Kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Download 3,03 Mb.
bet175/183
Sana20.07.2022
Hajmi3,03 Mb.
#825111
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikasi aõbîrît tåõnîlîgiyalari va kîmmunikatsi

Ekologik jinoyatlarda ekologik huquqiy tartib, ekologik xavfsizlik jinoiy tajovuz predmetiga kiradi. Ekologik jinoyatlarning ob’yekti tabiatdagi moddiy ne’matlar, ya’ni qonun bilan muhofaza qilinadigan tabiiy ob’yektlari va umuman, atrof tabiiy muhitdir. Bunday muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlarning ro’yxati «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilgan. Bularga yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon, o’simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, atmosfera-ning ozon qatlami, tabiiy landshaftlar, tabiiy qo’riqxonalar va boshqalar kiradi,
Ekologik jinoyatlar tufayli yetkaziladigan zarar iqtisodiy va ekologik shakllarda namoyon bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy zarartabiatdan foydalanuvchilarga, ularning mulki va daromadlariga yetkaziladi.
Ekologik zararatrof tabiiy muhit, uning ayrim tabiiy ob’yektlari, umuman, tabiiy ekologik tizimning ifloslanishi, nooqilona foydalanilishi, kamayishi va buzilishida namoyon bo’ladi.
Ekologik jinoyatdan jinoiy javobgarlikka olib kelmaydigan ma’muriy huquqbuzarlikni farqlash lozim. Ekologik huquqbuzarlikda jinoyat tarkibiga xos alomatlar bo’lmaydi. Ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan qonunda quyidagi ta’sir choralari nazarda tutilgan: ogohlantirish,
jarima, huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va vositalarini olib qo’yish, g’ayriqonuniy tarzda topilgan mahsulotni musodara etish, fuqaroni muayyan faoliyat bilan shug’ullanishdan iborat maxsus huquqidan mahrum etish.
Ekologik huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladigan ma’muriy javobgarlikning keng tarqalgan turlaridan biri jarima. Jarimadan ko’zlangan maqsad — tarbiyalash, ogohlantirishdir. U yetkazilgan zararni qoplash chorasi emas, shu bois jarima miqdori yetkazilgan zarardan ortiq bo’lishi yoki, aksincha, undan kam bo’lishi yoxud hech qanday zarar bo’lmagan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Jarima to’lash aybdorni yetkazgan zararini qoplash majburiyatidan xalos etmaydi.
Ekologik ekspertiza tushunchasi. Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertiza maqsadlari.
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:

  • mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash.

Ekologik ekspertiza turlari.Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari.Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • xolislik;

  • asoslilik;

  • ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;

  • har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan - ekologik xavflilik prezumpsiyasi;

  • xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi.

Ekologik ekspertizaning oshkoraligi. Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan ob’ektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.Ekologik ekspertiza ekspertining mustaqilligi. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish