Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi



Download 74,67 Kb.
bet1/4
Sana18.11.2019
Hajmi74,67 Kb.
#26347
  1   2   3   4
Bog'liq
Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi

Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak?

Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.

Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.

Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oddiy fazilati.

Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf bo‘lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko‘ksini g‘urur bilan to‘ldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qo‘yishga harakat qilganlar.

Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: “Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam ushbu basdir.”

Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi.

Tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko‘p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma’lum bir avloddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sanab ko‘rsatuvchi hujjatlarga asoslangan bo‘lib, bunda bolalarga ajdodlarining kimligi shajaranomalar orqali eslatib boriladi.

Islomda har bir musulmon o‘zining yetti pushtini bilishi kerakligi ta’kidlanadi. Shajara tuzish ishini qayta davom ettirayotgan allomalardan biri faylasuf olim Omonulla Fayzullayev deyish mumkin. Tarixiy hujjatlarga asoslanib u kishi Shayx Zayniddin bobo Toshkandiy Ibn Shayx Shaxobiddin Abu Umar Suhravardiy shajarasini tuzdi.Omonulla Fayzullayev Shayx Zayniddin boboning 45-avlodi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Demak, Prezidentimizning so‘zlari bilan aytganda “Komil inson deganda biz,avvalo,ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.

Hozirgi davr mustaqil davlatlar jahon hamjamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi moddiy omillar bilan birga ma’naviy omillarning roli ortib borayotganligi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tezlashuvi bilan xarakterlanadi.

Vatanparvarlik fuqarolarning Vatan oldidagi burchlarini anglashning tabiiy holati. Millatchilik–voqelikning me’yor doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan, alohida g‘ayritabiiy holati, o‘z

millatiga oid qadriyatlarga notanqidiy, nomunosib munosabatdir, boshqa millat qadiryatlarini inkor etishdir.

Shunday qilib, xalqimizning tub manfaatlariga, milliy g‘oyaning hayotiy kuchga aylanishi uchun kurash ayni vatanparvarlik namunasidir, chunki vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan hech qachon milliy g‘oya bo‘la olmaydi, u Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbayiga aylanadi.

Insonparvarlikni odatda, insoniylik bilan tenglashtiradilar. Bu yetarli emas. Insonparvarlik fuqarolarning tub manfaatlari bilan bo‘g‘liq. U insonning qadr-qimmati, odobi, axloqi, bilimi, kasbi-kori, jamiyatdagi o‘rni demakdir. Insoniylik va vatanparvarlik tushunchalari bir-birini to‘ldiradi.

Shunday qilib,kishilar ma’naviyati takomilida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularining rivojlanishi mustaqil O‘zbekiston kelajagining muhim kafolati bo‘lib qolishi muqarrar.Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya koʻrgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan oʻlchangan. Islom dini taʼlimotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil inson boʻlish uchun koʻpgina xususiyatlarni egallash lozimligi oʻz aksini topganini koʻrishimiz mumkin.

***

Avloniyning fikricha, odam tugʻilishidan yomon xulq bilan tugʻilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo boʻladi va shakllanib boradi. Insondagi qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib, yomon xulqlardan saqlansa, goʻzal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va eʼtiboriga sazavor boʻladi. Aksincha boʻlsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir odam boʻlib yetishadi.



* * *

Abu Nasr Forobiy deydiki, inson kamolotga yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada boʻlish, ularning koʻmagi yoki munosabatlariga muhtoj boʻladi. Bunga taʼlim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali ham erishish mumkin. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi. Natijada inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini toʻgʻri bilib oladi, hayotda toʻgʻri yoʻl tutadi, boshqalar bilan yaxshi munosabatda boʻladi. Komil insonni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yoʻnalishi ekanligiga urgʻu beradi.

* * *

Abu Rayhon Beruniy komillikning asosini ilmli boʻlishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urgʻu beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, toʻgʻrilik, odillik, tadbirkorlik, oʻzini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli boʻlish komil inson qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan eng asosiy sifatlardir.



* * *

Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning bosh mezoni sifatida bilimli boʻlishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli boʻlishi esa uning yanada yuksalishini taʼminlaydi, deya baholab, adolat ruhiy xotirjamlikning muhim koʻrsatkichi ekanligini uqtiradi. Bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirish, uni chin inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

* * *

Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy oʻrinni egallaydi va oʻz orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sogʻlom, jismonan baquvvat, mard va jasur boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.



Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini uqtiradi.

* * *


Yusuf Xos Hojib har bir kishi jamiyatda munosib boʻlib kamol topmogʻi kerak, degan qarashni ilgari suradi. Buning uchun u tugʻilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmogʻi lozim. Oilada qobil qizni tarbiyalash haqida fikr

yuritar ekan, eng avvalo onalarning maʼrifatli boʻlishlari muhimligini taʼkidlaydi. Farzand tarbiyasi qancha erta boshlansa, shundagina ularning nooʻrin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi.

* * *

Husain Voiz Koshifiyning uqtirishicha, insonni taʼlim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash, aqliy qobiliyatini oʻstirish mumkin. U oʻzining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini oʻstirish masalasiga alohida eʼtibor beradi. Ota-onalar, muallimlardan bu masalaga jiddiy yondashishlarini talab etadi. Bunda oilaviy hamda tashqi muhit muhim oʻrin tutadi. Bolaning toʻgʻri soʻzli, vaʼdaga vafodor, yaxshi xulqli boʻlib tarbiyalanishida ichki va tashqi muhitning ahamiyati katta.



* * *

Saʼdiy Sheroziy fikricha, oila, ota-ona bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilaning tayanchi otadir. U masʼuliyatli tarbiyachidir. Oʻz bolalarini tarbiyalashi, oʻqitishi, hunarga oʻrgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Bola qobiliyatli va kamqobiliyatli boʻlishi mumkin. Qobiliyat oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya boʻlmasa, boladagi qobiliyat soʻnadi. Mutafakkir tarbiyani uchta asosiy turga: aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga boʻladi. Adib bola tarbiyasida ota-onaga, yaʼni oilaviy tarbiyaga katta eʼtibor beradi.

* * *

Komil Xorazmiy esa ilm-hunar, ilm-maʼrifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy-maʼnaviy hayotning rivoji uchun xizmat qilishini taʼkidlaydi. U insondagi kamtarlikni eskirmaydigan, eng goʻzal insoniy fazilat deb biladi. Bu fazilatlarga ega boʻlganlar obroʻ-eʼtiborli, komil insonlardir. Chunki kamtarlik insonni turli noxushlik va xijolatdan saqlaydi hamda obroʻsini oshiradi.



* * *

Shoir, tarixshunos, tarjimon va xattot Shermuhammad Munis Xorazmiy tilga koʻp erk bermaslikni maslahat beradi. Uning taʼkidlashicha, ortiqcha soʻzamollik kishi boshiga qattiq tosh boʻlib tegishi mumkin. Shoir oʻz asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli boʻlishga, jaholatdan yiroq turishga daʼvat etadi. Uning fikricha, adolat sharaf koʻrki, osoyishtalik, xushnudlikdir. U yoshlarni kattalar bilan muloqotda kamtarlikka, ularni hurmat qilib eʼzozlashga chorlaydi.

* * *

Mohlaroyim (Nodira)ning inson va tabiatga nisbatan qarashlarida faqat shaxsiy tuygʻu emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy anʼanalarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. U tarbiyani insonparvarlik gʻoyalari – adolat, insof, xalq manfaati bilan bogʻlaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chogʻida yaxshilik bunyod etgan boʻlsa, oʻzining bu ezgu ishlari bilan oʻzidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi.



* * *

Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy anʼanalarimizdan mehmondoʻstlikni goʻzal fazilat deb hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodida oʻz ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga daʼvat etdi. Insonga doʻst va dushmanni ajratib olish, hayotda oʻz oʻrnini topib olishda gʻoyat muhimligini aytadi. Uning fikricha, toʻgʻrisoʻz kishilar hayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. U ilmlarni mukammal egallash va til bilish, goʻzal xislatlarni oʻzlashtirish insonni kamolotga eltuvchi yoʻl deb biladi.

* * *

Berdimurod Berdaq ijodini kuzatar ekansiz, shoir insonning shaxsiy baxtini xalq baxti bilan bogʻliq deb bilishini anglaysiz. Berdaqning fikricha, inson oliy axloqiy sifatlarga, chunonchi, begʻarazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlarga ega boʻlishi lozim. U yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning oʻrni katta ekanligini taʼkidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulq-atvorli qilib tarbiyalash lozim. Ayniqsa, dars beruvchi muallim oʻz xushmuomalaligi, pok qalbliligi, haqgoʻyligi, oʻz fanini puxta bilishi bilan bolalarga oʻrnak boʻlishi kerak. U inson tugʻilgan kunidanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota-onadir, deb biladi.



* * *

Mirzo Ulugʻbek Mar

kaziy Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ siymolardan biri. U avvalo yosh avlodning aqliy va maʼrifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga daʼvat etadi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topishini taʼminlashiga ishonadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin egallaydi. Oilada ota-ona ayniqsa, oʻqimishli ota-ona oʻz farzandlarining haqiqiy inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor berishi lozim.

Sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga boʻlgan qarashlar

Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi.
Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomoni­dan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda.

Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi ke­rak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Ma­salan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir.

“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.

Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir.

Istiqlol yillarida madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlarga nisbatan munosabatning bu qadar ijobiy tarzda oʻzgarishini muayyan sabablari, oʻziga xos zaruriy jihatlari bor. Chunki, dunyodagi dinlardan birortasi ham xalqlar va millatlarni, odamlarni yomon yoʻlga boshlamaydi, urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh

boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Tugʻilganda qulogʻimizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh oʻqitiladi, dunyodan koʻz yumganimizda janoza oʻqitiladi. Hatto dindan chuqur xabardor boʻlmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuygʻusiz yashay olmaydi”.1

Tasavvuf ilmining yetuk namoyondalaridan Bahouddin Naqshband shunday degan edi: “Inson barkamol boʻlishi uchun, avvalo, imoni va e’tiqodi mustahkam boʻlishi kerak”.2

Darhaqiqat, diniy va dunyoviy ilmlarni oʻrganib, unga xolis amal qilib, tengdoshlariga, yor-u doʻstlariga, insonlarga ibrat boʻla olgan kishigina komil inson maqomiga erishishi mumkin. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sogʻlom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi.

Alloma bobolarimiz qayd etganlaridek, “Inson oʻzini hirs, ta’ma, nafs, gʻaflat, nodonlik yovuzlik kabi illatlardan poklamasa, u hech qachon komil inson boʻla olmaydi”.3

Ulugʻ mutafakkir Nosir Xisrav: “inson asliy-ilohiy jihat borligʻi va u oʻz haqiqatini bilib olishga qodir. Buning uchun inson hayotini behuda oʻtmasligi, asliga yetish uchun sa’yi-harakat qilishi, ilm egallashi va moddiy ehtiyoj girdobiga tushmasligi kerak”4 degan edi.

Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”:

“Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻridirlar. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Termiziyniki.

“Ilm” soʻzi lugʻatda bir narsani voqe’likdagidek idrok etishni bildiradi. Shar’iy istilohda esa ma’naviy ishlarda narsalarni teskarisi yoʻq darajada aniq bilish sifatiga “Ilm” deyiladi.

Islom dinichalik ilmni ulugʻlagan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz (majburiy) qilish ham faqat Islomda bor, holos.1

Ilmni va olimlarni Alloh taolo Qur’oni karimda madh etib, Mujodala surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarini, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga koʻtarur” (11-oyat). Ushbu oyati karimada bandalarning oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qoʻyilmoqda. Inson zotining Alloh taolo huzurida darajasi koʻtarilishi omili sifatida oldin iymon, keyin ilm zikr qilinmoqda. Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon boʻladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim boʻlganidek, insonning darajasi koʻtarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak.2

Haqiqiy solih kishi boʻlish uchun avvolo shirinsoʻz boʻlish lozim. Alloh taolo bunday xitob qiladi: “…odamlarga shirinsoʻz boʻling…” (Baqara, 83) va “Bandalarimga ayting (shirk

ahliga) goʻzal (soʻzlardan) soʻzlasinlar…” (Isro, 53), yana “Siz (yomonlikni) goʻzalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qaynoq (qalin) doʻstdek boʻlib qolur” (Fussilat, 34). Bu borada bizga Rasulullohning (s.a.v) quyidagi hadislari kifoya qiladi: “Albatta, jannatda ichidan tashqarisi, tashqarisidan ichkarisi koʻrinib turadigan koʻshklar bor”. Sahobalar: “Ular kim uchun?” deb soʻrashdi. Rasululloh (s.a.v): “Ochlarni taomlantirgan, soʻzini shirin qilgan va odamlar uxlab yotganida namoz oʻqigan kishi uchun”, dedilar. (Taboroniy va Hokim rivoyati).1 Ana shunday fazilatlardan rang olgan kishi ma’naviy barkamollik pillapoyalarini bosib, ma’naviyat qoʻrgʻoniga yetib boradi. Ma’naviyat qoʻrgʻonida ilm va amal ila “Komil inson” maqomiga erishadi.

Sharq falsafasi va islom ta’limotida rahm-shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulugʻlanib, madh etilib kelingan. Odamiylik—bu kishining boshqa odamlarga, urugʻ-aymogʻiga mehr-shafqat koʻrsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida boʻlishini taqozo etadigan fazilatdir.

Alisher Navoiy odamiylikning asl maqsadini shunday ta’riflaydi: -

Odami ersang demagil odami,

Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami.

Kimki xalqqa qanday muomalada boʻlsa xalq ham unga shunday muomalada boʻladi, “sen xalqqa qancha aralashsang xalq ham senga shuncha yondashadi”, degan naqllar bejiz tugʻilmagan.

“Ey aziz,— deydi Muhammad Jabalrudiy, — xalqingga doimo yaxshilik qil, qilgan yaxshiliging ulardan senga qaytadi. Hech kimsaga qasddan yomonlik qilma, kimki yomonlik qilsa qilgan yomonligi, shubhasiz, oʻziga qaytadi”.2

Barhurdar ibn Mahmud aytganidek, arjumandlik bayrogʻini koʻtaruvchilar va sarbalandlik nogʻorasini chaluvchilar qanday kishilarki, ular xalqning tinchligini va osoyishtaligini oʻylaydilar va kecha-kunduz shu haqda fikr qiladilar, barcha kishilarni oʻz aka-ukalaridek koʻradilar, birovning lil shishasini gʻazab toshi bilan sindirmaydilar, adovat va jafo tikanini bechoralik sahrosida yurgan yalanoyoqlar oyogʻi ostiga tashlamaydilar.3

Xalq bilan hamnafas, hamdard boʻlish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan qorongʻi kunlarda ham sadoqatli boʻlib, astoydil xizmat qilish moʻmin-musulmon farzandi uchun eng katta baxt hisoblanib, kelgan. “Yaxshi hayot va uzoq yashah uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va qoʻriqlovchi yoʻq”4 deydi, Barxurdor ibn Mahmud.

Yozuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik oʻz asarlarida xalqning mehnati, hayoti, orzu-umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini boyitish, ma’naviy barkamolligi, dunyoqarashini shakllantirishga koʻmaklashishdan iborat, deb bilmogʻimiz lozim.

Olimlarimiz uchun xalqparvarlik xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan narsalarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslab berish, kishilarning ongi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish demakdir.

Davlat arboblari uchun xalqparvarlik-bu eng avvalo har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning ehtiyojini qondirish, barcha ijtimoiy kafolatlarini ado etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, osoyishtalik, milliy totuvlikni ta’minlash demakdir.

“Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib oʻz istiqbolini tasavvur eta olmaydi”.1

Jamiyatda yaxshi axloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga koʻtarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan moʻtabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar.


Download 74,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish