Korporativ tarmoq –bu shunday tarmoqki, uning asosiy vazifasi bo'lib
tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini qo'llab – quvvatlab turish hisoblanadi.
Ushbu korxona xodimlarigina korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo'lishlari
mumkin. Korporativ tarmoqning tuzilishi, biz yuqorida ko'rib o'tgan zamonaviy
kompyuter tarmog‘i tuzilishiga deyarli o'xshash bo'ladi. Korporativ tarmoqlarda
foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq tarkibiga
kiritilgan bo'ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga kirgan uni tashkil
etuvchi bo'linmalar birgalikda, nafaqat tarmoq egallagan hududni, balki
korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham ko'rsatib turadi. Korporativ tarmoqni
tashkil etuvchi bo'linmalar quyidagicha nomlanadilar:
-
bo'limlar va ishchi guruhlar tarmoqlari;
-
binolar va kampuslar tarmoqlari;
-
magistral tarmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |