3.1–rasm. Yo‟naltiruvchi tizimlarning ko‟rinishi:
26
a) simmetrik zanjir; b) koaksial kabel; v) o‘ta o‘tkazuvchan kabel;
g) to‘lqin o‘tkazgichlar; d) yuza bo‘yicha harakatlanuvchi to‘lqinlar liniyasi;
e) dielektrik to‘lqin o‘tkazgichlar; j) tasmali kabel; z) tasmali liniya;
i) nur o‘tkazgichlar (linzali tolalar)
Koaksial kabelda a–ichki tok o‘tkazgich b–tashqi tok o‘tkazgichning ichida
kontsentrik ravishda joylashgan bo‘ladi va tashqi tok o‘tkazgich butun uzunlik
bo‘yicha yorma chok ko‘rinishda tsilindrik qilib tayyorlanadi. Koaksial kabellarda
ichki tok o‘tkazgich simi tashqi o‘tkazgich simidan turli izolyatsion materiallar
yoki qistirmalar(shayba, ballon, kordel va hz)yordamida ajratilib izolyatsiyalanadi.
To‘lqin o‘tkazgichlar bir butun dumaloq ko‘rinishda metall quvur yoki
to‘g‘ri burchakli metal quvurlar ko‘rinishidan iborat bo‘lib, ularning ichki yuza
tomoni yaxshi o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lgan metallardan tayyorlangan.
Optik kabellar yoki nur o‘tkazuvchi optik tolalar ma‘lum bir yo‘nalishda
o‘ralib, ular bir butun qobiq ostiga olinadi.
O‘ta o‘tkazuvchan kabellar esa koaksial kabellar singari kichik o‘lchamda
bo‘lib, ular juda ham kichik ya‘ni – 273
0
C haroratda ishlatiladi.
YUza bo‘yicha xarakatlanuvchi to‘lqin liniyalari esa bir dona dumaloq
o‘tkazgichdan iborat bo‘lib uning ustiga yuqori chastotali izolyatsiya (polietilen)
materiali qoplanadi.
Dielektrik to‘lqin o‘tkazgichlar dumaloq yoki to‘g‘ri burchak yuzali o‘zak
ko‘rinishida bo‘lib ular yuqori chastotali dielektrikdan (polietilen, stirofleks)
tayyorlanadi.
Tasmali liniyalar esa yupqa tasmalar orasiga o‘tkazgichlar joylashtirilib, ular
orasida izolyatsiya qoplangan bo‘ladi. Bunday liniyalarda turli xil tasmali kabellar
bo‘lib, u tasmalar orasidagi yuzasida juda xam ko‘plab o‘tkazgichlar joylashadi.
Radiochastotali kabellar koaksial, simmetrik, spiral ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin.
YUqorida qayd etib o‘tilgan yo‘naltiruvchi tizimlarning oxirgi uch turi
asosan radioaloqa tarmoqlari uchun qo‘llanilib ular antenadan apparaturagacha
27
bo‘lgan qisqa masofaga elektromagnit energiyani uzatish uchun fider vazifasini
bajaradi. YUza bo‘yicha xarakatlanuvchi to‘lqin liniyasi katta bo‘lmagan masofada
(100 kmgacha) magistral kabel va kabelli radio liniyalardan televidenie signallarini
ajratish uskunasi yoki bog‘lovchi vazifasini bajaradi, boshqa yo‘naltiruvchi
tizimlar esa magistral tarmoqlarda kattadan–katta masofalarga yuqori chastotali
aloqa uzatish vositalari yordamida turli xil axborotlarni (telefon, telegraf,
televidinie, ma‘lumotlarni uzatish, radio eshittirish, fototelegraf, gazeta polosalari
va boshqalar) uzatish uchun qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchi tizimlarni ishlatilishiga
qarab birinchi navbatda to‘lqin uzunlik va chastota diapazoni bilan tavsiflanadi.
3.1–jadvalda turli xil yo‘naltiruvchi tizimlarni chastota bo‘yicha tavsiflanishi
keltirilgan. SHuningdek ushbu jadvalda radioliniya, radiorele erning su‘niy
yo‘ldoshi orqali tashkil etiladigan liniyalarning va lazer aloqasi uchun
ishlatiladigan chastotalar diapazoni ham ko‘rsatilgan. Keltirilgan ma‘lumotlarga
nazar soladigan bo‘lsak, havo aloqa liniyalari 10
5
Gs chastota diapazonigacha,
simmetrik kabellar 10
6
Gts, magistral aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan koaksial
kabellar 10
8
Gts chastota diapazonigacha ishlatilsa, antena fider traktlarida
qo‘llanuvchi koksial kabellar esa 10
9
Gts diapazonida ishlatiladi.
Yo‘naltiruvchi uzatish tizimlari vazifasini bajarish uchun koksial
kabellarning paydo bo‘lishi va hayotga tadbiq etilishi o‘z navbatida to‘lqin
o‘tkazgichlarni va nur o‘tkazgichlarni (optik kabellar), yuqori chastotali
diapazonidagi millimetrli to‘lqin uzunliklar va optik diapazonini zabt etilishiga
yo‘l ochib berdi.Shaharlararo aloqa tarmoqlarida qo‘llanuvchi to‘lqin o‘tkazgichlar
10
11
Gs chastota diapazonida qo‘llansa (millimetrli to‘lqinlar), nur o‘tkazgichlar
10
14
Gs chastota diapazonida (to‘lqin uzunligi 0,85 ’ 1,55 mkm bo‘lgan to‘lqin
diapazon) ishlatiladi. Radioliniyalar esa uzun, o‘rta, qisqa va ultraqisqa to‘lqinlar
diapazonida ishlatilmoqda. Radiorele aloqa liniyalari to‘g‘ri ko‘rinishli ya‘ni
ditsimetrli (0.3…3Gs) va santimetrli (3...30GGs) to‘lqinlar diapazonida ishlatiladi.
28
3.1 jadval.
Yo‘naltiruvchi tizim
Ishlatila-
digan
chastota,Gs
To‘lqin
uzunliklar
Radio vositaga
to‘g‘ri kelishi
Havo aloqa liniyalari
0–10
5
Km
Radio liniya
Simmetrik kabellar
10
6
M
Radio liniya
Koaksial
kabellar,
yuza
bo‘yicha xarakatlanuvchi
tasmali kabellar,
tadiochastota kabellari
10
8
M
Radio liniya
Koaksial
kabellar,
o‘ta
o‘tkazuvchan kabellar,
tasmali kabellar,
radiochastotali kabellar
10
9
dm
RL,RRL
––––––––––––––––––––––
10
10
Sm
Yo‘ldoshli
liniya, RRL
To‘lqin o‘tkazgichlar va
dielektrik to‘lqin o‘tkazgichlar
10
10
...10
11
Mm
–––
––––––––––––––––––––––
10
12
...10
14
IQN
–––
Nur o‘tkazgich, optik kabellar 10
14
...10
15
mkm(KN)
Aloqa liniyasi
––––––––––––––––––––––
10
15
...10
17
UBN
–––
Do'stlaringiz bilan baham: |