83
konvensiyani jahonning 188 mamlakati tomonidan imzolangan va ijro uchun qabul qilingan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi ham 1995-yil 25-noyabrda mazkur Konvensiyani
imzolagan bo‘lib, mamlakatimiz Parlamentining 1997-yil 29-apreldagi ratifikatsiya aktiga
ko‘ra, davlatimiz hududida kuchga kirgan.
MISHYAK, SURMA, VISMUT
Davriy jadvalda fosforning shundoqqina tagidagi katakchada 33-raqamli element –
mishyak joylashgan. Mishyak garchi u yoki bu shaklda qadimdan insoniyatga ma’lum bo‘lsa-
da, lekin alohida kimyoviy element sifatida 1733-yildagina tan olingan.
Uning nomi
oltingugurt va mishyak birikishidan hosil bo‘ladigan va sariq tusda jilvalanadigan mineral
toshning yunoncha nomidan kelib chiqqan. Mishyak ham keng tarqalgan kimyoviy elementlar
sirasiga kiradi. Ushbu element metallurglar uchun eng boshog‘riq elementlardan biridir.
Chunki u deyarli hamma metallar tarkibida oz miqdordagi aralashma holida doimo mavjud
bo‘ladi va mishyakni metall tarkibidan chiqarib tashlash metallurgiyadagi asosiy
muammolardan biri hisoblanadi.
Odatda «mishyak» so‘zi tilga olinganda, ko‘pchilikda bir vaqtning o‘zida «zahar» so‘zi
ham darhol xayolga keladi. Ayniqsa detektiv hikoyalar yozuvchilari mishyak bilan zaharlash
sahnalarini tasvirlashni juda xush ko‘rishadi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, real hayotda ham
va ko‘pincha detektiv hikoyalarda ham odamlarni zaharlash uchun ishlatilgan mishyak aslida
mishyakning o‘zginasi emas. Chunki, mishyak alohida element holida unchalik ham zaharli
modda hisoblanmaydi. Detektiv asarlar mualliflari nazarda tutadigan zaharli mishyak esa bu
aslida ikki atom mishyakning uch atom kislorod bilan birikishidan hosil bo‘luvchi
mishyak
angidrid
idir.
Uning formulasi As
2
O
3
bo‘lib, tashqi ko‘rinishi kristall oq modda bo‘ladi. Uni
kimyo adabiyotlarida shuningdek
arsenit angidrid
nomi bilan ham uchratish mumkin. O‘zbek
tilida
margimush
deb ataladigan zahar modda ham aynan shu birikma bo‘ladi. Bu o‘ta kuchli
zaharlardan biri bo‘lib, odam uchun atiga 0.15 gramm doza o‘limga olib keladi.
Margimushni juda oz-oz dozalarda asta-sekinlik bilan iste’mol qilib borilsa, odam
organizmi unga nisbatan ko‘nikish hosil qiladi va
uzoq vaqt chiniqishdan keyin,
margimushning o‘lim dozasi ham ta’sir qilmas darajada chiniqib oladi. Biroq, odam tanasi
zaharlar ichida faqat margimushga nisbatangina shunday chidamlilik hosil qila oladi xolos. Bu
«fokus» boshqa zaharlar bilan o‘tmaydi va boshqa zaharlarga ham shunday ko‘nikma hosil
qilmoqchi bo‘lgan odam, shunchaki zaharlanib o‘ladi. Aytishlaricha, qadimgi Pont davlati
podsholarida biri Mitridat o‘zini zaharlab qo‘yishlaridan ehtiyot
himoya chorasi sifatida,
avvaliga margimushga nisbatan shunday chiniqish hosil qilib, keyin boshqa zaharlarga ham
tanasini o‘rgatmoqchi bo‘lgan va oqibatda o‘zini-o‘zi halok qilgan ekan. Lekin siz hech qachon
84
margimushni o‘zi bilan ham o‘z ustingizda tajriba o‘tkaza ko‘rmang!!! Bu yaxshilikka olib
bormaydi!!!
Jinoyat-qidiruv ishlarida mutaxassislar ko‘pincha murdaning zaharlab o‘ldirilgan
bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni tekshirib chiqishlariga to‘g‘ri keladi.
Agar odam
margimush bilan zaharlanish oqibatida vafot etgan deb taxmin qilinsa, unda tana a’zolari
to‘qimasidan biridan kichik namuna olinadi va unga metall va kislota aralashmasidan iborat
reagent bilan ishlov beriladi. Kislota va metall o‘zaro reaksiyaga kirishib, vodorod gazi ajratib
chiqaradi. Agar namunada margimush qoldiqlari mavjud bo‘lsa, undagi mishyak va ajralib
chiqayotgan vodorod o‘zaro ta’sirlasha boshlaydi va natijada yana bir kuchli zaharli gaz –
arsin
(AsH
3
) hosil bo‘ladi. Keyin arsin gazini avvaldan maxsus qizdirib tayyorlab qo‘yilgan trubka
orqali o‘tkaziladi. Trubkadagi issiqlik ta’sirida arsin mishyak va vodorodga parchalandi.
Trubkaning nisbatan sovuq qismiga kelib tushgach esa, mishyak sovib, kulrang dog‘-qurum
tarzida o‘tirib qoladi, vodorod esa chiqarib tashlanadi. Agar shunday dog‘ paydo bo‘lsa, demak
mishyak bilan, aniqrog‘i, margimush bilan zaharlanganlik to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
Zaharlanish holatlarini bu tarzda taftish qilish amaliyotini jinoyat-qidiruv sohasida ishlovchi
kimyogar mutaxassislar «Marsh testi» deb atashadi. Usulni, uning kashfiyotchisi – ingliz
kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) sharafiga shunday nomlashgan. Marsh usuli uzoq yillar
mobaynida mutaxassislarga ko‘plab qotillik jinoyatlarini fosh qilish uchun beqiyos xizmat qilib
kelmoqda.
Margimushning suv molekula va boshqa ayrim elementlar atomlari bilan birikishidan
Do'stlaringiz bilan baham: