Kolorimetrik tadqiqotlar



Download 210,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2022
Hajmi210,61 Kb.
#830548
Bog'liq
5 maruza



5-MA’RUZA 
KOLORIMETRIK TADQIQOTLAR 
Reja:
1.Kuzatish usullari.
2.Fotoelektrik usul.
3.Moyli urug’lar lipidlari analizida kolorimetriyani qo’llash. 
4.Paxta moyi tarkibidagi birikkan va erkin gossipol, vitamin A va boshqalarni 
aniqlash. 
Tayanch so’z va iboralar 
Kolorimetriya kolorimetrik reaksiya, kolorimetriyaning vizual usullari, 
tritmalar konsentratsiyasi,kolorimetrlar ichida o’lchash, fotoelektrik kolorimetrlar. 
Kolorimetriya kolorimetrik reaksiya mahsulotini yorug’lik nurini ko’rinuvchi 
spektrlarini yutishi orqali o’lchashga asoslangan. 
Kolorimetrik reaksiya esa, bu reakstiya natijasida rangsiz mahsulotning rang 
xosil qilishidir. Bu usulga yana yorug’lik filtrlari yordamida, yorug’lik spektrlarini 
ayrim qismlarini ajratib, har qanday rangli moddalarning yorug’likni yutish 
qobiliyatini aniqlovchi uskunalarni qo’llash ham kiritilgan. Keyingi yillarda bir 
qator 
maxsus 
filtrlar, 
xususan, 
ulrabinafSha 
va 
infraqizil 
spektrlar 
uchuninterferension filtrli sodda fotometrlar ishlab chiqilgan. Ular fotometrlar yoki 
absorbiometrlar deyiladi. Yorug’lik oqimini o’lchash usuliga ko’ra vuzual va 
fotoelektrik 
turlari 
mavjud. 
Kolorimetriyaning 
maqsadi 
eritmalarning 
konsentratsiyasini aniqlash va ayrim hollarda ko’pkomponentli sistemalarni taxlil 
qilishdir. Lekin, bu usulning qo’llanish chegarasi spektroskopiyaga nisbatan ancha 
chegaralangan.
Kolorimetriyaning vizual usullari standart eritmalar va taxlil qilinayotgan 
moddalarning ranglarini solishtirishga asoslangan. Bulardan eng soddasi standart 
Shkala usuli bo’lib, Shkalalar ma’lum konsentratstiyali eritmalardan hosil qilingan. 
Taxlil qilinayotgan moda rangi qaysi Shkala rangiga mos kelsa, uning 
konsentratsiyasi modda konsentratsiyasi, deb qabul qilinadi. Bunda juda to’q rangda 
bo’lmagan eritmalar, bir xil probirkalarda va bir xil yoritish Sharoitida solishtiriladi.
Eritmalar konsentratsiyasini aniqlashning mukammalroq usuli konstentrastion 
kolorimentrlarni qo’llashdir. Bu usulning mohiyati Shundaki, rangli eritmalarning 
yorug’likni yutish qobiliyatini ular yutish qalinligini o’zgartirish yo’li bilan 
tenglashtirishdan iborat. 
Yutilish qonuniga amal qilgan holda, standart eritmaning konstentrastiyasini 
bilgan holda (Sst) eritmalar qatlami qalinligini o’lchab, taxlil qilinayotgan eritma 
konsentratsiyasi (S
x
) quyidagi formula asosida hisoblanadi:


dx
d
Сст
С
ст
х


Bunda, d
st 
va d
x
– standart va taxlil qilinayotgan eritmalar qatlamining qalinligi. 
Kolorimetrlar ichida o’lchash uchun qulayi har xil filtrlar to’plami bo’lgan 
kolorimetrlardir.
Masalan, kolorimetr KOL-1M, fotometrlar FM-56, FM-57, FM-58. 
Bularda standart va taxlil qilinayotgan modda orqali o’tayotgan yorug’lik 
oqimlari, o’lchash diafragmalari yordamida, tenglashtiriladi. Diafragmalar 
Shkalalarida optik zichlik va o’tkazuvchanlik birliklari keltirilgan. Okulyar ikkala 
qismining bir xil yoritilish Sharti bajarilgan holda quyidagicha nisbat o’rinli bo’ladi:
ст
х
х
D
D
Сст
С

Bunda, D
x
– taxlil qilinayotgan eritmaning optik zichligi.
D
sm
vaS
sm
– standarteritmaningoptikzichligivakonsentratsiyasi. 
Vizual kolorimetrning ishlash prinstipi qisqacha Shundan iborat: yorug’lik nuri 
ikki oqim qilib, taxlil qilinayotgan modda va standart eritmali ikki stakan orqali 
o’tkaziladi. Ikkita ko’rish yuzasida o’ngida chap stakan, chapida o’ng stakan rangi 
kuzatiladi. Maxsus moslama yordamida ranglar tenglashtiriladi. Stakanlardagi 
suyuqlik qatlami qalinligi 5mm dan 30mm gacha bo’lishi mumkin. 
Fotoelektrik kolorimetrlarda yorug’lik oqimi fotoelementlar yordamida 
aniqlanadi va o’lchanadi. Ko’proq ular differensial sxemada ishlatiladi. Eng keng 
tarqalgan fotokolorimetrlar FEK-M, FEK-N-54, FEK-56. 
Fotoelektrokolorimetrning ishlash prinsipidagi asosiy farq Shundaki, ikkita 
oqimga yo’naltirilgan yorug’lik nuri fotoelementga yo’naltirilib, ular differenstial 
sxema bo’yicha yoqilgan va oqimlar tengligida o’lchovchi uskuna nolni ko’rsatadi. 
Taxlil qilingan modda ikkinchi oqim yo’nalishiga qo’yilib, yorug’lik yutilishi 
hisobiga nol xolat buziladi va u yana diafragmani o’zgartirish yo’li bilan 
tenglashtiriladi. Diagfragmaning o’zgarishi optik zichlik (D)ning o’zgarishiga 
moslashtirilgan. 
Lipidlar tadqiqotida kolorimetriya erkin va bog’langan gossipolni aniqlashda, 
moylar tarkibidagi fosfatitllarni, antioksidlovchi moddalarni aniqlashda, margarin 
tarkibidagi vitamin A ni, gidrogenizastiya qilingan yog’da nikel miqdorini aniqlash 
kabi taxlil jarayonlarida qo’llaniladi.
Takrorlash uchun savollar: 
1.Kolorimetriya taxlili nimaga asoslangan va maqsadi? 
2.Kolorimetriyaning vizual usullari asoslari 
3.Kolorimetriyaning konsentratsion usuli asoslari 
4.Diafragmali kolorimetrlarda optik zichlik va o’tkazuvchanlik bog’liqligi 
5.Fotoelektrik kolorimetriya ishlash prinsipi 



Download 210,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish