Komilova xurshidaxon mansurjon qizining


II bob. 2.1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi va davr muhiti ifodasi



Download 314,7 Kb.
bet5/12
Sana24.03.2023
Hajmi314,7 Kb.
#921335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Komilova d

II bob.
2.1. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur obrazi va davr muhiti ifodasi
Badiiy asarni o‘qish jarayonida unda yoritilgan obrazli voqeliklar ko‘z oldimizda gavdalana boshlaydi. Nafaqat, obrazlar qolaversa , shu obrazlar orqali o‘sha davrning ijtimoiy-madaniy muhitiga kirib boramiz. Asar yozishda davr muhitini yoritib bera olish murakkab masala hisoblanadi, ayniqsa tarixiy asarlarda qiyinchilik tug’dirishi tabiiydir. Tarixiy asarda inson bilan uning harakteri, shaxsi, qahramon yashayotgan va harakat etayotgan sharoit bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Inson muhit tasiri ostida o‘z harakteri, imkoniyatlari doirasida o‘zgaradi. Mustahkam irodali kuchli shaxs o‘tkinchi muhit tasiriga to‘liq ma’noda bo‘ysunmaydi. Muhitga qarshilik ko‘rsatish tuyg‘usi asarda kuchli rivojlangan boladi. Ba’zi insonlar esa muhit tasiriga tushib, unga bo‘ysunadilar.
Muhit tushunchasi o‘z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi. Insonni qurshab turuvchi barcha narsa turmush va uning jihozlari tabiat, jamiyat va davlat, shaxs, ya’ni turli davr va xalqlarning madaiyatlari muhit tushunchasiga kiradi. Muhit murakkab va ko‘p ma’noli tushuncha. M. Gorkiy 1912-yilda “Muhit – bu o‘zimiz. Muhit – bu bir-biriga ta’sir o‘tkazuvchi psixik birliklarning muayyan miqdoridir” deb ta’kidlagan edi.
Shuning uchun ham muhit tushunchasi badiiy asarda insonga, insonshunoslikka borib taqaladi.
Tarixni, tarix haqiqatini badiiy asarlarga olib kirish masaasida uzoq yilardan beri bahslashib kelinadi. Akram Kattabekov “Tarixiy haqiqat va badiiy mahorat” nomli tadqiqotida bu masalani o‘rganib, tarxiy asarning asosiy xususiyatiga uning “Real tarih bilan hamohangligidir” degan xulosaga keladi. To‘g‘ri tarixiy asarda tarixiy sharoit, ruh o‘z aksini topishi kerak, lekin asar yozilgan davrdagi sharoit va mafkurani ham e’tiborga olish kerak.
Ijod kishilari haqidagi tarixiy romanning bosh vazifalaridan biri qahramon taqdirida, uning ijodi va faoliyatida davrning ijtimoiy-siyosiy belgilarini aks ettirishdir. “Asar qahramoni, - deb yozadi bu haqda O. Golubev, - yozuvchi tasvirlanaytgan davrni qanday tushunishi va tushuntirishining bosh mezonidir. Sirasini aytganda, asar qahramoni obrazida mujassamlangan davrning o‘zi tarixiy romanning haqiqiy qahramonidir”
“Yulduzli tunlar” romanida davr voqealari ayniqsa keng o‘rinni egallaydi. Yozuvchini qarama-qarshi tomonlar, g’oyalar va qarashlar kurashidan ko’ra davrning konkret voqealari ko’proq qiziqtiradi. Romanda davrning, mavjud tuzzumning bosqinchilik, zo’ravonliklari batafsil ochilgan. Samarqand uchun Shayboniyxon bilan bo’lgan jang, Samarqandning ham qo’ldan ketishi, O’ratepa, Dahkat sargardonliklari, tog‘osha Afg‘oniston yurishi, qo‘shin ichidagi nizolar, Hindistonga yurish, Agra, Panipat uchun janglar davrning eng muhim belgilarini ochib berishga xizmat qiladi.
Pirimqul Qodirov o‘zi nishonga olgan davrdagi hayotni butunligicha yaxlit ochib berishi, ya’ni undagi bor ijobiy jihatlar bilan bir qatorda salbiy holatlarni, ziddiyatli vaziyatlarni ham ishonarli tarzda, aniq faktlar asosida ochib beradi. “Chinakam yetuk roman xalq hayotining ma’naviy ko‘zgusi hisoblanadi.Roman keng qamrovli, ulkan fikr mahsulidir.”
Romandagi xalq vakillari Tohir, Fazliddin obrazlarida urushning ular taqdirini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborganini ko‘ramiz. Bu orqali yozuvchi shoh va oddiy xalqning taqdirini bog‘lanishini ko‘rsatadi.
“Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unda roman janriga xos epiklik, tarixiy asarga xos ma’lum o‘tmish davridagi shart-sharoit, xalq, mamlakat hayoti, tarixiy shaxs obrazi orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li asar markazida turadi. Asarning diqqatga sazovor tomonlaridan biri, unda Boburning hayot yo‘li bevosita xalq hayoti bilan bog‘liq holda yoritilganligidir.
Pirimqul Qodirov ham Bobur yashagan davr tarixini, sharoitini uzoq yillar o‘rgangan va bu haqida shunday yozadi: “Zahiriddin Muhammad Bobur necha asrdan beri xalqning tilidan tushmay keayotgan, uning dilidan o‘ziga makon topgan o‘lmas tarixiy siymolardan biridir. Albatta, uning fotih, shoh va davlat arbobi sifatida juda murakkab hayot kechirganligini ham e’tibordan soqit qilmaslik kerak. Taqdiri murakkab kechgan Boburning shunday og’ir muhitga iste’dodini boy bermasligi, insoniy fazilatlarini yo‘qotmasligi Javaharlal Neru iborasi bilan aytganda, dilbar shaxs sifatida tarixda nom qoldirishi, ulkan sadoqatki, bu kamdan kam odamga muyassar bo‘ladi. Men talabalik yillarimdan beri, qirq yildirki, “Boburnoma” ni qo‘ldan qo‘ymayman. Boburning qadamjolarini borib ko‘rishga intildim, Hindiston, Pokiston boylab sayr qildim, shularning hammasidan bugun chiqarish mumkin bo‘lgan xulosa shuki, hanuz bizga Boburni jozibali qilib ko‘rsatayotgan tomoni uning oliyjanob insoniy fazilatlari va noyob iste’dodidir.
Romanda tarixiy sharoitning real tasviri asosiy o‘rinlardan birini egallab, asar badiiyatini belgilovchi mezonlardan biri sifatida namoyon boladi. Adib asarda Boburning hayotini to‘liq tasvirlamagan, bunga extiyoj ham sezmagan. U qahramoni hayotiga oid asosiy tarixiy voqealarni Bobur harakteri, qarashlariga ta’sirini badiiylashtirgan. . Yozuvchi Bobur harakterini yaratishda qahramonning hatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti, shart-sharoitlariga alohida diqqat qaratadi. Asar davomida Bobur manaviyatini, yrtuk inson sifatidagi faoliyatini ochib berishga alohida e’tibor beradi. Pirimqul Qodirov asarda Bobur taxtga chiqqan kundan boshlab to umrining oxiriga qadar bo‘lgan voqealarni aniq aks ettirshga harakat qiladi. Bobur bilan bog‘liq hodisalarning bir-biriga chambachas bog‘lanishiga alohida e’tibor beradi.
Ma’lumki, Bobur juda qaltis vaziyatda taxtga otiradi. Kechagina ortoqlari bilan oynab yurgan Bobur 12yoshda otadan ajrab birdaniga katta saltanat podshosiga aylanadi.
Asarning birinchi qismi “Quva. Qil ustida turgan taqdirlar” so‘zlari bilan boshlanadi. Shundan so‘ng Quva shahri tasviri beriladi:
Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kun bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan otib kelayotgan Quvasoy qon qo‘shib oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi.
Muallif bekorga 1494-yilning yozi deya ta’kidlab o‘tmaydi. Asarning boshlanishidan o‘quvchini o‘sha davr muhitiga olib kirishni maqsad qiladi. shu yildan boshlab asosiy voqealar boshlanadi. Aynan Quvasoyning qip-qizil bo‘lib oqishi asarning keying voqealariga ishora beradi. Bexosdan o‘quvchi qizil daryoni koz oldiga keltiradi.
Shu paytda majnuntollar panasida suhbat qurib turgan ikki yoshning suhbati ham o‘sha davrdagi xalq xayotini aks ettiradi.

  • Robiya, inon, men tirik bolsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen!

  • Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og’a!...

Yog‘iyning ming-ming askari bor. Qaysi biriga bas kelursiz? Ana qochqinlarga qarang!...
Tohir orqasiga ogrilib, Quvasoyning quyi tomonlariga ko‘z yugurtirdi. Pastda qamishzor botqoqlik va uning ustidan o‘tgan uzun yog‘och ko‘prik bor edi. Ko‘prikdan chumoliday behisob odamlar, mollar, otlar, aravalar tizilib otib kelayotgani yomg’ir pardasi orasida elas-elas ko‘zga chalinadi.
Adib shafqatsiz davr haqiqatlarini yashirmasdan, qabida chuqur afsus va alam bilan xatoliklar qilib, yuzi qaro bo‘lgan Bobur timsoliga o‘z qahramoniga achinadi. Lekin zinhor haqiqatga qarshi bormaydi. Tarixiy davr haqiqatiga asoslanadi va shoh va shoirni tiriltiradi. Boburni obraz sifatida yoritishda shoh va shoir, baxt va baxtsizlikni tadqiq qilishda ham faqat haqiqatga asoslanadi.
Asar qahramonining taxtga o‘tirish payti ham ziddiyatli davrga to‘g‘ri keladi. Mamlakatga dushman xavf solib turgan bir qaltis pallada Bobur taxtga o‘tiradi. Podshohlikning ilk kunlarida Bobur buni his qila olmaydi. Xuddi shu paytdagi Boburning holati orqali yozuvchi o‘sha davr amaldorlar yuzini keskin fosh qiladi. Ayni paytda Boburning naqadar yosh va ma’sum ekanligini ham ta’kidlab o’tadi.
Bazi bir adabiyotshunoslar asarga baho berishda “Adib ko’p o’rinlarda Boburning ruhiy dunyosini ochish o’rniga harbiy yurishlarini izohlash bilan ovvora bo’lib ketgan” deya izoh berishadi.
Bizningcha bu fikr unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmas, chunki yozuvchi qahramonini o’sha davr sharoitidan kelib chiqib tasvirlagan.
Shuningdek tarixiy asarlarda davr muhitini yanada yorqinroq ifodalash uchun ko’plab shu davr amaldorlarni tasvirlash yetakchi omillardan biri sanaladi. “Yulduzli tunlar” romanida ham bunday obrazzlarning bir qanchasini uchratishimiz mumkin. Masalan, Ahmad Tanbal, Uzun Hasan, Tiba Sulton kabilarga salbiy bo’yoq berish orqali yozuvchi butun amaldorlar yuzini fosh etadi.
Mustaqillikka eishganimizdan so’ng tarixiy shaxslar, o’tmishimiz qahramonlari obrazini yaratishga e’tibor beria boshlandi. Sovet ittifoqi davrida noto‘g‘ri talqin qilingan asarlarga qaytadan yuz burildi. O‘tgan asrda yozilgan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari ham bundan mustasno emas. “Yulduzli tunlar“ asari nafaqat Bobur siymosini yaratishda, balki o‘tmishni yoritishda ham asl manbaa bo‘ldi
Romanning boshqa tarixiy asarlardan farqlanib turishining asosi bu uning Boburni butun borlig‘i bilan aks ettirishidadir. Bobur harakterini ochishda adib uni sharoit taqozosidan kelib chiqib yoritadi. O‘quvchi ko‘z o‘ngida mehribon ota, mohir sarkarda, marifatparvar siyosatchi tarzida namoyon bo‘ladi.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani boshdan-oxir tarixiy hujjatlar asosiga qurilgan asarlar toifasiga kiradi. Bu xususiyat asarning barcha qismlarida ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi asarda tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxs hayoti va faoliyatini xronikali tarzda tasvirlab beradi. Adib roman ustida 10 yilga yaqin ish olib boradi. Bu davr ichida Hindistongacha borib keladi va asar uchun o‘z qahramoni va u yashagan davr haqida boy materiallar to‘playdi va ularni jonlantira oladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur – kuchli hukmdor, fotih va ayni paytda talantli shoir sifatida juda murakkab shaxsdir. Bularning barchasini bir syujet atrofida birlashtirib, qahramonning deyarli to’liq hayotini qamrab olgan asar yaratish undanda murakkabdir.
Romanda Boburning ijod ahliga munosabati juda yorqin tasvirlanadi. Bu sohada Alisher Navoiy Bobur intiladigan ideal edi. “Navoiy hazratlari kabi ijod ahliga g‘amxo‘r bu olamda bo‘lmagan” deya qayd qiladi u “Boburnoma” da. Bobur Andijondayoq Fazliddin kabi me’mor va fozil kishilarni o‘ziga yaqin oladi. Keyinchalik ularni Kobulga va Agraga chaqirtirib, go‘zal qasrlar qurishga, me’mor istedodini va orzularini yuzaga chiqarishga intiladi. Bobur Hindistonga bosqinchi bo‘lib bordi. Lekin Shayboniyxon kabi yurtni talamadi. Hindistonni markazlashtrishga intildi, yirik madaniylashtiruv siyosatini olib bordi. U o‘z atrofiga shoir Binoiy, rassom Behzod, tarixchi Mirxond, me’mor Fazliddin kabi fozil kishilarni to‘plab, Andijonda aamalga oshira olmagan gullagan yurt haqidagi orzularini bu yerda amalga oshirishga harakat qildi. Romanda Boburning ijod onlari ham juda hayajonli tasvir etiladi. O‘quvchi ayniqsa, shoirning shoh asari “Boburnoma” ning yozilish tarixi bilan batafsil tanishadilar. Darvoqe, bu asar muhim manbaa sifatida roman voqealarining, tili va kompozitsiyasining asosini tashkil etadi.
Pirimqul Qodirov romanda Bobur lirikasi namunalaridan ham ustalik bilan foydalanadi. Bu ijod namunalari qahramonning eng samimiy tuyg‘ulari, qalbini o‘rtagan dardlari bo‘lib, ijodkorning chinakam o‘z-o‘ziga tavbasidir. Masalan, Boburning “Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘bo‘ldi” deb boshlanadiga ruboiysi qay tariqa tug‘ilganligini yozuvchi shunday tasvir etadi: “Panipat jangida erishgan zafardan Bobur qanchalik quvongan edi! Ammo bu jang qancha bolalarni yetim, qancha ayollarni beva qoldirganini, bugungi kelinchakka o‘xshagan qancha bevalar urf-odat bo‘yicha o‘zini olovga tashlaganini mana endi ko‘z oldiga keltira boshladi… Uzoqlarda qolgan Mohim begim esiga tushdi…
Boyagi kelinchakning “ Ket, bosqinchi! Ket!” deb qichqirgani uning qulog‘iga qayta eshitilganday bo‘ldi. Bobur ichida “Yo rab, bu ne ko‘rgulik!” – dedi-yu, xayolini boshqa biron narsa bilan band qilish uchun daftar-qalam oldi. Sevgan yoridan va tug‘ilib o‘sgan diyoridan uzoqda u o‘zini behad tolesiz, baxtsiz sezgan paytlari ko‘p bo‘lardi. Hozir ham shu og‘ir tuyg‘u yuragini chulg‘ab oldi. Bobur ko‘nglini daftarga bo‘shatgisi kelib birinchi satrni yozdi:
Tole yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi
U keng qirg‘oqlar orasida tovushsiz jim oqib o‘tayotgan Jamnaga tikildi. Botib ketgan quyoshning quyuq shafag‘idan daryo suvi qizg‘ish ko‘rinardi.
Boburning nazarida, daryosuvini shafaq emas, janglarda to‘kilgan qonlar qizartirib yuborganday tuyildi. U iztirob bilan keying satrlarni yozdi:
Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi
O‘z yerni qo‘yib , xind sori yuzlandim
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi
Bu misralar shoir Bobur bilan podshoh Bobur o‘rtasidagi murakkab ichki ziddiyatni, bu orqali kelib chiqqan buyuk shaxs fojeasini har qanday kishi tushunadigan tarzda to‘la ifodalab beriladi.

Yulduzli tunlar” romani yaratilgan davrning xazinasi boldi desak mubolaga bolmaydi. Asar xalqimiz tarixini yoritishda muhim manbaa bo‘lib xizmat qildi. Biroq, asar yozilgan paytda turli xil tanqidlarga ham uchradi. Ba’zi bir tanqidchilar asarda janglar tasviriga keng o‘rin berilgan deb baho bersalar, ba’zilari Boburning lashkarboshilik qobiliyati yaxshi yoritilmagan deya baho berishadi. Lekin Boburning harakteri va yashagan davridan kelib chiqib nazar solsak asarda tog’ri yo‘l tutilgan deya olamiz.


Tarix, davr haqiqatidan koz yumib bolmaydi. Ma’lumki, Boburning umri jang-u jadallarda otadi. Agar muallif janglarning barchasini tasvirlaganda u tarixiy xronlogik jangnomaga aylanib, bir emas bir necha kitobda aks etgan bolardi. Shuning uchun ham muallif Bobur hayotidagi muhim janglarnigina tasvirlab shu orqali Boburning harbiy salohiyatini ochib beradi.
“Yulduzli tunlar” romaninining “Laxor, Panipat Dehli” bolimida aynan sarkardalik mahoratiga urg’u beriladi. Tarixda Panipat janggi nomi bilan mashxur jangda Boburning bor yog’I 12ming akari boladi, Ibrohim Lodiyda esa 50ming. Bobur harbiy salohiyatii ishga slogan holda jangda g’olib boladi. Tolg’ama usuli orqali g’alabaga erishadi.
Yozuvchi Boburni mohir harbiy sarkarda shu bilan birgalikda turkiy sheriyatning buyuk vakili sifatida kashf etadi. Asarda bu xususiyatni ko‘plab sahifalarda kuzatish mumkin.
Jamoling vasfini ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun bo‘lgay vislinga men dilxasta yetgaymen
Yozuvchining e’tirofiga ko‘ra, bu bayt Boburning Samarqandda hukmronlik chog’larida bolajak rafiqasi oyisha begimga bag’ishlab yozilgan. Yozuvchi u epizodda Boburni oshiq hamda istedodli shoir sifatida tasvirlaydi.
Romanda Bobur shaxsiga xos sifatlar aniq va chiroyli tarzda ochib beriladi. Masalan: mirob Ergash govning qolga tushish voqeasini yozuvchi quyidagicha aks ettiradi:
-Men begunohmen! Besh bolamning uvoli uradi sen beklarni. Mening begunoh qonim tutadi hammangni.
Bu qarg‘ish Boburning qalbiga otkir tig‘day qadaldi.Uning oyoq-qollari titrab,otirgan joyida kozi tina boshladi.
Qarg‘ishdan g‘azablangan beklar yana ham qattiq turib talab qila boshladilar:
-Yasoq!
-Yasoq!
Boburning koz oldidan boyagi odamning soqoliga oqib tushgan koz yoshlari ketmas, qulog‘i tagida uning alamli qichqirig‘i yangrab turardi.13
Bobur uning oldirilishiga qarshilik qila olmaydi. Mirobning sozlarga ishonsada soxta, xiyonatkor beklar bunga qarshilik qiladi. Ularni talabidan qaytara olmaydi.
Bobur shoh, sarkarda bolishi bilan birga g‘oyat otkir zehnli kitobsevar inson edi. Yoshligidanoq kitobga mehr qoygandi. Xatto, umrining songi kunlarini ham kitob mutolaasi bilan otkizishni xohlashi ham sozlarimizning dalili boladi. Asarda Bobur Samarqandga borgan chog’ida kitob dokoniga kiradi, undagi noyob kitoblarni korib, shunchalik berilib ketadiki, Qosimbek gapirganda ham e’tibor bermaydi. Lekin, shu paytda xazinasi bosh bolishiga qaramasdan barcha kitob haqini tolab sotib oladi.

Roman yozishda Pirimqul Qodirov Bobur shaxsini tolaqonli ochib berishga harakat qiladi. Asarda badiiy toqimalar ham uchrab turadi. Masalan, Tohir keyinchalik Tohir oftobachi obrazi. ”Boburnoma” asarida Tohir shaxsi haqida hech qanday ma’lumot uchramaydi, yozuvchi Tohirni ozi yaratadi. Uni shunday ustalik bilan Bobur hayotiga olib kiradi. Dastlab Tohir va Robiya suhbati bilan boshlangan asarda endi Tohir oziga munosib rol oynay boshlaydi. Bu orqali adib Boburning shunday dosti bolishini xohlaydi. Tohir obrazi badiiy toqimaning yuksak mahsuli desak mubolag‘a bolmaydi. Yozuvchi uni Robiya ikkisining sevgisi orqali asarga sezdirmasdan aralashtirib yuboradi. Tohir obrazini ham shunday mukammmallik bilan yaratadiki, undan chinakan insonga xos tanti fazilatlar korsatib beriladi.Quva koprigini buzilishida ishtirok etgan Tohir keyinchalik Bobur xizmatiga otadi va unga xos navkarlari qatorida boladi. Uning bu darajaga erishishi ham sevgisi sababli Robiyani izlab shu yerga keladi. Eng qiyin damlarda ham Boburning yonidan ajralmaydi, unga sidqidildan xizmat qiladi va sevgisiga yetishadi, Robiyani topadi. Bobur oz qoli bilan yozgan asar “Boburnoma” ni yurtimizga olib kelish vazifasi unga yuklatiladi.


Bobur yillar davomida qancha qiyinchiliklarni boshidan otkizmasin doim adolat tarafida bolgan, tog‘ri so’z inson edi. Yozuvchi buni isbot qilish uchun podshohlik da’vosidan kechib yurgan paytlaridagi chopon bilan bolgan suhbatni keltiradi:
. — Podshohimni muncha kop soroqlading, biron arzing bormi? — dedi Bobur kulimsirab. Chopon qovoqlarini uyib:
— Men uni mana shu tog‘da yakkama-yakka uchratmoqchimen, — dedi.
— Agar uchratsang... Ne gaping bor? Chopon yigitning kozlari g‘azab bilan qisildi: — Otam bilan akamning boshini ne qilgan, shuni sorab bilmoqchimen
— Boshini? Bobur-a?! Sen... sen kimsan ozing?
— Chagraklardanmen!
Bobur Andijon tog‘larida yashaydigan chorvador turkiy qabila — chagraklarni eslab hayrat bilan soradi: — Bu yerda ham chagraklar bormi?
— Biz bu yerga Osh tomonlardan qochib kelganmiz. Men oshanda on tort yashar bola edim. Bobur kelib otam bilan akamning qoylarini, yilqilarini tortib olmoqchi bolgan. Choponlar: «Bermaymiz!» deb g‘alayon qilgan. Keyin Bobur hammasini oldirib, boshlarini kesib ketgan. Onam bilan borsak, on besh-yigirmata olik yotibdi. Boshlari yoq. Tanasidan tanib olish qiyin bolarkan. Onam dam u tanani quchoqlab yig‘laydi, dam bu tanani...
Bobur O’shning janubida, bundan olti yil avval Ahmad Tanbalning qonli xurjunidan lolaqizg‘aldoqlar ustiga yumalab tushgan kallalarni yana ko’z oldiga keltirdi. O’shanda uni seskantirib yuborgan yoshgina yigitning kallasi va ustara tegmagan yuzi ko’z oldida qaytadan gavdalandi
— Men Boburmen! — dedi.
Cho‘pon quloqlariga ishonmay, uning yalang oyoqlariga yana bir qaradi: — Nahotki podshoh Bobur sen bo’lsang?!
— Ha, men podshoh edim!
— Hozir-chi?
— Hozir... toju taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot kechirmoqchimen.
Garchi bu voqea Bobur hayotida yuz bermagan bolsada yozuvchi buni asar uchun o’ylab topadi. Shu voqea orqali oquvchi ko’z o’ngida Boburning doim to’g‘ri sozlashi, har qanday holatda haqiqatdan tonmasligi namoyon boladi. Joni qil ustida turganda ham Bobur o’zidan o’zligidan tonmaydi. Shu kichik bir voqeani kiritish orqali bundan olti yil oldin bo’lib o’tgan voqeani o’quvchi yodiga soladi.
Xullas, A.Zayniddinova ta’kidlaganidek: “Asarda Boburning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, ijodiy faoliyati qanchalik mahorat bilan tasvirlangan bo’lsa, lashkarboshilik qobiliyati ham shunchalik ustalik bilan ko’rsatilgan”. SHuning uchun ham “Bobur haqida yozilgan asarlar orasida “Yulduzli tunlar” romani o’zining chuqur reallikni tasvirlaganligi va qiziqarli qilib yoritilganligi bilan ajralib turadi. Unda hayot xaqiqatini, Bobur yashagan murakkab davrni va Bobur obrazini ochib berish uchun lozim bo’lgan tipik voqealar, hayotiy detallar bor va ular joy-joyida yorqin va tabiiy qilib ifodalangan”14.
Bizga ma’lumki, Bobur va uning davri haqida ko’plab tarixiy memuar manbalar borligi uchun ham hayotining juda ko’p qirralari ma’lum. Lekin bu manbalarning asosiysi Bobur to’g‘risida oddiy axborot beradi. Romanda yozuvchi fantaziyaga ham keng o’rin ajratadi. Bu haqda Pirimqul Qodirov shunday deydi: “Rassomlar qadimgi zamonlardan qolgan suyaklarga qarab ularni o’zlaricha tasavvur qilib, haqiqatga to’g‘ri keladigan rasmlar chizadilar. Men ham asosan shu yo’ldan bordim. Asliga sodiqlik jihatdan romanda tarixiy hujjatlarning ahamiyati juda katta. Lekin tirik vujudga quruq suyakdan koʻra et og‘irroq bolishini bilasiz. Shunga o’xshab bu romanda ham faktdan koʻra tasavvur mahsulining salmog‘i ortiqroqdir deb oʻylayman”15.

Pirimqul Qodirov Bobur shaxsini ochish, harakteriga xos xususiyatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Boburning iste’dodli shoir, oqil siyosatchi, mahoratli sarkarda, g’amxor ota va odil shoh sifatlarini asarda o’ziga xos yo’sinda asoslab beradi.


Pirimqul qodirov bilan bir qatorda o’sha yillarda Hayriddin Sulton ham tengsiz siymo haqida bir nechta asarlar bitadi. Bulardan biri “Saodat sohili” qissasi. Bu narsani yozuvchi Xayriddin Sultonov iqtidori va ijodiy izlanishlari misolida yanada yaqqolroq ko’ramiz. Ayniqsa, «Saodat sohili» qissasi bu borada badiiy kashfiyot sanaladi. Qissani o’qir ekanmiz, mahzun va tushkun, o’ychan va dono, zakiy Bobur siymosi ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Adib Bobur obrazini yaratar ekan, o’ziga zamondosh salaflari va badiiy to’qima obrazlar bilan chambarchas bog’liq holda aks ettiradi. Shuningdek, obrazlar faoliyat ko’rgizayotgan XVI asr ruhini, hayot girdibodlarini, o’pqonlaru o’pirilishlarni haqqoniy kartinalarda yoritadi. Bu borada o’tmishni his etish-tarix tuyg’usi moziy voqeligi bilan Bobur shaxsini bir butunlikda aks ettirish imkonini bergan. Tarix haqiqatini avlodlar ongiga singdirishning eng ta’sirchan usuli uni badiiy asarlar tiliga ko‘chirishdir. Zero, chinakam badiiyat namunasi o‘tmish voqeligini o‘quvchining nainki ongiga olib kiradi, balki uni qalbining tub-tubiga joylaydi. Dunyoda bizning xalqimiz kabi tarixga, jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarga boy millatlar ko‘p emas. Bunday allomalarimizning hayot yo‘lini badiiy asarlar orqali ibrat qilish dolzarb vazifalardandir.
Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh, marifatparvar siyosatchi, kuchli fotih va istedodli shoir sifatida murakkab shaxsdir, uning hayot yo‘li esa undanda murakkab. Shunday ekan, uni obraz sifatida badiiy asarda jonlantirish ham mushkul vazifadir.
Xayriddin Sultonning “Saodat sohili” qissasi Bobur hayotining so‘ngi kunlarini aks ettiradi. Asarda voqealar rivojidan ko‘ra Boburning ruhiy olami, ichki kechinmalarini yoritib berish muhim o‘rin egallagan. Ushbu tarixiy qissa qahramoni Xofiz Ko‘ykiy ismli olim Toshkentdan Hindistonga – Bobur mirzoning xuzuriga boradi. Asarda Hofiz Ko’ykiy Boburning eng yaqin kishisi, maslahatdoshi, hatto, ustozi darajasidagi shaxs sifatida tasvirlanadi. Bunga kitobxon ishonadi. Vaholanki, Hofiz Ko’ykiy Boburning shohlik davrida Hindistonga bir martagina borgan, xolos. Asarda Bobur xarakterining turli qirralarini ochish, Hofiz Ko’ykiy shaxsiyatini, olim va odam sifatidagi benazir xususiyatlarini yoritish maqsadida yozuvchi badiiy to’qimadan ancha keng foydalanadi. Yozuvchi Boburshohning Xofiz Ko‘ykiy bilan bo‘lgan suhbatlarni juda ta’sirchan tarzda ifoda etadi:
Bobur go‘yo suhbatdoshini unutgandek parishon o‘ltirar edi.
-Ming taasufki, dard bor, darmon yo‘q. – U og‘ir tin oldi. – saltanat shunday bir tilsim ekanki, mavlono uni qo‘lda tutmoq uchun avvalo qo‘lidagi inon-ixtiyoridan xalos bo‘lmog‘I kerak ekan…
Hofiz Ko‘ykiy nima deyarini bilmay qoldi.
-Meni “Sohibqiron”, “Yetti iqlimning shamsi anvori”, “Shahanshohi olam”, deb ko‘klarga ko‘taradilar, - deya hasratli tovush bilan so‘zlardi Bobur. – Lekin biror kimsa bilmaydiki, men ham asli shu yog‘och taxtga qaramman, manashu yaltiroq tojga qulman…. Illo, har bir banda faqat ollohgagina qul emas.
Olim birdan qizarindi. Axir, u hamBoburni necha daf’a takror va takror shu so‘zlr bilan madh etmaganmidi? Chindanda, mushkul muammo bu: axir hukmdor insonni “birodar” yoxud “og‘a”, yoxud “ini” deb atab bo‘lmasa!..16 Bu parchada Boburning dard-hasrati har bir so‘z orqali o‘quvchiga singadi , shubhasiz. Yozuvchi bu orqali Boburni shoh, shoir, siyosatchi bo‘lsada barcha kabi oddiy inson, sog‘inch, ayriliq, mehr tuyg‘ulari unga ham begona emas degan ma’no beradi. Qissada Boburning Vatanda ayriliqda qanchalik iztirob chekayotganligi hasrati g‘oyat nozik qirralari bilan aks etadi. Toshkanddin olampanoh, siz zoti shariflarini ziyorat etmoq orzusida kelibdir? “Toshkanddin?..”
Endi faqat tushlarida ko‘radigan, olislarda armon bo‘lib qolgan yurtidan Boburni ko‘pdan buyon biror kimsa yoqlab kelmagan edi. Ko‘ngli allanechuk to‘lib: Ayting kirsin dedi.17 Bobur qanchalik buyuk hukmdor va benazir shoir bo‘lmasin uni sog‘inch vatandan ayriliq hissi tark etmaydi. Tushlarida ham faqat yurtini ko‘radi.munajjimlar bu tushlarni turlicha ta’bir qilishadi. Lekin so‘ngi va chin tabirni Hofiz Ko‘ykiy nutqida namoyon bo‘ladi. Saodat sohili! – Bobur yoniq bir xo‘rsinish bilan xitob qidi. – Qayda u? Qay baxtiyor kimsa unga yetibdur? Xofiz Ko‘ykiy xanuz some bo‘lib o‘tirarkan, lablari beixtiyor shivirladi: Darhaqiqat qayda u? Bu rubi maskunda saodat istagan banda har vaqt uning chin diydoriga yetishurmikan? Dunyoni zir titratgan jahongirki unga yetmagan bo‘lsa… Ko‘p allomalardan, ulamoi kiromlardan so‘roqladim Qayda u? Ko‘ngil tingudek bir javob topolmadim- deya davom etdi Bobur. Goh aytdilarki, u chog‘ir dengizining qirg‘og‘ida, goh dedilarki ma’rifat daryosi kanorasida… Goh esa uqtirdilarki,savob ummonining sarhadlarida… Xofiz Ko‘ykiy dilidagi gap tiliga qay yo‘sinda qalqib chiqqanini bilmay qoldi:
Saodat sohili – vatanda, olampanoh…18Yozuvchi qissaning bir necha sahifalarida qahramonning tushkun holatini tasvirlaydi. Bu lavhalar bizga buyuk olim va hukmdor siymosini tasavvur qilish imkonini beradi.Hayotning ming bir zarbalarini ko‘targan, tiriklikning turfa shevalariga duch kelgan, chuqur iztiroblar girdobiga tushgan inson obrazini chizadi:
“Bog‘ etagida, azim shamshod va dafna daraxtlari orasida qad ko‘targan muazzam toqi ravoqda Bobur yolg‘iz o‘ltirar edi. Umrining so‘nggi yillarida u saroydagi xushchaqchaq suron bilan to‘la bazm-u tomoshalardan sovigan, jon oluvchi hind raqqosalarining sitamkor ishvalari ham, bulbuligo‘yo shoirlarning shon-shuhrat ko‘yida o‘rtanib aytuvchi dilrabo baytlari ham endi ko‘ngilga zavq bag‘ishlamas edi. U ko‘p vaqtini ko‘zdan yiroq, xilvat shu toqi ravoqda tanho o‘tkazar, ahyon-ahyon, xushi kelgan chog‘lardagina Yusufiyni chaqirib, chog‘ir buyurar edi. Bunday paytlarda Bog‘i Nurafshonga teran sukunat cho‘kar, olampanohning dardmand, miskin kayfiyatini sezgan saroy ahli, mulozimlari un chiqarmaslikka tirishar edilar”19. Bu — Boburning tushkun va mahzun, fojeali holatini kitobxon ongiga yetkazib bera oladigan, qalbida Bobur shaxsiga nisbatan xayrixohlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan ajib lavhalardir. Bobur qissada tasvirlangan voqea-hodisalar izdihomida fan va madaniyat namoyandalarining taqdiri to‘g‘risida ham muttasil qayg‘uradi. Yozuvchi bu holatni Boburning Hofiz Ko‘ykiyga ko‘rsatgan marhamatlari misolida yoritishga erishgan:
“Olampanoh... — Hofiz Ko‘ykiy shohga qimtinibgina murojaat qiladi. — Mening qutlug‘ huzuringizga kelmoqdin maqsadim, avvalo, siz zoti shariflarni ziyorat etmoq bo‘lsa, so‘ng shuhrati yetti iqlimga mashhur allomalaringiz bilan tanishmoqdur. Kutubxonangizdagi noyob durdonalardan baxramand bo‘lmoqlik umidi hamdir”. Hofiz Ko‘ykiy bilan bo‘lgan suhbatlar asarning boshidan oxirigacha davom etadi. Bunda Boburning shoh sifatidagi qiyofasi kitobxonga yanada yorqin namoyon bo‘ladi.
Bobur o‘quvchi ko‘zi o‘ngida hukmdordan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘layotgan voqealar girdobida iztirob chekayotgan oddiy bandai mo‘min sifatida namoyon bo‘ladi:
“Hofiz Ko‘ykiy qarshisida ko‘ngil yorib istig‘for keltirayotgan muztarib bu kimsaga ich-ichida ollohdan shafqat va muruvvat tilar edi. — Angladimki, bu o‘lkada alarning yolg‘iz jismlarini bo‘ysundira olur ekanman, ruhlarini itoat ettirmakka hargiz qudratim yetmas ekan... Va yana angladimki, alar o‘z yurtlaridan tiriklayin judo bo‘lmoqdin ko‘ra o‘limni afzal ko‘rdilar. Men esa, ne yuz qarolig‘kim, o‘zga yurtni o‘z yurtimdan afzal bildim...”. Qissada Bobur betimsol shaxs sifatida dunyoqarashi shakllangan inson sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyat yurgizadi. U ma’rifatparvar hukmdor sifatida hayotini butunlay hokimiyat va fan xizmatiga bag’ishlagan buyuk shaxs timsolini o’zida mujassam etadi:
“Bobur ilk uchrashuvdayoq musofir alloma siymosida ota yurtidan duoi salom keltirgan mehmonni emas, balki ulkan tafakkur sohibini ko‘rdi, ahli donish bilan suhbatni har qanday vaqtichog‘likdan afzal bilgani sababli, uni har oqshom huzuriga chorlab, do‘stona izzat-ikrom va lutf-karamlar ko‘rsata boshladi. Hofiz Ko‘ykiy suhbat asnosi buyuk hukumdor qarshisida o‘tirganini deyarli unutib qo‘yardi: Bobur Mirzoning teran salohiyati, favqulodda teran hofizasi, fikridagi mantiq qudrati unga umrini yolriz ilmu fanga baxsh etgan, mubohasada benazir nuroniy allomani eslatar edi”.


Download 314,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish