V-BOB. FERMER XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHIDA HAYOT
FAOLIYATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha qo’yilgan asosiy maqsad - bu insonning
jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayot faoliyat xavfsizligi - bu har qanday
sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati, ya’ni mehnat
jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportdagi faoliyatini tashkil qiladi.
Fermer xo’jaliklarda hayot faoliyati xavfsizligi o’z tarkibiga inson
faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va
favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bo’limlarini qamrab oladi. Hayot faoliyati
xavfsizligi tamoyil va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, qurbonlar va ular
natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqyosda
qo’yadigan va hal qiladigan vositadir.
Hozirgi vaqtda inson tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatarlar
dunyosida ishlaydi. Inson hayoti va mehnati muhofazasi uni ishlab chiqarishdagi
ahvoli, u bilan bog’liq masalalarni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Qishloq
xo’jaligida
mehnat
muhofazasining
asosiy
vazifalaridan
biri
ishlovchilarning
mehnat
havfsizligini
ta’minlashdir.
Ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash
sharoitida
zamonaviy
texnika
va
texnologiyalarni,
mikrobiologik va kimyoviy moddalar yetkazib berishni, chorva mollarini katta
majmualarga va fermer xo’jaliklariga birlashtirishni, ish jarayonlarining
yiriklashuvini, dehqonchilikdagi ishlarni oilaviy pudrati asosida bajarishni, ayrim
mehnat turlarini hamda vositalarini o’zgartirib borishni o’z ichiga oladi.
Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda
ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri istisno
qilingan. Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat yetkazilishi bu fizikaviy va
kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.
Texnologik jarayonlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari texnologik
hujjatlarda ko’rsatilgan bo’lishi shart. Ish joyidan tashqarida bajarayotganda
xonalarni va maydonlarni tanlashga katta e’tibor qaratmoq kerak. Shuningdek,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
67
uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini, uskunalarni to’g’ri
joylashtirish va ish joylarini oqilona tashkil qilish bilangina ta’minlash mumkin.
Materiallarni, qishloq xo’jalik mahsulotlarini omborxonalarda saqlaganda, xavfli
ishlab chiqarish omillarining sodir bo’lishidan himoyalanish kerak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi
267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko’rib
chiqish va ishlab chiqish to’g’risida»gi va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni
muhofaza qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
to’g’risida»gi qarorlariga muvofiq 2011 yil 8-fevralda “Qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yetishtirish va yig’ishtirib olish uchun ta’lim muassasalari
o’quvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari»
tasdiqlandi. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlar talablari bajarilishining shart ekanligini istisno etmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «Har bir shaxs
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda
ko’rsatilgan
tartibda
ishsizlikdan
himoyalanish
huquqiga
egadir»,
deb
ta’kidlangan. Shuning uchun, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida ishlashga ruxsat
etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini va mehnat xususiyatlarini hisobga olish
shart.
Xizmat qiluvchi xodimlar bajarayotgan ishlariga muvofiq mehnat xavfsizligi
bo’yicha kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishi lozim. Barcha qishloq xo’jalik
mashina va mexanizmlariga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi
bo’yicha yagona talablar qo’yilishi, ana shu talablarga muvofiq qishloq xo’jalik
mashina va mexanizmlarini boshqarishning asosiy richaglari o’ng qo’l ostiga
joylashgan bo’lishi, har qaysi mashinada tovush signali, orqani ko’rish oynasi,
burilish va to’xtash signallari bo’lishi kerak. Ish jarayonida mashina va
mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo’shashadi, tirqishlar kattalashadi, moy,
suv yoki yonilg’i siza boshlaydi va hokazolar. Shu boisdan pala-partish
ko’rsatilgan texnik xizmat baxtsiz hodisalarga sabab bo’lishi mumkin. Agar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
68
mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson
payqalsa, ishni darhol to’xtatish kerak. Har bir traktorchi, kombaynchi, texnikani
ishlatishdan oldin uning texnik holatini tekshirib ko’rishi kerak. Traktor va
kombaynda haydovchi asboblarining to’la jamlanmasi, birinchi yordam ko’rsatish
uchun aptechka, ichimlik suv solingan idish, texnikani ishlab chiqargan zavod
tomonidan berilgan qo’llanma bo’lishi shart.
Talabalarni dala ishlariga olib borish hamda olib kelishda har bir transport
vositasiga joylashtiriladigan talabalar soni transport vositasining texnik holatidan
kelib chiqqan holda rahbariyat tomonidan belgilanishi hamda har bir transport
vositasidagi talabalar ro’yxatga olinishi lozim. Har bir transport vositasidagi
talabalarga alohida rahbar tayinlanadi. Rahbar ularni nazorat qilib borishi lozim.
Bunda talabalarni tashish uchun mo’ljallangan transport vositalaridan, ularning
yuklarini olib borishda esa, yuk tashishga mo’ljallangan transport vositasidan
foydalanish shart. Talabalar transport vositasidan tushganlarida, yo’lni kesib
o’tishlari rahbar boshchiligida, transport vositasining orqa tomonidan tashkil
qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-113 moddalarida mehnat
munosabatlarini tartibga solish uchun mehnat shartnomalari tuzish va qishloq
xo’jalik korxonalari oldiga xavfsiz va sog’lom ish sharoitlarini ta’minlash; rasb
kasalliklarini ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnika vositalarini tatbiq
etish; ishchi va xizmatchilarni bepul himoya vositalari bilan ta’minlash; tibbiy
ko’riklarni o’z vaqtida o’tkazib turish; mehnatga yarasha rag’batlantirish; voyaga
yetmagan yoshlarni og’ir ishlarga jalb etmaslik vazifalarni bajarish yuklatilgan
:
Qishloq xo’jaligida mehnat sharoitlarining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga,
ya’ni mehnatkashlarning sog’lig’ini yaxshilash, o’z ishidan mamnunlik darajasini
oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat unumdorligini va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
69
Do'stlaringiz bilan baham: |