Mexanik ventelyasiya. Mexanik ventilyasiya tortib oladigan, irmoq, murakkabga ajraladi.
Tortib olinadigan ventilyasiya:
Deraza va eshiklar orqali havo etarli bo‘lsa;
Binoda odamlarning qisqa vaqt bo‘lishlari holatlarida;
Binodan ifloslangan havoni ko‘p qismini chiqarish talab qilinganda qo‘llaniladi.
Filtr Chiqarish quvuri
–rasm. Tortib olinadigan ventilyasiya.
Irmoq ventilyasiyadan:
Binoda to‘liq havoni almashtirishni talab etishda;
Binoda zaharli, xavfli va o‘ta sassiq ifloslanish yoki gazlar chiqmayotgan bo‘lsa;
Ifloslangan havoning binoga kirishini ogohlantirilayotganda qo‘llaniladi.
–rasm. Irmoq ventilyasiya.
Irmoqli – so‘rg‘ich ventilyasiya ventilyasiyaning faqat birgina tizimi bilan bino havosini tozalash imkoni bo‘lmaganida o‘rnatiladi. Bunday ventilyasiya sozlash va ishga tushirishda katta harajat talab qiladi, o‘ta samarali sanalib, faqat ayrim holatlarda zarurat tug‘ilganda loyihalashtiriladi.
Filtrlar - g‘ovakli mexanik chang ajratuvchilar, elektrofiltrlar va moyli.
G‘ovakli- (ipsimon, gazmolli, donli, graviyali) chang filtrlar g‘ovaklarida tez-tez o‘tirib qoladi, ko‘pincha filtrlovchi massa tepasida va g‘ovaklar devorlarida qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar – turli xil siklonlar, chang o‘tiruvchi kameralar, chang to‘plovchilar.
Elektrofiltrlar – doimiy tarzda yuqori kuchlanishdagi tokni o‘tkazuvchi havo o‘tkazgichi ichida elektrodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar yonidan ifloslangan havo o‘tayotganda chang zarralari nurlanayotgan elektrod elektronlarining salbiy elektrzaryad oladilar, oqibatda ular erga tutash elektrodlar yo‘nalishida joylashadi va shu erda chang to‘plovchilarga o‘tirib qoladi.
Samaradorligi 99% dir. Shuni aytib o‘tish kerakki yonuvchi va portlash xavfi bulgan moddalarda ishlatib bulmaydi.
Moyli filtrlar – ifloslangan havo vamoyli ustama bilan tutash ustunini hosil qiluvchi moylangan qisqa metall quvurchalar bilan to‘ldirilgan katakli quti. Bunday filtlar irmoq va so‘rg‘ich ventilyasiyada qo‘llaniladi.
Afzalliklari - qurilma va xizmat kursatishi oddiy. Filtr ifloslangan paytda doiralar davriy tarzda issiq soda eritmasida yuviladi va ularning ustamalari moylanadi (doiralar –qutisi bilan moyli vannaga solinadi. Changni tozalash uchun qurilmalar chang va chang zarrachalarining xarakteri va xajmini inobatga olgan holda tanlanadi.
Chang zarrachalari xajmi yuzasidan kichik, o‘rtacha va yirik changga taqsimlanadi.
I. Eng kamida – agar 1 m3 havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa. II.O‘rtacha 500 mg gacha.
III.500 mg dan ancha yuqori.
Zamonaviy filtrlar 10 mk gacha eng kichik changni sezib, 1 m3 havoga 1-2 mg ni tozalashga qodir.
Tozalash darajasiga ko‘ra gazmolli va elektrik filtrlar o‘ta samarali, ular 10000 mg/m3
gacha, ya’ni 99,5% changi mavjud havoni tozalashga qodir.
Irmoq ventilyasiyasi uchun tozalash darajasi quyidagicha – ishlab chikarish binosining ishchi hududi havosida zararli moddalar konsentratsiyasi < 30% MYQK.
Iflos chang yoki zararlangan moddalar bor havo doimo ham to‘liq ko‘zga tashlanmaydi. Yilning eng sovuq davrida so‘rilayotgan havoni isitish uchun issiqlikni tejash maqsadlarida ifloslangan havo aralash kameraga haydalib, (>10%)tashqi havo bilan aralashib, so‘ng tozalangach, yana binoga uzatiladi. Bunday havo ayriboshlash retsirkulyasiya deb ataladi.
Aralashtiruvchi kameraga so‘riladigan havoda zararli va portlash xavfi bo‘lgan (akkumulyatorlardan) moddalar mavjud bo‘lsa, retsirkulyasiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Radio va telestudiyalarining radiouzatish markazlarida retsirkulyasiya binoda havo maxsus, ataylab sovutiladigan yilning eng issiq vaqtida ham amalga oshiriladi. Binoda havo t, R, V sining davriy tekshiruvchi havo almashtirishning qisqaligi ventilyasiya qurilma harakati samaradorligining nazorati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |