Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 451,38 Kb.
bet2/2
Sana17.05.2021
Hajmi451,38 Kb.
#64873
1   2
Bog'liq
uzb tarx

Foydalanilgan adabiyotlar


Insoniyat rivojlanishi tarixida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli siyosiy, diniy va etnik an’analarga ega bo‘lgan, uzoq davom etgan o‘zaro manfaatli madaniy va iqtisodiy hamkorlik misollari ko‘p. Misol uchun, mashhur “varyagdan yunonkacha” yo‘l o‘tgan bo‘lib, uzoq vaqtgacha Rus davlati bilan Skandinaviya davlatlarini (Shvetsiya, Norvegiya, Daniya) bog‘lab turgan. Tarixda tuz yo‘li ma’lum bo‘lib, u Afrika qit’asi, asosan, Sahroi Kabir cho‘li orqali o‘tgan. Eng qadimiy “lazurit” yo‘li miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda vujudga kelgan. U Pomir tog‘laridan boshlanib, Eron orqali Old Osiyogacha va Misrgacha o‘tgan. Bu nom yuqori Amudaryo tumanlarida va Pomirda qazib olinuvchi yarim qimmatbaho tosh lazuritni (lyapis-lazur), qadimgi sharq davlatlari, jumladan Shumer (ikki daryo oralig‘i) va Misr zargarlariga yetkazib berish bilan bog‘liq Arxeologik qazilmalar davomida, qabrlardan badaxshon lazuriti topilgan.Tarixdan ma’lumki, miloddan avvalgi VI–V asrlarda Eron ahamoniylari saltanati davrida uning hududi bo‘ylab “shoh yo‘li” o‘tgan. U O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida Efes va Sardog shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri va Suzi shahri bilan bog‘lagan.Yana bir yo‘l Erondan Baqtriya, So‘g‘diyona, Toshkent vohasi va Qozog‘iston hududi orqali Oltoygacha olib borgan. Lekin eng asosiy, dunyoga mashhur yo‘l Buyuk Ipak yo‘lidir. U Atlantika okeani qirg‘oqlaridan Tinch okeani qirg‘oqlarigacha cho‘zilib, butun Osiyo qit’asi bo‘ylab O‘rta yer dengizi davlatlarini Uzoq Sharq davlatlari bilan birlashtirgan. Bu oddiygina yo‘l yoki okeandan okeangacha bo‘lgan yo‘llar tizimi bo‘lib qolmay, balki tinchlik va hamkorlikka intilgan xalqlarni birlashtiruvchi, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi murakkab madaniy-iqtisodiy ko‘prik bo‘lgan. Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi miloddan avvalgi II asrga borib taqaladi. “Buyuk Ipak yo‘li” talqini esa tarix faniga XIX asrda nemis sayyohi va tarixchisi K. Rixtgofen tomonidan 1877 yilda kiritildi.

Uning “Xitoy” kitobida Sharq davlatlaridan o‘tuvchi bu yo‘lni birinchi marta “Ipak yo‘li” deb nomlanganidan so‘ng kiritilgan. Bosh yo‘l Dunxuan, Xami, Turfan, Kashmir, O‘zgan, O‘sh, Quva, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro va Marv orqali o‘tgan. Marvda (Turkmanistonning hozirgi Mari shahri) Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Shoh yo‘llardan biri Xorazm orqali Volgaga, Sharqiy Yevropaga olib borgan. Shunday qilib, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo tovarlari Kiyev Russi, Novgorod, keyinchalik Moskvaga yetib borgan. Moskva bozorlarida asosan Sharq, hind savdogarlari savdo qiluvchi qatorlar mavjud bo‘lib, ular “hind qatorlari” deb nomlangan.



Buyuk Ipak yo`li Xitoydagi Xuan Xe daryosining o`rta oqimida joylashgan Sian shaxridan boshlanib Lanch jou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda u ikkiga ajralib biri-shimoli – g`arbga, ikkinchisi janubiy–g`arbga yo`nalgan. Shimoliy yo`l Turfon orqali. Tarim voxasiga va bu yerdan Qashqar Davon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi bo`lgan Samarqand va Marg`iyona (Marv)ga yo`nallgan. Janubiy yo`l Xo`tan, Yorkent va Pomir –tizma tog`lari orqali o`tib, Baqtriyaning poytaxti Zariaspa (Balx)ga borgan. Balxda janubiy yo`l ikkiga ajralib biri Xindistonga, ikkinchisi g`arbga yo`nalgan va Marvda shimoliy yo`l bilan tutashgan. Marvda Buyuk Ipak yo`li Parfiyaning poytaxti Niso, Eronning Gekatompil, Apaliya vaEkbatana (Xammadon shaxarlari) orqali Mesopotamiyaga borgan. U yerda Ktesifon va Bog`dod shaxarlaridan o`tib Dajla (Tigr) daryosining o`ng qirg`og`i bo`ylab shimolga yo`nnalagan va Nisbin xamda Antioxiya (Antokiya) shaxarlari orqali Damashqqa borgan. Damashqqdan Tira shaxri bilan Quddusga va Misrga yo`nnalgan. Buyuk Ipak yo`li orqali Xitoydan tashqi savdo uchun ipak, Xitoyga esa xar xir gazlama gilam va paloslar, oyna, metall, zeb zinat buyumlari, qimmatbaxo tosh va dorivlorlar Baqteriya va Dovondan ot va tuyalar olib borilgan. Buyuk Ipak yo`li tufayli Xitoyning O`rta Osiyo YAqin Sharq mamlakatlari bilan savdo va elchilik aloqalari birinchi ikkinchi asrlardayoq kengayib borgan. Xitoydan xar yili katta savdo karvonlari elchichlar bilan g`arb mamlakatariga jo`nadilar va g`arbdan turli tuman mollar, ortilan karvonlar bilan elchilar kelar edi. Garchi Xitoy sayyoxi Gai In 97 yili Fors qo`ltig`iga yetib borgan bo`lsa, Makidoniyalik Gay Titsian 100 yili Lanch - monagacha yetib kelgan. Lekin Buyuk Ipak yo`lining uzoqligi va sermashaqatligi sababli Xitoy G`arb davlatlari bilan bevosita aloqa olib borishi mumkin bo`lmagan. Shuning uchun xam Buyuk Ipak yo`li orqali olib borilgan savdo elchilik aloqalarida osiyoliklar ayniqsa so`g`dlar, baqteriyaliklar va eronliklar vositachilik rolini o`ynaganlar. III-IV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li Xitoydan Xidistonga borib ziyorat qiluvchi budda monaxlari uchun xizmat qildi. X asrlarda Xitoy bilan arab xalifaligi va Vizantiya o`rtasida savdo va elchilik munosabatlarining kengayishi natijasida Buyuk Ipak yo`lining xalqaro axamiyaiti yanada kuchaydi. XIII-XIV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li mo`g`illar imperiyasining chekka o`lkalarini Mo`g`iliston bilan bog`lashda katta rol o`ynadi. XV asrdan boshlab (Buyuk geografik kashfiyotlar) Italiyalik Xristofor Kolumb, Florensiyalik Amerigo Vespuchchi, Portugaliyalik Vasko Da Gama kabi sayohlarning sayohatlari va shuningdek, dengiz orqali suv yo`llarining kengayishi va unda savdo-sotiqning keng yo`lga qo`yilishi natijasida Buyuk ipak yo`lining ahamiyati sekin pasaytirdi. O`tmishga bir nazar tashlasak: Yer yuzasining kattagina qismini egallangan-na siyosiy, na davlat chegaralarini bilmaydigan, qadimda bobolar solgan yo`l Buyuk ipak yo`li va bu yo`lning chinakam buyukligini va mahobatini ko`z o`ngimizda gavdalantirib turadigan va o`z ko`rki-jamolini saqlab kelayotgan qo`rg`onlar, karvonsaroylar, shaharlar namoyondir. O`rta Osiyo Buyuk ipak yo`li chorrahalarida joylashgan bo`lganligi uchun ham bu yo`lning ta’siri va ahamiyati juda katta bo`lgan. Buyuk ipak yo`li orqali dunyo madaniyatining beshigi bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi jug`rofiy va milliy to`siqlardan ustun turadigan chinakam xalqaro muloqotlarga yo`l ochilgan. Bugun jahon madaniyati erishgan cho`qqidan sezayotganligini guvohi bo`lamiz. Demak, shunday ekan yana mavzuning uchi O`rta Osiyo o`tmishiga borib taqaladi. O`rta Osiyo, uning Ko`hna Urganch, Xiva, Buxoro va shu kabi qadimgi shaharlar tuprog`i afsonalar mamlakati ekaniga, go`zal me’moriy obidalari jahon madaniy merosining ajralmas qismi ekaniga amin bu tarixiy shaharlar Buyuk ipak yo`lidagi ko`rki-tarovati, boy o`tmishi bilan benihoyat katta e’tiborni talab etadi. Buyuk ipak yo`li faqat savdo-tijorat yo`ligina bo`lib qolmay, turli xalqlar qatorida O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlarning o`zaro bir-birini boyitishiga kuchli ta’sir ko`rsatgan, shaharlar va shaharsozlikning vujudga kelishiga, xunarmandchilik va madaniy qatlamlarning shakllanishiga bebaho hissa qo`shgan, ijtimoiy jarayonlarni harakatga keltirgan. Masalan: Xitoy chinnisi va ipagining dovrug`i ham shu yo`llar orqali yoyilgan edi (Chinni IV-VI asrda Xitoyda vujudga kelgan va ayniqsa VII-XIII asrlarda chinnisozlik san’ati yuksak darajaga ko`tarilgan). Beruniy Eronda g`oyat mashhur bo`lgan uch xil Xitoy chinnisi haqida ma’lumot bergan. O`rta Osiyodagi oyna tayyorlash texnologiyasi esa 424 yili Xitoyga olib o`tilib, bu o`lkaning turli viloyatlarida oynasozlikning keng taraqqiy etishiga turtki bergan. Xitoydagi nafis qog`oz tayyorlash usullari (qog`oz birinchi martda II asrda Xitoyda Say Dun tomonidan o`simlik tolalarining suvli suspenziyasini sim to`rdan o`tkazib hosil qilingan) Turkistonga ko`chib, bu sohaning Samarqandda ravnaq topishga sabab bo`lgan. Shuningdek, karvon yo`lida joylashgan qadimgi shaharlarda hozirgi kunga qadar saqlanib kelgan tarixiy obidalaryuvropada, Lotin Amerikasida taraqqiyot yo`li uyg`onmagan, hatto inklar madaniyati ham bo`lmagan (inklar II-XIII asrlarda Peruning kechua tillari gruppasiga kiruvchi indeyets qabilalari) ming yillar burun bu yerda madaniyat gullab-yashnaganligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham hanuzgacha bu Buyuk ipak yo`lidagi yodgorliklar jahon jamoatchiligining diqqatini o`ziga jalb qilmoqda.


XIV-XV asr oxirida Temur va temuriylar davlati markazi Movarounnahr juda ko’p karvon yo’llari orqali Ovrupo, Yaqin va Uzoq SHarqning yirik shahar hamda mamlakatlari bilan bog’langan edi. Serg’ayrat ko’chmanchilar, turli mamlakatlarning jur’atli savdogarlari va ko’rqmas sayyohlari tomonidan ancha ilgari va ko’rib chiqilayotgan davrda asos solingan ushbu yo’llar Temur hamda temuriylapr davlatining siyosiy iqtisodiy aloqalarini amalga oshiradigan asosiy aloqa yo’llari edi. Binobarin, turli mamlakatlardan Movarounnahr tomon boradigan karvon yo’llari temuriylarning harbiy yurishlari uchun ham xizmat qilgan. Umuman olganda, karvon yo’llarining turli maqsadda amalga oshirilgan yurishlar uchun Temur harbiy yurishlarining ba’zi yo’llarini ko’zata turib Movarounnahrdan qo’shni hududlarga olib borgan karvon yo’llarining ba’zi qismini aniqlash mumkin. O’z oldiga buyuk davlat yaratishni maqsad qilgan Temur o’sha paytdagi karvon yo’llarining ahamiyatini bilgan edi va undan o’z tashqi siyosatida ustalik bilan foydalandi. Qadimda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan mushtarak bo’lgan Xorazm mug’ullar davrida ikki qismga bo’linib, markazi Urganch shahri bo’lgan shimoliy Xorazm Oltin O’rdaga, markazi Kat qal’asi bo’lgan janubiy Xorazm CHig’atoy ulusiga qaragan. XIV asrning 60-yillari oxirida shimoliy Xorazmda Qo’ng’iron so’filari sulolasi xukmron bo’lib, shimoliy va janubiy Xorazm erlarini birlashtirdilar. Ayni paytda Xorazm iqtisodiy va siyosiy jihatdan Oltin O’rdaga bog’liq edi. Temur esa butun Xorazmni CHig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi va uning hududidan o’tadigan ipak yo’lini qo’lga kiritmoqchi edi. 1372-1388 yillar mobaynida Temur Xorazmga 5 marta yurish qildi va bu bilan Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylarida Orol dengizigacha bo’lgan erlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi. Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar va jangu-jadallarni amalga oshirdi. Ko’p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan o’lkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Ila daryosi, SHimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi. O’zining ko’p yillik harbiy yurishlari davomida Temur o’z saltanatining shon-shuxrati uchun uning markaziy qismi bo’lgan Movarounnahr, ayniqsa poytaxt Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Buning uchun u zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda ko’p hunarmandlar, san’at ahllari va olimlari asir qilib Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod etishda ularni zo’rlab ishlatadi. Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo’lgan. Ispan elchisi Klavixoning yozishicha: u hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishga yo’l qo’ymagan. Aksincha, Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to’quvchilari, Xalabning mashhur paxta yig’uvchi, Anqaraning movut to’quvchi korxonalari, Turkiya zva Gurjistonning zargarlari, xullas, ko’p kasb-hunar sohiblari boshqa shaharlardan Samarqandga ko’chirib kelindi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki buysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta tikladi. Karvon yo’llarida robotlar, qal’alar, ko’priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’u-bo’stonlar barpo etdi. Karvon yo’llar qaroqchilardan tozalandi. Yo’lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning kuchib o’tishi uchun manzilgohlar qurdirdi. Qulaylik yaratish maqsadida katta yo’llarga soqchilar qo’ydi. Soqchilar yo’lovchilarning moli uchun javobgar edilar. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi feodal tarqoqlik va boshbodoqlikka barham berib, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki uzoq va yaqin SHarq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo’shdi. Amir Temurning fotihlik yurishlarini faqat o’lja olishga bo’lgan ishtiyoqqa yo’ymaslik kerak. U jahon karvon yo’liga hukmronlik qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Oltin O’rda xududlaridan o’tuvchi shimoliy savdo shahrohi (asosiy yo’li)ni yo’q qilishga va barcha savdo yo’llarini Markaziy Osiyo orqali yo’naltirishga harakat Oltin O’rdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalandi. Temur Oltin O’rdani o’z davlatiga qo’shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g’arbda o’z davlati uchun juda havfli kuch bo’lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o’z ta’siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda «Saroy Berka» orqali o’tadigan karvon yo’lini ham Movarounnahr orqali o’tish uchun kurashadi. Temur Oltin O’rdaning faqat Sirdar quyi oqimidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita bog’liq bo’lgan erlarinigina qo’shib olmoqchi edi. Saroy Berka, Saroy Botu va Xojitarxon (Astraxon) shaharlarini egallaydi. Temur Oltin O’rda tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo’jalik va savdo sotiq ishlariga katta putur etkazadi. Bu viloyatlar va ulardagi yirik shaharlar ancha vaqtlargacha iqtisodiy jihatdan qaddilarini rostlay ololmaydilar. Natijada Xitoyni yaqin sharq mamlakatlari bilan bog’lagan savdo yo’lining Oltin O’rda orqali o’tgan shimoliy tarmog’i barham topadi. Endilikda butun savdo qatnovi yana Movarounnahr shaharlari: O’tror, Toshkent, Samarqand va Buxoro orqali Balx, Hirot va Sultoniya tomon yo’naladi. Sirdaryo atrofidagi shaharlar juda keng hududni bog’lovchi qism sanalgan. Bu erda Movarounnahr vohalari, dasht shaharlari, Oltin O’rdaning chet qaram erlari Dashti Qipchoq, Mug’uliston, Xitoy va boshqa mamlakatlar savdogarlari, sayyohlari, turli din vakillari uchrashishgan. Sabron, Sig’noq, O’tror, Sayram, YAssilar yirik savdo markazlari sanalib, shu joylarda turli mamlakatlardan keluvchi yo’llar tutashgan. SHuningdek, ayni joyda Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi Movarounnahrning boshqa shaharlaridan kelgan savdogarlar ham tez-tez tuxtalishgan. Ibn Arabshohning ezishicha, «Ipak yo’li» orqali Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan, Xurosondan ma’danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar; o’zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. CHet mamlakatlardan Samarqandga olib kelinadigan mollarning miqdori naqadar ko’p bo’lganligini Klavixo bu shaharda bo’lgan vaqtida Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini qayd etganidan ham faraz qilish mumkin. Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda ikki karvon yo’li orqali borilgan. Birinchi yo’l Toshkent, Sayram, Ettisuv va SHarqiy Turkistonning Turfon va Qumul shaharlari orqali; ikkinchi yo’l Farg’ona vodiysi orqali – Xo’jand, Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, O’sh shaharlaridan o’tib, Oloy vodiysi bo’ylab borgan va SHarqiy Turkistonning Qoshg’ar, Xo’jand va Erkand shaharlari orqali o’tgan. Bu davrda Temur va uning joylardagi noiblari Xitoy va Hindistonda O’rta Osie orqali YAqin SHarq va Evropa mamlakatlariga yunalgan asosiy xalqaro savdo yo’li – «Buyuk ipak yo’li»ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi havfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko’rdilar va SHarq bilan G’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga katta e’tibor berdilar. Savdo munosabatlarini rivojlantirishda elchilik aloqalari katta ahamiyat kasb etgan. Temuriy hukmdorlarining elchilik va savdo karvonlari Osie va Ovro’poning juda ko’plab mamlakatlariga borganlar. O’z navbatida chet mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiening turli mamlakatlarida bo’lganlar. Temur davrida Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Tatariston, Farangiston, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan asosan ipak, shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar va mushk; Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo’eqlar, xushbo’y ziravorlar; Erondan marvarid va durlar; Rusiya va Tataristondan har xil mo’ynalar, teri va mum keltirilgan. Samaqand bozorlarida Farangiston gazlamalari, movutlari va Cherkas pichoqlari mashhur edi. O’z navbatida, Markaziy Osie shaharlaridan chet mamlakatlariga arzon narxli ip matolar, bo’z, duxoba. SHoyi gazlama, qog’oz, quruq meva, gurunch, paxta, kalava iplar, kulolchilik, misgarlik buyumlari, pichoqlar kabi mahsulotlar chiqarilgan. Sohibqironning Fransiya qiroli Frans VIga ezgan xatidagi quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Siz o’z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko’rsatamiz. Biz ham o’z savdogarlarimizni yurtingizga yo’llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko’rsating. Ularga ortiqcha taz’yiqlar qilinishiga yo’l qo’ymang. Sizga bundan bo’lak talabim yo’q. Zero, dunyo savdo ahli obod bo’lajak». Ana shu oddiy va aniq fikrdan щunday xulosa chiqarish mumkin-ki, Amir Temur tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy savdo aloqalarini keng miqesda yo’lga qo’yish, undan barchani, avvalambor, o’zining xalqini bahramand etish bosh g’oya bo’lib xizmat qilgan. U barpo etgan yagona iqtisodiy savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo’lgan vaziyat mavjud edi. Amir Temurning mana bu so’zlari bunga dalildir: «Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biron bolakay boshida bir lagan tilla ko’tarib o’tadigan bo’lsa, bir donasiga ham zarar etmaydigan tartib-intizom o’rnatdim». Amir Temur, Mironshoh va Angliya qiroli Genrix IVlarning o’zaro diplomatik ezishmalaridan ma’lum bo’lishicha, Angliya bilan elchilik aloqalarini o’rnatib, savdo-sotiqni jonlashtirish yo’lida olib borilgan harakatlarda, ayniqsa, Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, buyuk Amir Temur saltanatining g’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari – xoh u elchilar qatnovi, xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval. Mironshox tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar edi. Bundan, avvalambor, ushbu viloyatlarning noibi manfaatdor edi. CHunki Mironshox qo’li ostidagi mulklarning g’arbiy chegaralari Evropa davlatlarining siesiy va iqtisodiy doirasidagi Bolqon yarim oroli orqali O’rta dengiz mamlakatlari bilan tutashgan edi.



YUNESKO tomonidan “Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining ishlab chiqilishi Yevroosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy-madaniy faoliyatiga o`rganish uchun yo`nalish bo`ldi. Respublikamiz hududlarida ham bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko`pgina tarixiy-madaniy obidalar o`rganildi, qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o`rganildi. Juda ko`pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan

Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G`arb xalqlari o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo`lni xalqlarning birodarlik, o`zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo`liga aylantirishdan iboratdir.Jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar karvonsaroylar tarixini ipidan-ignasigacha qizg`in muhokama qilishib, bu manzilgohlar Buyuk ipak yo`lining islomga qadar karvonsaroy, so`ng esa rabot deb atalgan shoh bekatlari ekanligini ta’kidlashdi. Ekspeditsiya a’zolari hayratga soluvchi tarixiy obidalarning qadimiyligi, go`zalligi haqida so`z yuritishib, lekin ularning ko`pchiligi ta’mirlashga, yordamga muhtojligiga to`xtalib, mas’uliyatli vazifalar haqida bosh qotirishdi. Buxoro, Xiva va boshqa shaharlardagi tarixiy yodgorliklarni asrab qolish yo`llarini izlash uchun jahonning ilmiy kuchlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, ota-bobolaridan shunday mahobatli obidalar, mo`jizaviy go`zalliklar meros bo`lib qolgan xalq ham ularni gard yuqtirmasdan saqlash uchun jon kuydirishi zarur ekanligini ta’kidlashdi. Jumladan, ekspeditsiyaning ilmiy kotibi Axmad Xasan Doni Oqsaroy haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Jahonda yodgorliklar ko`p. Biroq mening nazarimda ulug`vor Oqsaroy – Muxammad Temur saroyi mahobatini xech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi. U betakror ijod mahsulidir. Bu obidaning hozirgi holati uning ulug`vorligi va ahamiyati aslo kam emas. Men uni hayrat bilan tomosha qilib shunday fikrga keldimki, mutaxassislar Shaxrisabzda yashovchi butun aholi bu yodgorlikka nihoyatda katta e’tibor qaratmoqlari lozim... Agar bu ishlar amalga oshirilsa, butun dunyoda juda ko`plab sayyohlar faqat Oqsaroynigina emas, shaharning san’at va madaniyat tarixiga doir ko`plab monumental yodgorliklarni ham hayratlanib tomosha qilgan bo`lardilar... Shu shahar ahliga, o`zidan keyin mana shunday ulug`vor va muhtasham me’moriy yodgorliklar qoldirgan buyuk insonga ulug` davlat arbobiga va lashkarboshiga ta’zim bajo, ehtiromimni bildiraman”. Xullas, buyuk ipak yo`li va uning karvonsaroylari, tarixi yildan-yilga chuqur izlanishlar natijasida yangi-yangi qirralarini ko`rsatib, kelajak avlodlari uchun ham qimmatli tarixiy yodgorlik bo`lib qoladi. Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish va qayta tiklashda O‘zbekiston rahbariyati ham alohida e’tibor qaratmoqda. Chunonchi, respublikamiz hududlarida uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar o‘rganildi. Qadimgi yo‘llar va yo‘nalishlar aniqlandi, milliy-ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rganildi. Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro Instituti ochilgan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri Buyuk ipak yo‘li va uning bo‘ylarida joylashgan shaharlarni o‘rganishdir. 1997-yilning mayida O‘zbekiston ham o‘z hissasini qo‘shgan Mashhad-Saraxs, Saraxs-Mashhad temir yo‘li ochildi. Bu bilan O‘rta Osiyo mamlakatlari Fors qo‘ltig‘iga, Yevropa xalqlari esa O‘rta Osiyoga temir yo‘l orqali chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 1998 yil Boku shahridagi Buyuk ipak yo‘lini quruqlikda Yevropadan Yaponiyagacha qayta tiklash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Yevropa-Kavkaz-Osiyoni bog‘laydigan ushbu transport yo‘li (TRASEKA) qurilishida O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda va bu yo‘l butun dunyo iqtisodiyotini yuksaltirishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Antik davr O‘rta Osiyo tarixida madaniy hayotning turli tomonlama taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. Butun dunyo xalqlari tarixiy-madaniy rivojlanishida bo‘lgani kabi bu davr O‘rta Osiyo jamiyatining ijtimoiy va ma’naviy hayotida diniy mafkura katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrda O‘rta Osiyoning asosiy hududlarida zardushtiylik va buddaviylik dinlari ustunlik qilishiga qaramasdan ular bilan bir qator yunon dinlari, moniylik ham yoyilgan edi. Makedoniyalik Iskandar yurishlari davri va uning vorislari (Salavkiylar, Yunon-Baqtriya) davrida O‘rta Osiyo hududlariga Ellinizm madaniyati kirib keldi. Yunon dinlarining keng yoyilishi Yunon-Baqtriya davriga to‘g‘ri kelsa, Budda dinining keng yoyilib davlat dini darajasiga ko‘tarilishi Kushonlar davriga to‘g‘ri keladi. Kushon davri oxirlariga kelib esa Moniy dini yoyiladi. O‘rta Osiyoda mil. avv. II-I asrlarga kelib yunon-makedonlar hukmronligi tugagan bo‘lishiga qaramay ellinizm madaniyati moddiy va badiiy madaniyatda o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yellin xudolari-Gerakl, Gefest, Dionis, Afina kabilarga sig‘inish kuchliligicha qolaveradi. Bu xudolar tasvirlari Kushon podsholari tangalari va haykallarda o‘z aksini topgan. Undan tashqari, yunon alifbosi asosida tashkil topgan baqtriya yozuvi ham saqlanib qoldi. Kushon davri ellinizm madaniyatiga oid topilmalar O‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlaridan topib o‘rganilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan O’zbekiston-Xitoy munosabatlarida ham bugun yangi davr boshlandi. Har ikkala qadimiy xalqning uzoq o’tmishdagi o’zaro savdo-sotiq aloqalari, yaqin hamkorlik munosabatlari, madaniy hayotdagi yswinligi bugungi sharoitda ular o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni yangicha ko’rinishda rivojlantirib, mustahkamlashga to’liq asos bo’la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Q.Usmonov “O’zbekiston tarixi”

  2. X.Ziyoyev “Tarix-o’tmish va kelajak ko’zgusi”

  3. Maresel Bruon “Men-kim Sohibqiron Temur”

Download 451,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish