XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida asosiy vositalar hisobi va ulardan
foydalanish samaradorligining tahlili ko’rib chiqilib, Samarqand viloyati Payariq
tumani «Ziyaboy Otiqov» fermer xo’jaligida asosiy vositalar hisobini
takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi oshirish bo’yicha quyidagi
xulosa va takliflarni qildik
:
1. Payariq tuman fermer xo’jaliklari yer resurslarining hozirgi holatini
o’rganganimizda 2013 yilda jami 469 fermer xo’jaligi mavjud bo’lib, bu 2011
yilga nisbatan 34 taga kamdir. Bu Prezidentimizning 2012 yil oktyabrdagi
farmoniga muvofiq fermer xo’jaliklari yer maydonlarini maqbullashtirish
natijasida bo’lgan. Ularga jami 22430 gektar yer maydoni ajratilgan bo’lib, 2013
yilda o’rtacha bir fermer xo’jaligiga 47,8 gektar yer maydoni to’g’ri kelgan.
Shundan paxtachilik-g’allachilik yo’nalishida 209 ta, bu jami fermerlarning 44,6
foizi, sabzavotchilik-polizchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklar soni 9 ta, bu jami
fermer xo’jaliklarning 1,9 foizi, bog’dorchilik-uzumchilik yo’nalishidagi fermer
xo’jaliklar 169 ta, bu jami fermer xo’jaliklarning 36 foizi, chorvachilik
yo’nalishidagi fermer xo’jaliklar 61 ta, bu jami fermer xo’jaliklarning 13 foizi va
boshqa yo’nalishdagi fermer xo’jaliklar 21 ta, bu jami fermer xo’jaliklarning 4,5
foizini tashkil etadi. Tuman fermer xo’jaliklariga ajratilgan yer maydonining 85,4
foizi bevosita paxtachilik-g’allachilik yo’nalishidaga fermer xo’jaliklarida bo’lib,
bundan ko’rinib turibdiki tuman paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan
tumanlardan biridir.
Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligi bo’yicha yer-suv
resurslaridan foydalanish holati ham o’rganildi. “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligi
tumanning g’allachilik-paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklaridan biridir.
Fermer xo’jalik “Katta Cho’rosh” MMTP hududida joylashgan. “Ziyaboy Ortiqov”
fermer xo’jaligi tuman markazidan 15 km, viloyat markazidan 42 km uzoqlikda
joylashgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
70
Fermer xo’jaligi yer maydonining asosiy qismini 83 gektarini yoki 94,3
foizni haydaladigan ekin maydoni tashkil etadi. Xo’jalikning ekin maydoni 2013
yilda 2011 yilga nisbatan 16 gektarga ko’paygan. Bu ko’payish «Fermer
xo’jaliklarini optimallashtirish to’g’risida»gi 2012 yil oktyabrdagi farmoyishiga
asosan “Katta Cho’rosh” MMTP hududidagi fermer xo’jaliklari yer maydonlarini
qo’shilishi hisobiga bo’lgan. Fermer xo’jalik ekin maydonlarini sug’orish uchun
suvni asosan Bulung’ur arig’idan oladi.
2. Payariq tumani fermer xo’jaliklarida ekinlar yalpi hosili dinamikasini
o’rganimizda, 2013 yilda 2011 yilga nisbatan tuman fermer xo’jaliklarida qishloq
xo’jalik mahsulotlaridan g’alla (5956 tonna), sabzavot (27147 tonna), kartoshka
(14874 tonna), poliz (4535 tonna) yalpi hosili oshgan bo’lib, bu asosan ekin
maydonlarining kengayishi hisobiga bo’lgan.
Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligi
o’simlikchilik
mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Chorvachilik mahsulotlaridan faqat pilla
yetishtiradi. Keyingi yillarda xo’jalikda yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari
dinamakasini ko’rganimizda, 2013 yilda 2011 yilga nisbatan fermer xo’jalikda
paxta 148 s. yoki 18,9 foiz, g’alla 256 s. sentner yoki 18 foiz, pilla yetishtirish 24
kg yoki 27,3 foizga oshgan. Biroq fermer xo’jalikda yalpi hosilning ko’payishi
ekin maydonining 17 gektarga oshishi hisobiga bo’lgan. Bundan ko’rinib turibdiki,
tuman fermer xo’jaliklarida hosildorlikni oshirish chora-tadbirlarini ko’rish
maqsadga muvofiqdir.
3. Payariq tumani fermer xo’jaliklari 2013 yilda 11244,2 mln. so’mlik asosiy
fondlarga ega bo’lib, 2011 yilga nisbatan 1427,7 mln. so’mga yoki 14,5%ga
oshgan. Fermer xo’jaliklaridagi bu o’sishga mashina va uskunalardagi 41,8% yoki
1097,5 mln. so’m hamda transport vositalaridagi 43,1% yoki 393,9 mln. so’mlik
o’sish ta’sir etgan. Bundan ko’rinib turibdiki, tuman fermer xo’jaliklarida asosiy
fondlar qiymati yildan-yilga oshib bormoqda.
Demak, ushbu raqamlardan ham ko’rinib turibdiki, tuman fermer
xo’jaliklarida asosiy vositalar qiymati yildan-yilga oshib bormoqda.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
71
Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligida 2014 yil 1 yanvar
holatiga 98438 ming so’mlik asosiy vosita bo’lib, bu ko’rsatkich 2012 yil 1 yanvar
holatiga esa 68784 ming so’mni tashkil etgan. 2013 yil davomida asosiy vositalar
29654 ming so’mga ko’paygan. Bu ko’payish mashina va uskunalar qiymatining
9570 ming so’mga hamda transport vositalari qiymatining 29654 ming so’mga
oshishi hisobiga bo’lgan.
4. Payariq tumani «Ziyaboy Ortiqov» fermer xo’jaligida mavjud asosiy
vositalarning 2014 yil 1 yanvar holatiga ko’rib chiqqanimizda, fermer xo’jaligida
asosiy vositalar salmog’i yildan-yilga oshib borgan. 2014 yil 1-yanvar holatiga
asosiy vositalar tarkibida yuqori salmoqni transport vositalari (66810 ming so’m
yoki 67,9 foiz)ni tashkil etgan. Shuningdek, mashina va uskunalar 16,7 foiz (16420
ming so’m), bino 6,8 foiz (6728 ming so’m), mahsuldor hayvonlar 6,4 foiz (6300
ming so’m), mebel va ofis jihozlari 2,2 foiz (2180 ming so’m) salmoqqa ega
bo’lib, bu 2012 yil yanvar holatiga ko’ra 43,1 foizga oshgan.
5. Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining asosiy vositalar
bilan ta’minlanish darajasi dinamikasini tahlil qilganimizda, 2013 yilda asosiy
vositalarning o’rtacha yillik qiymati 2011 yilga nisbatan 29654 ming so’m yoki
43,1 foizga, yalpi mahsulot qiymati esa 9155,8 ming so’m yoki 13,4 foizga
oshgan. “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining asosiy vositalar bilan ta’minlanish
darajasining omilli tahlilidan shu narsa aniq bo’ldiki, fermer xo’jaligining asosiy
vositalari bilan ta’minlanish darajasining o’zgarishiga asosiy vositalar hajmining
o’zgarishi (+337 ming so’mga) ijobiy, yer maydoni hajmining o’zgarishi (-187,2
gektarga) salbiy ta’sir qilishi natijasida fermer xo’jaligining asosiy vositalar bilan
ta’minlanish darajasi 2013 yilda 2011 yilga nisbatan 15,5 foizga yoki 149,8 ming
so’mga oshgan.
6. Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligida asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining tahlilini «Zanjirli bog’lanish» usuli
yordamida fond qaytimining darajasi asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati
o’zgarishining salbiy ta’siri (-0,298 ming so’mga kamayishi), yalpi mahsulot
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
72
hajmining ijobiy ta’siri (+0,093 ming so’mga oshishi) ostida o’zgarib, natijada u
0,504 ming so’mga kamaygan.
Payariq
tuman
fermer
xo’jaliklarida
asosiy
vositalar
hisobini
takomillashtirish vaulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
−
fermer xo’jaligi uchun faqat xo’jalikga ish beradigan qisminigina olish
va bevosita ishlab chiqarishda ishtirok etadigan transport vositalarni ko’paytirish;
−
eskirgan asosiy vositalarni va ma’naviy talabga javob bermaydigan
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;
−
asosiy vositalarga amortizasiya hisoblashning mualliq shakllarini
belgilash;
−
avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va mexanizasiyalashni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |