O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Optik aloqa tizimlari
Mustaqil ish
Mavzu:
Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyixalashtirish.
Loyixalashda sifat mezonlari tahlili.
Guruh
: 414-19.
Bajardi:
Yusupov Ulug’bek
Tekshirdi:
Mirazimova Gulnora
Toshkent 2022
Kirish.
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi:
-
Uzatish liniyasining trassasini tanlash;
-
Oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari;
-
Talab etiladigan kanallar
sonini asoslash va hisoblash;
-
Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.
Uzatish liniyasining trassasini tanlash texnologik loyihalash normalariga
muvofiq izlanish jarayonlarida amalga oshiriladi. Trassa uzunligi minimal bo‘lishi
kerak. Trassaning shaxardan tashqaridagi qismi avtomobil yo‘llari bo‘ylab,
o‘pirilish va cho‘kish bo‘lmasligi uchun qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan
erlar, shuningdek kemiruvchi xayvonlar bo‘lmagan erlar bo‘ylab o‘tishi kerak.
Loyihalashda turli xildagi er osti kommunikatsiyalarning, yuqori voltli liniyalarning
va elektr temir yo‘llarining joylashuvini hisobga olish kerak. Trassaning mos
keluvchi ob’ektlar bilan kesishuvi va yaqinlashuvini loyihalash normativ xujjatlarda
aniqlanadi.
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan
kabelli
kanalizatsiya bo‘ylab, tonnellarda va ayrim xollarda erda o‘tishi kerak. Trassa
bo‘ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida aniqlanadi. Bunda
trassaning bir
necha variantlari tanlanadi, ular eng afzal variant deb tanlangan
uzatish liniyasining xolat plani ko‘rinishida aks ettiriladi.
Elektrik hisoblashlar uchun punktlar orasidagi masofa, trassaning to‘g‘ri
emasligini va ularni aylanib o‘tishda kabel
bukilishlarini hisobga oluvchi, kabel
uzunligi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda kabellar uzunligi mos keluvchi trassa
uchastkasi uzunligidan oshadi. Normativ zapaslar
mos keluvchi uchastka
uzunligidan o‘rtacha 2% ni tashkil etadi.
Kabelli liniya trassasi shunday tanlanadiki, xamma punktlarni (loyihalash
topshirig‘ida ko‘zda tutilgan) aloqa bilan ta’minlashda inshootlarga va uzatish
liniyasining ekspluatatsiyasiga sarf etiladigan xarajatlar minimal bo‘lishi kerak.
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me’zonlar bo‘yicha olib
boriladi:
-
qurilishga
minimal kapital xarajatlar;
-
minimal ekspluatatsiya xarajatlari;
-
xizmat ko‘rsatish qulayligi.
Ko‘rsatilgan me’zonlarni qoniqtirish uchun trassa berilgan punktlar orasida
eng qisqa masofa va qurilishni murakkablashtiruvchi va qimmatlashtiruvchi,
to‘siqlarning eng kam soniga ega bo‘lishi kerak
Suvli to‘siqlarni kesib o‘tish uchun eng kichik kenglikka ega joy tanlanadi.
Ko‘rilgan variantlarning qiyosiy taxlil natijalari jadval ko‘rinishida
rasmiylashtiriladi, tomonlar yo‘nalishi va masshtab ko‘rsatilgan
kartadan nusxa
olinadi va shartli belgilar qo‘yiladi.
Oxirgi va oraliq punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari, tanlangan
oxirgi va trassada joylashgan oraliq punktlar orasida aloqaning tashkil etilishini
asoslash uchun zarur.