13-modda. Konspiratsiya prinsipi
Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, ya’ni o‘z faoliyatining, tezkor-xizmat axborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi.
14-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalanish
Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatida fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar, shuningdek axborot tizimlaridan foydalanadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu xizmatning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish, kriptografiya vositalaridan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |