4.2-rasm. Aloqa operatorlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar
Telefon xizmatlari va aloqa kanallarini ijaraga berish kabi xizmatlar, aloqa
operatorlari tomonidan ancha avvaldan ko'rsatilib kelayotgan xizmatlar sirasiga
kiradi. Kompyuter tarmoqlari xizmatlari esa aloqa operatorlari tomonidan ancha
keyin yo'lga qo'yilgan bo'lib, ulardan keladigan foyda hozirda, telefon
xizmatlaridan keladigan foydadan ancha kam bo'lmoqda. Hozirgi paytda
kompyuter va telefon tarmoqlari birgalikda ko'rsatadigan aralash xizmatlaridan
ancha katta foyda kelmoqda.
Aloqa tarmoqlarida ko'rsatiladigan xizmatlarni yana transport va axborot
xizmatlariga ham ajratish mumkin. Telefon orqali gaplashish – transport xizmatiga,
telefon tarmoqlaridagi so'rovlarga javob berish xizmatlari yoki veb-saytlar esa
axborot xizmatlariga misol bo'la oladi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |