Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarateristikasi



Download 103,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.11.2022
Hajmi103,96 Kb.
#860310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oat-mus-ishi

Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarateristikasi.
OK lar va TOUT apparaturasini ishlab chiqarish jarayonida oʻlchanadigan 
parametrlar va xarakteristikalar pasport ma'lumotlari koʻrinishida hujjatlashtirilishi 
lozim boʻlib, ular amaldagi DSt va TSh lar me'yorlariga mos boʻlishi kerak. 
Ko'rsatilgan moslikni tekshirish kirish nazoratida amalga oshiriladi. 
TOUT ni qurish jarayonida qurilish va aloqa sifatini nazorat qilish maqsadida 
quyidagi parametrlar oʻlchanadi: OT ning qurilish uzunliklarida va montaj qilingan 
regeneratsiyalash uchastkalarida soʻnishi; OT larning ulanishlari kiritadigan 
so'nishlar; uzatuvchi chiqish va gabul qiluvchi kirish optoelektron modullaridagi 
optik nurlanish quvvatining darajalari; xatoliklar koeffitsiyenti. Zarurat boʻlganda 
buzilish (shikastlanish) joylari aniqlanadi. 
OK da metall oʻtkazgichlar mavjud boʻlganda kabelga oid TSh larga muvofiq 
ravishda elektr zanjirlarining parametrlarini o'lchash va sinash oʻtkaziladi, jumladan 
metall elementlar va tashqi qobiq izolyasiyasining elektr qarshiligi yuqori 
kuchlanishli oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan tokda oʻlchanadi (metall elementlar 
orasidagi metall qobiq va bron orasidagi, bron va suv orasidagi izolatsiyalar va h.k.). 
Oʻlchash apparaturasini koʻpincha maxsus moslashtirilgan avtomashinalarda 
joylashtiriladi, bu esa qurilish va montaj qilish jarayonini tezlashtirish imkonini 
beradi. 
Ishlatish jarayonida oʻlchashlar liniya qurilmalarining va ogohlantiruv va 
buzilishlarning oldini olish apparaturasining texnik holatini aniqlash uchun 
bajariladi. Ularni profilaktik, nazorat va avariyaviy oʻlchashlarga ajratiladi. 


 Profilaktik o'lchashlar tasdiqlangan reja boʻyicha o'tkaziladi. O'lchashlar 
tarkibi, hajmi va davriyligi mahalliy sharoitlar, kabelning holati va h.k. larga bog'liq 
holda belgilanadi. 
Nazorat va sinov oʻlchashlari ta'mirlashdan keyin ta'minlash tiklash ishlari 
sifatini aniqalash maqsadida bajariladi. 
Avariyaviy oʻlchashlar kabelning buzilgan joyi va parametrini aniqlash 
maqsadida o'tkaziladi. 
Yuqori tezlikli kogerent TOUT larning joriy etilishi bilan hozirgi vaqtda 
nazorat qilinmaydigan parametrlarni oʻlchash ehtiyoji tug'iladi. 
Tezkor modulatsiyali TOUT ning xarakteristikalari va ishonchliligi lazerli 
diodlarning spektral xarakteristikalariga kuchli bogʻliq boʻlganligi uchun optik 
nurlanish manbalarining sifatini nazorat qilish zarurati tug'iladi. Bunda spektr enini, 
modalar sonini, toʻlqin uzunligini, spektral polosa kengligini (taqsimlangan teskari 
aloqali lazerlar uchun va tashqi rezonatorli lazerlar uchun), nurlanayotgan 
quvvatning maksimumiga mos toʻlqin uzunligini, simmetriyani, yoki modalarni 
so'ndirish koeffitsiyentini, toʻlqin uzunligining turgʻunligini, ya'ni «chirp-effekt» 
oʻlchanadi. Bundan tashqari, tor polosali filtrlar uchun tashqi rezonatorlar 
effektlarini baholash va generatsiyaning modadan modaga sakrashi yoki 
modalarning boʻlinishi roʻy berayotgani - bermayotganini tekshirish lozim. 
Modulatsiyalangan signalning impuls xarakteristikalarini; impulsning ortish va 
pasayish vaqtini, kuchsizlanish koeffitsiyentini, impulsning davomiyligi va 
silliqligin oʻlchanadi. Fotoqabul qilgichning sifatini baholashda ishchi chastotalar 
polosalarini, sezgirligini, shovqin darajasi va sur'at tokini oʻlchanadi. 
Kogerent TOUT lar uchun OT ning soʻnishi va dispersiyasi bilan bir qatorda 
tolaning polarizatsion (qutbiy) xarakteristikasi ham muhim rol o'ynaydi. Bir modali 
bir polarizatsion svetodiod lardan foydalanilganda ularni o'lchash zarurati tug'iladi. 
TOUT ning passiv komponentlari (tarmoqlagichlar, attenyuatorlar, filtrlar, 
razyomlar) uchun spektral xarakteristikalarni va qaytish so'ndirishini nazorat 
qilishga toʻgʻri keladi. Keyingisi katta ahamiyatga ega, chunki ROS lazerlar va 
Fobri-Pero lazerlari bu parametrga katta sezgirlikka ega. 


OK larni va TOUT liniya traktlarini qurish va ishlatish bosqichlarida 
o'tkaziladigan oʻlchash va sinash natijalarini DSt va TSh larda koʻrsatilgan 
parametrlar va xarakteristikalarning me'yor lariga mosligini tekshiriladi. 
Optik kabellarning eng muhim parametrlari so'nish bo'lib, uni oʻlchash TOUT 
ni yaratish va ishlatishning barcha bosqich larida amalga oshiriladi. 
 
Turli optik kuchaytirgichlarni qo‘llash sxemalari. 
Yuqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish malakasi 
ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat etilmagan ulanishlardan 
himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon qadar XTQyRP inshootlarini 
qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir. 
Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT uchun OK
3
ni 
qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki XTQyRP ning elektr 
ta’minoti muammolarini xal etish imkonini bermaydi (1.2, v-rasmdagi sxemada 
masofa OK
3
kiritadigan qo‘shimcha shovqin tufayli 1.2, g-rasmda xar doim bir 
kuchaytirish uchastkasiga ko‘p). Boshqa tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK
2
+ OK
1
zanjirni texnologik namoyon etuvchi OK
3
tan narxi bo‘yicha STM-4 sathidagi SRI 
regeneratorining narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. SHu sababli juda past 
tezlikli tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni tashkil etish, xizmat talab 
qilmaydigan (OK
3
li) kuchaytirish punkti (XTQyKP) ni tashkil etishga nisbatan 
iqtisodiy jihatdan ustun hisoblanadi.
Biroq, OK
3
ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli TOUT uchun 
optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin uzunligi bo‘yicha 


zichlashtirilgan TOUT uchun barcha telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida 
keskin ortadi.
Aloqa tarmoqlarining kelgusi rivojlanishida loyihalashda (o‘tkazish qobiliyati 
bo‘yicha) an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri rivojlanishning katta (liniya – 
kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni yangi uzatish liniyasini qurish) va kichik 
(LTA ni eng yuqori tezlikka almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida 
bosqichlarga ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini optimallashtirish bu 
bosqichlarning har birida xarajatlar samaradorligining taxlil natijalari bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda o‘tkazish 
qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini optimallashtirish 
jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga olmaslik imkonini beradi. 
Boshqacha aytganda, rivojlanish davri mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda 
shunday turdagi OT li optik kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan 
rivojlanish davri oxiriga TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini 
ta’minlashi kerak. 
Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining boshida 
talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasiga 
ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar 
mavjud. 
Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun rivojlanish 
davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni yuqori darajada 
soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, mohiyati bo‘yicha kapital 
xarajatlarni optimallashtirish amalga oshiriladi. Vaqt omili rivojlanish jarayonida 
TOUL ning o‘tkazish qobiliyatini bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, 
bu TOUL ni qurishda boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda 
ekspluatatsiya xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi bilan 
kuzatiladi.
Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni loyihalashda 
axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan usullaridan foydalanishni 
shartlaydi. 
Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar tarkibini 
optimallashtirish bu birinchi navbatda 

Download 103,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish