NAZORAT VA MUHOKAMA UCHUN SAVOLUAR:
Tadbirkorlik turlarining mohiyati.
Tadbirkorlik turlarining tasnifi.
Tadbirkorlik turlarining tavsifi.
Tadbirkorlik shakllarining mohiyati.
Tadbirkorlik shakllarining tasnifi.
Tadbirkorlik shakllarining tavsifi.
Tadbirkorlik turlari va shakllari dialektikasi.
8. TADBIRKORLIKDA AXBOROT VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
Tadbirkorlikda axborot - bu tadbirkorlik faoliyatini samarali uyushti- rish va amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar to‘plamidir. U tadbirkorlik faoliyati va uni boshqarish tizimining tarkibiy qismi va asosi bo‘lib xizmat qiladi. Biror ishni zarur darajada boshlash va olib borish ko'pgina ma’lumotlar bo‘lishini taqazo etadi. Xususan, hozirgi tez o‘zgarib borayotgan hayotda axborot tadbirkorlik faoliyatining mu- vaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Hozirgi kunni axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, bar qanday ishni ba- jarish, masalani hal qilishni ham axborotsiz kerakli darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. Tadbirkor qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasin, axborotsiz o'z maqsadiga to‘la erisha olmaydi. Uning axborotsiz hat- toki o‘z oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalami har tomonlama aniq, ravshan shakllantirishi va ifodalashi ham juda qiyin.
Ma'lumki, tadbirkorlik va, umuman, biznesning muhim xususiyat- laridan biri noaniqlik bo‘lib, tavakkal qilishni talab qiladi. Ana shun- day noaniqlik va tavakkalni kamaytirishda axborot katta rol o‘ynaydi. Tadbirkorlikni tashkil etish va olib borish uchun kerak bo‘ladigan axborot qancha to‘liq va yetarli bo‘lsa, noaniqlik darajasi shuncha past, tavakkal esa minimal bo‘ladi.
Axborot tadbirkorning raqobatda ustunlikka erishishi, moliya ta- vakkalini, tadbirkor va uning mahsuloti mavqeyi uchun xavf-xatarni kamaytirish, iste'molchilaming mahsulotga bo‘lgan munosabatini aniqlash, tashqi omillarni kuzatish va ularning o‘zgarishidan xabardor bo‘lish, ishlab chiqarish va bozor strategiyalarini shakllantirish va mu- vofiqiashtirish, tadbirkorlik faoliyatini baholash, qabul qilinadigan qa- rorlar va belgilanadigan tadbirlarni asoslash, intuitsiyani mustahkam- lash, samaradorlikni oshirish, rejalashtirish, prognozlash va boshqa masalalami hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, boshqarish axborotga asoslanadi. Iqtisodiyot va bozor munosabatlari yuksalib borgan sari axborotning roli ortib boradi. Shuni e'tiborga olib, 0‘zbekistonda “Jamiyatni axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Unda ta’kidlanishicha, “Axborot davlat, shu davlat fuqarolari, yuridik shaxs- lar, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarining boyligi, o‘ta muhim ijtimoiy resursi sifatida moddiy va intellektual mulk obyekti bo‘lishi mumkin”. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda uni kerakli axborot bilan ta’minlash vazifasini davlat o‘z zimmasiga olgan. Lekin tadbir- korlar o‘zlariga kerakli axborotni olishga o‘zlari faol harakat qilishlari zarur. Buning uchun esa tadbirkorlar axborot turlari va manbalari, uni olish, to‘plash, tartibga solish, saqlash, berish, ishlatish yo‘llarini yax- shi bilishlari lozim.
Axborotning ichki va tashqi, birlamchi va ikkilamchi, statistik, buxgalteriya va operativ, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, demografik, psixologik va boshqa turlari, miqdoriy va sifatiy, natural va qiymat ko‘rinishlari mavjud. Axborot olish manbalari ichki (tadbirkorlik subyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, operativ hisobotlari va boshqa hujjatlari) va tashqi (televideniye, radio, gazeta, jurnallar, kitoblar, reklama vositalari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqalar) manbalardan iboratdir.
Hozirgi zamonda jadallashib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti natijalaridan biri axborot texnologiyasining vujudga kelishdir. Axborot texnologiyasi — bu zamonaviy komputer texnikasi, axborot va bilimlar bazalari, intellektual, ekspertlar, qarorlarni qo‘llab-quvvatlashtizimlari singari dasturlar yordamida axborotni izlash, to‘plash, tartibga solish, saqlash, uzatish jarayonlari majmuyidir. Bu texnologiya tadbirkorlikda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki tadbirkorlik faoliyati uchun juda ko‘p turli-tuman axborotlar kerak. Tadbirkorlarni nafaqat mahalliy bozorlar, balki tashqi bozorlar qiziqtiradi, ular to‘g‘risidagi ma'lumotlami tezda aniqlash va topib olish zarur. Demak, tadbirkorning axborotga bo‘lgan ehtiyojini faqatgina zamonaviy axborot texnologiyalari to‘la qondirishi mumkin.
Tadbirkorlikni rivojlantirishda yangi axborot texnologiyalari va global telekommunikatsiya vositalarining roli ortib bormoqda. Bu vo‘nalishda 2003- yil 11- dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, 2004- yil 24- apreldagi “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 24- sentabrdagi “Plastik kartochkalar aso- sida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan elektron ti- jorat va elektron hujjat aylanishi tadbirkorlikda katta o'rin egallaydi.
Elektron tijorat - bu axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatishga doir tadbirkorlik faoliyatidir. Har bir tadbirkor elektron tijorat qatnashchisi boMishi mumkin. Hozirgi kunda Internet tarmog‘i orqali oldi-sotdi operatsiyalari, mahsulotlar reklamasi, marketing tad- qiqotlari, kadrlar masalasi va boshqa bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron tijoratga sotuvchi va xaridordan tashqari uchinchi tomon-axborot vositachisi ham ishtirok etishi mumkin. Internet orqali amalga oshiriladigan elektron tijorat ishtirokchilariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi (12. 3- chizma).
B2B - korxona va korxona (bizines - biziness);
B2C - korxona va iste’molchi (biziness - consumer);
C2C - iste’molchi va iste’molchi;
G2B — davlat va korxona (government - biziness);
G2C - davlat va iste’molchi.
Elektron tijorat shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi. Shartnomalar uch xil yo‘l bilan tuziladi:
elektron hujjatlarni ayirboshlash;
elektron hujjat ko‘rinishida bo‘lmagan oferta (shartnoma tuzish taklifi)ni qabul qilganligi to‘g‘risidagi elektron hujjatni jo’natish;
elektron hujjat ko‘rinishida bo‘lgan va qabul qilib olingan ofetradagi shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha harakatlami amalga oshirish.
Elektron tijorat afzalliklari:
vaqtning tejalishi;
mahsulot to‘g‘risida to‘liq malumot mavjudligi;
hamkorlaming ko‘payishi;
tuziladigan bitimlar arzonligi;
universalligi;
zarur malumotlarni olish imkoniyati kengligi;
vositachi texnologiya sifatida Internetning ishtirok etishi.
Elektron hujjat aylanshi elektron hujjatlarni jo‘natish, qabul qilib olish va saqlash jarayoni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |