Bog'liq O’zbåkistîn råspublikasi aõbîrît tåõnîlîgiyalari va kîmmunikatsi
Ekologikekspertizabuyurtmachisininghuquqlari.Ekologik ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam
olish;
ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik ekspertiza ob’ektlari xususida takliflar,
mulohazalar, tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim etish;
qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida iltimos qilish;
ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi haqida axborot olish.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisining majburiyatlari.Ekologik ekspertiza buyurtmachisi:
ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim
etishi;
davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda haq to‘lashi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasida ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ekologikekspertizanimoliyalash.Davlat ekologik ekspertizasini va ekologik auditni moliyalash buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlatekologikekspertizasiob’ektlari. Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini ajratish materiallari;
loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar;
keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.
Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi. Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi;
davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlatekologikekspertizasinio‘tkazishdaqo‘yiladigantalablar.Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda:
taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarning etarliligi va asosliligi aniqlanadi;
ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi.
Davlatekologikekspertizasixulosasiniijroetishningmajburiyligi.Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.
Jamoat ekologik ekspertizasi.Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologikaudit.Ekologik audit — ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi.