O‘ZLASHTIRMA GAP - So‘zlovchi o'z nutqida o'zgalarning gapidan ikki xil yo'l bilan foydalanadi: o'zganing hech o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi ko'chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o'zgartirilgan gap o'zlashtirma gap hisoblanadi.
- «Qizim, umring uzoq bo'lsin», - dedi yo'lovchi - ko'chirma gap.
- Yo'lovchi qizga umri uzoq bo'lishini tiladi - o'zlashtirma gap.
- O'zganing gapi ko'chirma gap orqali ham, o'zlashtirma gap orqali ham berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko'chirma gap va o'zlashtirma gap ma’nodosh bo'ladi.
Ko'chirma gap quyidagi shakliy o'zgarishlar yo'li bilan o'zlashtirma gapga aylantiriladi: - 1. Darak gap shaklidagi ko'chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga, egasi qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi.
- Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.
- Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.
- Masalan: «Yoshlarimiz istiqboli porloq», - dedi o'qituvchimiz
- O'qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
2. So'roq, buyruq shaklidagi ko'chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. - 2. So'roq, buyruq shaklidagi ko'chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi.
- Masalan: «Salima qanday o'qiyapti?» - deb so'radi onasi - Onasi Salimaning qanday o'qiyot- ganini so'radi.
- 3. Ko'chirma gap tarkibida undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi.
- Masalan: Do'stim dedi: «Xo'sh. u holda qanday chora ko'riladi?» - Do'stim u holda qanday chora ko'rilishini so'radi. «Shoshmang, Ahmadion». - dedi yigit - Yigit Ahmadjondan shoshmasligini so'radi.
- 4. Egasi II shaxs kishilik olmoshidan ifodalangan bo'lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Masalan, Onam dedi: «Sen tezda darslaringni tayyorla» - Onam menga tezda darslarimni tayyorlashim kerakligini aytdi.
- Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko'chirma gapli qo'shma gap sodda gap shaklini oladi.
Darsni mustahkamlash: - Darsni mustahkamlash:
- 1. Darak gap shaklidagi ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga qanday aylantiriladi?
- 2. So‘roq va buyruq gap shaklidagi gaplar-chi?
- 3. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalmaning o‘rni o‘zlashtirma gapda qanday bo‘ladi?
- Baholash.
- Uyga vazifa: 110-mashq. Rasmdan foydalangan holda «Bobolarimiz o‘gitlari»mavzusida insho yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardan foydalaning va ularni o‘zlashtirma gapga aylantirish mumkinligi haqida fikr yuriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |