qad. yodgorliklar pishiqpuxta, chidamli va mukammal qilib qurilganiga qaramay, davr ularning jozibasi va koʻrkini astasekin yemirib borgan. Keyingi yillarda Oʻzbekistondagi barcha madaniy yodgorlik va obidalarda Ta’mirlash ishlary keng koʻlamda olib borilmoqda. Ta’mirlashni muvaffaqiyatli bajarish uchun tajribali xalq ustalari (Usta Shirin Murodov, Toshpoʻlat Arslonqulov,Shamsiddin Gʻofurov, Quli Jalilov, Abdulla Boltayev, Mahmud Usmonov, Saidmahmud Norkoʻziyev va boshqalar)dan ta’mirlash qoidalaridan oʻrinli va mohirona foydalanish talab qilingan va ular shunga rioya qilgan holda ijobiy rivojlantirganlar.
Turli sabablar oqibatida yemirilgan koʻxna obidalarni Ta’mirlash uchun dastavval bino poydevori arxeologik jihatdan avaylab, sinchkovlik bilan oʻrganiladi. Keyin uning meʼmoriy tuzilishi koshin va naqshlari, rangi, uslubiy jihatlari tadqiq qilinadi. Us t a qad. poydevor ustiga qoʻyiladigan yukni mazkur bino koʻtara olishi yoki koʻtara olmasligini ham bilishi kerak. Nihoyat bino tarixi, qachon qanday maqsadda qurilganligi, madaniyat tarixida tutgan oʻrni mufassal tekshiriladi. Yetarli maʼlumotlar toʻplangandan keyin meʼmorlar, loyihalovchilar va boshqa hamkorlikda loyihasmeta hujjatini tuzadilar. ta’mirlash.da qadimiy usullardan unumli foydalanish maqsadga muvofikdir. Ta’mirlashning quyidagi koʻrinishlari mavjud: konservatsiya; akastilozyodgorlikning yerda yotgan boʻlaklarini joyiga oʻrnatib qoʻyish; ochishyodgorlikning barcha tarixiy qiymatga ega qatlamlarini namoyish etish; toʻldirish— yodgorlikning yoʻq boʻlib ketgan joylarini toʻldirib qoʻyish; yangilash — binoning tarixiy nusxasini qurish, yoʻq boʻlib ketgan binoni yangidan tiklash (masalan; Buxoriy yodgorlik majmui). Ta’mirlash jarayonida zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini koʻrinmaydigan joylaridagina foydalanish talab qilinadi.
Tasviriy va amaliy bezak sanʼatida Ta’mirlash, odatda, sanʼat asarlarini soʻnggi holatini mustahkamlash va ularni buzib turgan qatlamlaridan tozalash orqali asl holiga keltirish bilan amalga oshiriladi. Avvalo bu ishlar asarlar va buyumlarning xom ashyosi, yaratilish usuli, buzilishiga sabab boʻlgan omillar va turlarini puxta ilmiy tahlil qilish hamda sanʼat va moddiy madaniy yodgorliklar tarixini chuqur oʻrganish zaminida olib boriladi. Bunda spektral, xromatografik mikrokristal va boshqa tahlillar, rentgenografiya, makro va mikrofotografiya, infraqizil nurlar va boshqa vositasida tekshiirishlardan foydalaniladi.
Ta’mirlash jarayonida asarning buzilgan qismlari unga yaqin boʻlgan (monumental rangtasvir uchun ohakli suv, ikona va moyboʻyoq rangtasvirining asosi hamda yelim rassomligining boʻyoq qatlami uchun hayvonot yelimlari) yoki maxsus sintetik moddalar bilan uning tuzilishi tiklanadi yoki kimyoviy oʻzgargan unsurlar (rangtasvir asarining qoraygan lok va moyi, mis buyumlardagi gʻovak qurumlar), haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati buyumlaridan keyinchalik kiritilgan qoʻshimchalar qisman yoki toʻliq olib tashlanadi. Rangtasvir asaridagi qoʻshimchalardan mualliflik qismlarini idrok qilishga xalaqit bermaydiganlari saqlanadi, asarning oʻziga xos tarixiy yoki badiiy qimmatga ega boʻlgan soʻnggi qatlami imkon qadar yangi asos va zaminga koʻchiriladi. Tasviriy va amaliy bezak sanʼati asarining buzilgan qismlarini oʻzboshimchalik bilan qayta tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat ayrim hollardagina moyboʻyoq va boshqa rangtasvir asarlarida muallifning boʻyoq qatlami va asosini toʻldirishlardan muhofaza qilish chorasi sifatida qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |