Кўникма, малака ва одатлар ва уларни шаклланиши


Motivatsiya va uni o’rganishga yangicha yondashuv



Download 113,91 Kb.
bet9/12
Sana25.02.2022
Hajmi113,91 Kb.
#462080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Кўникма малака одат мулоқот ва мотивация 3 таси бирда тотал

Motivatsiya va uni o’rganishga yangicha yondashuv

reja:

1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha.
2. Shaxs ustanovkalari.
3. Insonning oliy hislari.
4. Iroda. Iroda xususiyatlari.

1. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o`ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo`lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g`oyalar va yo`nalishlar mujassamlashdi.


Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir.
Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.
Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.
Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:
Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud:
1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir.
2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo`lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o`rniga inson xulq atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog`lovchi kontseptsiya yuzaga keladi.
3. Xulq atvor motivatsiyasi nazariyasi va oliy nerv faoliyati nazariyasi. XX asr boshida paydo bo`lib, xulq atvor «Stimul – reaktsiya» sxemada ko`rib chiqiladi. I.P.Pavlov va uning izdoshlari N.A.Bernshteyn va P.K.Anoxin xulq atvor dinamikasi funktsional sistemasi modelini ishlab chiqqanlar.
4. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. qqq5. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir. qqq Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. His-tuyg`u nima? Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi bo`lib unda insonning olamga sub’ektiv munosabati aks etadi. His tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda insonni borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks etadi. Emotsiyalar - lotincha so`zdan olingan (emovere) to`lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv holatda ifodalovchi javob reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo`lgan munosobatlarimizning va munosobatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishdir. Hissiyot o`ziga xos aks ettirish jarayoni bo`lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo`ladigan ichki kechinmalari va munosobatlari aks ettiriladi. His tuyg`u psixik jarayongina bo`lib qolmay psixik holat hamdir. U xususiyat bilan xarakterlanadi. His- tuyg`uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir. Faoliga ko`ra hislar stenik (kuchlik) va astenik (kuchsiz) turlarga bo`linadi. Hislar tashqi jihatdan nomoyon bo`lib ular xatti – harakatlarida, yuzda namoyon buladi. Uning tashki ifodalanishi ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya bu – hislarning spesifik namoyon bulishi bulib, u ovozda, mimika, pontomimika, yurishda, yogi va kulguda namoyon bo`ladi.
Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi: kuchi, tezligi barqarorligiga ko`ra quyidagi emotsional holatlar ajratiladi. Kayfiyat, ko`tarinkilik. Kuchli xohish istak, affekt, stress.
Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: axloqiy hislar, intelektual hislar, estetik hislar, proksis hislar. Emotsional holatlarga bog`lik bir necha nazariyalar mavjud. Ulardan biri Djeyms- Lange va ikkinchisi Kennon – Bart nazariyalaridir.
Hissiyotlar o`zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog`liq bo`ladi.
Hissiet olamida sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan xatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funktsiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok kelishini engillashtiradi.
Hissiyot olamda sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni engishga undaydi. Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emotsional qo`zg`alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida bo`ladigan qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar xaflidir. Odam ularni boshqarishi lozim.
Yuqorida bayon etib o`tilganidek hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum sinallar vazifasini o`taydi.
Hissiyot 3 turga bo`linadi: 1) axloqiy hislar; 2) intellektual hislar; 3) estetik hislar.
Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.
Estetik hislar: go`zallikni idrok qilish, zavqlanish, go`zallikni yaratishdan iborat bo`lishi mumkin. Estetik his hamma odamga xos bo`lgan hissiyotdir. Estetik hislarni yuzaga keltiruvchi manbaalar juda ko`p va xilma xildir.
4. Iroda odamning biror maqsad yo`lida ongli ravishda kiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan xatti- harakatlardir. Irodaviy faoliyatda odam o`zini idora qiladi, xususiy ixtiyorsiz impul’slarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi mexanizmlarga ega. Xulqni irodaviy boshqarishi-ongli ravishda aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishga qaratilishi yoki aktivlikdan o`zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash, qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo`r berish kabi murakkab mexanizmdan iboratdir. Iroda ikkita funktsiyani bajaradi: qo`zg`alanuvchanlik va tormozlash. Insonni psixik boshqaruvchanligining buzilishi abulie deb ataladi. Iroda turlari quyidagilardan iborat. Oddiy irodaviy akt, murakkab irodaviy jarayon va ekstermal holatlar bilan bog`liq irodaviy jarayon. Oddiy irodaviy jarayon bu maqsadni aniqlash va darhol vazifani echish. Murakkab irodaviy jarayon quyidagi tizimga ega: 1. Intilishni anglash; 2. Maqsad va vositalarni tanlash; 3. Qaror qabul qilish; 4. Qarorni bajarish va ijro etish; V.M.Selevanov irodani inson xulq atvorini ongli bajarilishi deb tushuntiradi va uni oldindan ko`ra olish va tashqi to`siqlarni engishda ifodalaydi. Shaxsning irodaviy sifatlariga:
a) mustaqillik;
b) qat’iylik;
v) dadillik;
g) o`zini tuta olishlik kiradi.
Iroda va irodaviy sifatlar sekin-asta organizmning o`sishi natijasida taraqqiy etish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`quvchilar irodasini tarbiyalashda kattalar va o`qituvchilar tug`ri talab qo`yishlari, bajarilishi nazorat qilib bajarishlari uyushgan tartibda ma’lum maqsad sari intilmoqlari zarur. Ana shunday tarzda irodani taraqqiy ettirish mumkin. Xulosa: Insonni anglanilgan, maqsadli, ongli faoliyatga, xatti - harakatga undovchi sabablar majmui motivatsiyadir. Ushbu mavzuni ahamiyatli jihati shundaki, odamning faoliyat motivlarini o`rganish, shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishga yordam beradi. His-tuyg`ular odam uchun ahamiyatli bo`lgan narsalar haqida darak beruvchi signallar hisoblanib, xotirjamligi va notinchligi borasida ma’lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Estetik, axloqiy, intellektual hislar shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Motiv va motivatsiya


Motivatsiya inson hulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalish va faoliyatini tushintirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushintirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo’lida?» degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir. Shaxsni jamiyatda odamlar orasidagi xatti-harakati va o’zini tushinish sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
A) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va xokazolar).
B) tashqi sabablar faoliyatini tashqi shart-sharoitliri va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Motiv bu xatti-harakatga undovchi kuch. U shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi.
Ko’pgina psixologlarni bergan ma’lumotiga ko’ra birgina faoliyatni o’zida (bu faoliyatini bola uchun nima sababdan yuz berishiga qarab) shaxsni har xil (va xatto bir – biriga qarama – qarshi bo’lgan) sifatlari tarkib topishi mumkin. Masalan, biz o’quvchilarni boshqalarni ochiqdan – ochiq va odil tanqid qilishga o’rgatamiz. Ana shunday qilish bilan bolada printsipiallik, jasurlik, sofdillik, tanqidiy ko’z bilan qarash fazilatlari tarkib topadi, deb hisoblaydilar. Ammo biz aytilganlarni hisobga olmasak, hamisha ham o’zimiz ko’zlagan maqsadga erishavermaymizmi? Yo’q chunki hulq –atvorning ana shu to’g’ri formasi negizida maktab o’quvchisi amal qiladiga motivlar yotadi. Bu hulq – atvor shaxsan o’quvchining o’zi uchun qanday ma’noga («ma’no» tushunchasi psixologiyaga A.N.Leont’ev tamonida kiriilgan) ega bo’lishga qarab unda har hal sifatlar tarkib topishi mumkin. Agar o’quvchi o’z o’rtog’ini printsipial motivlar asosida tanqid qiladigan bo’lsa, bu tanqid uning o’rtog’ida harakterning printsipiallik, qat’iylik, halolliq singari sifatlarni tarkib toptirishga yordam beradi; bordi-yu, o’z aybini o’rtog’ining bo’yniga qo’yish istagi bilan tanqid qiladigan bo’lsa, bu xudbinlik, individualizmning tarkib topishiga yordam beradi. Agar shaxsiy g’araz bilan tanqid qilinadigan bo’lsa, unda shu asosda qasoskorlik, makkorlik, insofsizlik hislatlari tarkib topadi.
Agar bunday tanqid qilishga, nixoyat, o’quvchidan qo’rqish va unga yoqish istagi yoki mag’rurlik istagi, printsipisizlik, ikki yuzlamalik singari hislatlar tarkib topishi mumkin. Binobarin, xulq – atvor tajribasi bu xatti- harakat muayan motivlar asosida amalga oshirilgan vaqtdagina ko’zlagan maqsadga olib boradi. Shuning uchun hulq – atvorning to’g’ri motivlar tajribasida tarbiyalash va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab o’quvchilarida muayan vazifalarda tarbiyaviy ta’sirlar vositasida yuzaga keladigan ijobiy motivlar ularning tajribasida mustahkamlanishi va barcha boshlang’ich vazifalaga tarqalishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, shaxsning har bir sifat sturkturasiga, birinchidan, maktab o’quvchisining tegishli xatti- harakatiga ijodiy munosabatda bo’lishiga imkon beradigan motiv, ikkinchidan, xatti – harakatlarning mustahkamlangan usuli kiradi. shunday qilib shaxsning sifati, L.I.Bojovichning iborasi bilan aytganda, xatti- harakat motivlari va bu motivlar tegishli formulalarning o’ziga xos birikmasidir.
2. Affekt sohasi, uning shaxs taraqqiyotidagi funktsiyasi.
Nixoyatda tez o’tishi bilan ongda sodir bo’lib, odamni tez egallab oladigan, jiddiy o’zgarishlar, harakatlarni irodaviy nazorat qilishning buzilishi (o’zini tuta bilishni yo’qolishi) va shuning bilan birga organizmda barcha hayot faoliyatlarining o’zgarishi bilan harakatlanadigan emotsional jarayonlariga affektlar deb ataladi.
Affekt qisqa muddatli bo’lib, ular birdan yonishga, portilashga, to’satdan kelgan qattiq shamolga o’xshaydi. Agar emotsiya ruhiy to’lqinlanish bo’lsa affekt bo’rondir. Affekt holatlari almashib turadigan turli bosqichlarga egadir. Vahima va sarosimalikka tushib qolgan, o’ta quvongan, o’zini ushlab bo’lmaydigan darajada kulgiga berilgan yoki umidsizlikka tushgan odam har xil paytlarda olamni bir xil tarzda aks ettirmaydi. O’quvchi shaxsi o’z kechinmalarini turlicha ifodalaydi, o’zini turli me’yorda ushlab turadi va harakatlarini turlicha boshqaradi. Bu holatni shu bilan tushintiri mumkinki, oraliq miya va katta miya yarim sharlarining po’stlog’ida ma’lum markazlarning kuchli qo’zg’alishi va shuning bilan birga boshqa markazlarning tormozlanishi chegaradan chiqib ketadi va bir – biri bilan almashinib qoladi; ba’zan oliy nerv faoliyatining buzilishi va qo’zg’alishi sodir bo’ladi.
Affektiv holatning boshlanishida shaxs, ayniqsa o’smir va o’spirin yoshdagi o’quvchilarda boshqa narsalardan ham baxtiyor ravishda chetlashib, o’z hissiyotining predmeti haqida ham o’ylay olmaydi. Tanadagi o’zgarishlar va ifodali harakatlar tabora bemulohaza bo’lib boradi. Kuchli zo’r berish natijasida harakatlar tarqalib ketadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po’stini borgan sari kuli egalay boshlaydi, qo’zg’alish po’stlog’i osti nerv tugunlarida va oraliq miyada kuchayadi.
O’quvchi kechirayotgan hissiga: dahshat, g’azab, nafratlanish va shuning kabilarga berilishga kuchli istak sezila boshlaydi.
Affektning birinchi bosqichida o’zini tutishni, o’zini qo’lga olishni har bir odam, faqat kattalargagina emas, balki bolalar ham uddalay oladi. Bundan keyingi bosqichlarda o’quvchi ko’pincha irodaviy nazoratni yo’qotadi, mulohazasiz harakatlarni amalga oshiradi va o’ylamasdan ish qiladi.
Affekt portlashdan so’ng ba’zan osoyishtalik va bir qadar charchashlik holati yuzaga keladi; boshqa hollarda (ancha og’ir hollarda) holsizlanish, hamma narsalaga nisbatan befarq munosabatda bo’lish, harakatsizlik, ba’zan affektiv shok deb atalgan uyquga moyillik holati yuzaga keladi; ba’zi hollarda qo’zg’alish ancha vaqt davom etadi va vaqti – vaqti bilan kuchayib yoki pasayib turadi.
3. Baho va o’z – o’ziga baho berish shaxs yo’nalishining omilidir.
O’quvchi shaxsining tarkib topishida ularning o’z – o’zini baholay bilish xususiyatlarining shakllanish ham harakterlidir. Ma’lumki, o’quvchida hali o’smirlik davrida o’z – o’zini anglashga bo’lgan ehtiyoj va ma’naviy – psixologik xususiyatlarini baholash qobiliyati endigina paydo bo’ladi. Yuqori sinf o’quvchilarda o’smirlarga nisbatan o’zini psixologik hayotini, shaxs sifatida gavdalanishini, o’z xulq- atvorini bilishga qiziqish, hissiyot hamda ichki kechinmalarni anglash kabi hislat sodir bo’ladi. O’quvchi faqat o’spirinlik davridagina o’ziga to’la va har tamonlama baho bera oladi.
Bu xususiyat o’g’il va qizlar shaxsining kamol topishiga ham, ularning psixik hayotida ham chuqur va bir umr iz qoldigan xususiyatlardan biri.
O’z- o’ziga baho berish, o’zining kimligini tushinish xususiyatlari tevarak-atrof ta’siri, hayot talabi bilan vujudga keladi. Ba’zan o’z xulq – atvoriga ob’ektiv baho bera olish xususiyati o’smirlarda ham bo’lishi mumkin, leki bu yoshda boshqalarni fikri ham aloxida o’rin egallaydi. O’smirlarning xulq- atvoriga ota-onasi, o’qituvchisi, jamoasi va boshqalarning bergan bahosining roli ham katta bo’ladi.
Bu kishilarning bir xilda bergan baholari ularni o’ylashga va o’z xulq-atvorini to’g’ri, ob’ketiv baholashga yordam beradi. O’quvchi yoshning ulg’ayishi balan unda o’z imkoniyatlariga, o’z xulq-atvoriga mustaqil ravishda baho berish hislatlari tarbiyalanib boradi. Shunday hollar ham bo’ladiki, yuqori sinf o’quvchilari o’z xulq-atvorini, shaxsiy xususiyatlarini to’g’ri tahlil qiladi, lekin ba’zi hollarda o’smirlar bu xususiyatlarga ularga nisbatan to’g’ri, ob’ketiv baho bera oladi. CHunki u tevarak atrofdagilarning ob’ketiv baxosini takrorlaydi. Bu hol katta yoshdagi o’quvchida boqacharoq bo’ladi. YOshning ortishi bilan unda o’z shaxsini, o’z xatti – harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baxo berish tendentsisi kuchayadi. O’z – o’ziga baho berish esa hamisha tashqaridan bergan bahoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. Shuning uchun katta yoshdagi o’quvchi o’zining shaxsiy xususiyatlarini va xatti – harakatlarini o’smirga qaraganda yaxshiroq tahlil qila olsa ham, o’ziga ayrim hollarda unchalik ob’ketiv baxo bera olaydi.
O’quvchi yoshining ulg’ayishi bilan unda o’z imkoniyatlariga, o’z xulq-atvoriga mustaqil ravishda baxo berish hislatlari tarbiyalanib boradi. Shunday hollar ham bo’ladiki, yuqori sinf o’quvchilari o’z xulq-atvorini, shaxsiy xususiyatlarini to’g’ri tahlil qiladi, lekin ba’zi hollarda o’smirlar bu xususiyatlarga ularga nisbatan to’g’ri, ob’ketiv baho bera oladi. Shuning uchun ham yigit va qizlar o’zlarining xulq-atvorlarini baholaganda, bu bahoni yo haddan tashqari oshirib yuboradi, yoki kamaytirib yuboradi. O’quvchilarning o’zlariga to’g’ri baxo berishlarida maktabdagi o’qituvchi pedagoglar, psixologlar katta rol o’ynaydi.
Shaxs yo’nalishi (istak, qiziqish, tilak, mayl, ideal, dunyoqarash, e’tiqod).
O’quvchilar o’zidagi va boshqa kishilardagi mehnatsevarlik, qat’iylik, hushyorlik, kamtarlik, botirlik kabi xususiyatlargina emas, balki shaxsdagi ko’zga yaqqol tashlanmaydigan, masalan, o’z burchini anglash, vijdonlilik, adolatchilik, layoqatlilik xususiyatlarni ham ko’ra biladi. Binobarin, yuqori sinf o’quvchilari o’z dunyoqarashini, imkoniyatini, kuchini hisobga olgan holda kelgusidagi faoliyatni aniqlay oladi.
O’quvchi yigit va qizlarning ideal yuksak darajadagi ma’naviy idealdir. Bunday yuksak ideal egalarining maqsad halqiga, yurtiga xizmat qilish, yaxshi mehnat qilishdir.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan bilimga bo’lgan qiziqish, ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intelletual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Kuzatishlar va maxsus ilmiy tekshirish ishlari shuni ko’rsatadiki, qiziqishlarni paydo bo’lishi va o’sishga o’quvchining ma’naviy qiyofasi, uning bilimlarining chuqur va keng bo’lishi, o’quv materialini qiziqarli ravishda bayon eta olish, o’quvchilarni o’z darsiga, o’z faoliyatiga torta olish katta ta’sir ko’rsatadi. Maktab o’quvchisining ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishi uning shaxsiy tajribasini shunday yo’lga qo’yish kerakki, bu tajriba ijtimoiy axloq norma va qoidalarini o’zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratsin.
Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablar bir-biriga ta’sir ko’rsatib turgan vaqtda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish jarayonida bolada uning xatti-harakatlarini hamisha harakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qolgan e’tiqod va ideallar sistemasi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning axloqiy barqarorligi, ya’ni odamning o’zi o’zlashtirgan printsiplariga va ularga mos keladigan xatti-harakatlariga har qanday sharoitda ham sodiq bo’lib qolish qobiliyati paydo bo’ladi.
E’tiqod shunday bilimlar, qoidalar, mulohazalar, fikrlardirki, ular o’zlarining xaqligiga, shubhasizligiga, ishonarligiga chuqur ishonish hamda hissiy kechinish bilan bog’liqdir. E’tiqod – tushunilgan, fahmlab olingan narsagina emas, balki chuqur his etilgan, boshidan o’tkazilgan narsadir. Ijobiy hislarni tarbiyalash uchun o’quvchi ta’sirlanadigan ijobiy misolga ega bo’lgan vaziyatni yuzaga keltirish muhimdir. Axloqqa muvofiq bilim kamol topib borayotgan odamning shaxsiy boyligiga aylanib bo’lgan, kishining o’zi uchun xatti – harakatlar, ishiga bo’lgan o’ziga xos axloqiy bilmlar, ularga berilgan baho, kechinmalar va istaklarning yig’indisiga aylanib qolgan taqdirdagina axloqiy qoidalari xatti – harakatlarining emotsional motivlarga aylanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchi shaxsining ehtiyojlarining, motivlarini to’g’ri yo’naltirish ularning yosh xususiyatlariga, harakter hislatlariga shu bilan birga o’quvchi shaxsiga ham katta ma’suliyat yuklaydi.

Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o’rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o’zgartirish muammosi axamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat soxalarida muvaffakiyatga erishish motivi bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar xisoblanadi. o’larning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffakiyatga erishish motivi xamda muvaffakiyatsizliklardan kochish motivi. Odamlar xam u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda kaysi motivga mo’ljal kilishlariga karab fark kiladilar. Masalan, fakat muvaffakiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima kilib bo’lsa xam yutukka erishish ular uchun oliy maksad bo’ladi. o’lar xali ishni boshlamay turib, yutukni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha xarakatlarini ma’kullashlarini biladilar. Bu yo’lda ular nafakat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashki imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan xam foydalanadilar.


Boshkacha xulk-atvorni muvaffikiyatsizlikdan kochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farkli, ishni boshlashdan avval nima bo’lsa xam muvafakiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’prok ishonchsizlik, yutukka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o’xshash xolat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, oxir-okibat ular baribir muvaffakiyatsizlikka uchrab, «o’zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffakiyatli tugatgach, ko’tarinki rux bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, xar kanday ishni yakunlagandan so’ng, uning natijasidan kat’iy nazar, ruxan tushkunlikka tushadilar va og’rinish xissi bilan boshka ishga kirishadilar. Bu o’rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffakiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan ko’ygan talablari darajasi xam yukori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo’ladi. Bunday tashkari xar birimizdagi o’zimizdagi real kobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz xam ushbu motivlarning faoliyatdagi o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi kobiliyatlarga ishongan shaxs xattoki, mag’lubiyatga uchrasa xam, unchalik kayg’urmaydi, keyingi safar xammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbex yoki tankidni xam juda katta ruxiy azob bilan kayg’urib boshdan kechiradi. o’ning uchun xam shaxsning u yoki bu vaziyatlarda kayg’urish sifati xam ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday kilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mexnatga, odamlarga va o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chikadi va undagi xarakter xususiyatlarini xam belgilaydi. o’larning xar birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo’lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o’zimizni tutishimiz va muvaffakiyatlarga erishishimiz bilan baxolasak bo’ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda kayg’uradilar, xattoki, ko’rkadilar xam. o’lar uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshkalar esa bu jarayonni bosiklik bilan boshdan kechirib, ichidan xayajonlanayotgan bo’lsalar xam, buni boshkalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofik tarzda, xar bir toifa vakillari ishining muvaffakiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga xar bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi xam ta’sir kiladi. Da’vogarlik darajasi yukorirok bo’lganlar bilgan-bilmaganini isbot kilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini xam yaxshi aytib berolmay, yana o’kituvchi bilan tortishmaydilar xam.
Shuning uchun xam xar birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashkari, shaxsiy xislatlarimizni xam bilishimiz va ongli tarzda xulkimizni boshkara olishimiz kerak.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi. Yukorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-xarakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi xam mumkin. Yukorida keltirilgan barcha misollarda va xolatlarda motiv anik, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffakiyatga erishayotganligi yoki mag’lubiyatga uchraganini biladi. Lekin xar doim xam ijtimoiy xulkimizning sabablari bizga ayon bo’lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulk motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») xodisasi orkali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruxlar va shaxslarni idrok kilish, baxolash va kabul kilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baxo yoki munosabatning aslida kachon shakllanganligini anik anglamaydi. Masalan, Vatanimizni xammamiz sevamiz, bayrog’imiz mukaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug’ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb xisoblaymiz va xokazo. Bu tasavvurlar, baxo va xissiyotlar kachon va kanday kilib ongimizda o’rnashib kolganligiga e’tibor bermasdan yukorida sanab o’tgan xissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo’lib, ularning mazmun moxiyati aslida xar bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzok muddatli xotirada saklanib, konkret vaziyatlarda ro’yobga chikadi. Demak, motiv — xar kanday xarakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo’lsa, ustanovka — ana shu xarakat yoki faoliyatni amalga oshirishga karatilgan insondagi ichki psixologik xolatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chikkan:
A. Kognitiv komponent — ustanovka ob’ektiga alokador bilimlar, g’oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent — ustanovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt xis kiladigan real xissiyotlar (simpatiya, antipatiya, lokaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Xarakat komponenti — sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo’lgan xarakatlari majmui (xulkda namoyon bo’lish).
Bu uchala komponentlar o’zaro bir-birlari bilan bog’lik bo’lib, vaziyatga karab u yoki bu komponentning roli ustivorrok bo’lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo’lmasligi xam mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo’lsalarda, xar doim xam unga rioya kilavermaydilar. «Tasodifan dars koldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi xolatlar kognitiv va xarakat komponentlarida uyg’unlik yo’kligini ko’rsatadi. Bu bir karashda so’z va ish birligi printsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo’lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulkka zid xarakat kilsa, va bu narsa bir necha marta kaytarilsa, u bu xolatga o’rganib koladi va ustanovkaga aylanib kolishi mumkin. Shuning uchun xam biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday karama-karshilik va tafovut bo’lmasligiga yoshlarni o’rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istikboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Mavzu yuzasidan tayanch so’zlar: Shaxs faolligi, tashki faollik, ichki faollik, faoliyat, pertseptiv xarakat, mnenik faoliyat, fikrlash faoliyati, imajitiv faoliyati, malaka, ko’nikma, motiv, ijtimoiy ustanovka.
1. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o`ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo`lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g`oyalar va yo`nalishlar mujassamlashdi.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir.
Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.
Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.
Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:
Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud:
1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir.
2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo`lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o`rniga inson xulq atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog`lovchi kontseptsiya yuzaga keladi.
3. Xulq atvor motivatsiyasi nazariyasi va oliy nerv faoliyati nazariyasi. XX asr boshida paydo bo`lib, xulq atvor «Stimul – reaktsiya» sxemada ko`rib chiqiladi. I.P.Pavlov va uning izdoshlari N.A.Bernshteyn va P.K.Anoxin xulq atvor dinamikasi funktsional sistemasi modelini ishlab chiqqanlar.
4. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. qqq5. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir. qqq Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. His-tuyg`u nima? Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi bo`lib unda insonning olamga sub’ektiv munosabati aks etadi. His tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda insonni borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks etadi. Emotsiyalar - lotincha so`zdan olingan (emovere) to`lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv holatda ifodalovchi javob reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo`lgan munosobatlarimizning va munosobatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishdir. Hissiyot o`ziga xos aks ettirish jarayoni bo`lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo`ladigan ichki kechinmalari va munosobatlari aks ettiriladi. His tuyg`u psixik jarayongina bo`lib qolmay psixik holat hamdir. U xususiyat bilan xarakterlanadi. His- tuyg`uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir. Faoliga ko`ra hislar stenik (kuchlik) va astenik (kuchsiz) turlarga bo`linadi. Hislar tashqi jihatdan nomoyon bo`lib ular xatti – harakatlarida, yuzda namoyon buladi. Uning tashki ifodalanishi ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya bu – hislarning spesifik namoyon bulishi bulib, u ovozda, mimika, pontomimika, yurishda, yogi va kulguda namoyon bo`ladi.
Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi: kuchi, tezligi barqarorligiga ko`ra quyidagi emotsional holatlar ajratiladi. Kayfiyat, ko`tarinkilik. Kuchli xohish istak, affekt, stress.
Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: axloqiy hislar, intelektual hislar, estetik hislar, proksis hislar. Emotsional holatlarga bog`lik bir necha nazariyalar mavjud. Ulardan biri Djeyms- Lange va ikkinchisi Kennon – Bart nazariyalaridir.
Hissiyotlar o`zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog`liq bo`ladi.
Hissiet olamida sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan xatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funktsiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok kelishini engillashtiradi.
Hissiyot olamda sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni engishga undaydi. Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emotsional qo`zg`alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida bo`ladigan qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar xaflidir. Odam ularni boshqarishi lozim.
Yuqorida bayon etib o`tilganidek hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum sinallar vazifasini o`taydi.
Hissiyot 3 turga bo`linadi: 1) axloqiy hislar; 2) intellektual hislar; 3) estetik hislar.
Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.
Estetik hislar: go`zallikni idrok qilish, zavqlanish, go`zallikni yaratishdan iborat bo`lishi mumkin. Estetik his hamma odamga xos bo`lgan hissiyotdir. Estetik hislarni yuzaga keltiruvchi manbaalar juda ko`p va xilma xildir.
4. Iroda odamning biror maqsad yo`lida ongli ravishda kiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan xatti- harakatlardir. Irodaviy faoliyatda odam o`zini idora qiladi, xususiy ixtiyorsiz impul’slarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi mexanizmlarga ega. Xulqni irodaviy boshqarishi-ongli ravishda aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishga qaratilishi yoki aktivlikdan o`zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash, qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo`r berish kabi murakkab mexanizmdan iboratdir. Iroda ikkita funktsiyani bajaradi: qo`zg`alanuvchanlik va tormozlash. Insonni psixik boshqaruvchanligining buzilishi abulie deb ataladi. Iroda turlari quyidagilardan iborat. Oddiy irodaviy akt, murakkab irodaviy jarayon va ekstermal holatlar bilan bog`liq irodaviy jarayon. Oddiy irodaviy jarayon bu maqsadni aniqlash va darhol vazifani echish. Murakkab irodaviy jarayon quyidagi tizimga ega: 1. Intilishni anglash; 2. Maqsad va vositalarni tanlash; 3. Qaror qabul qilish; 4. Qarorni bajarish va ijro etish; V.M.Selevanov irodani inson xulq atvorini ongli bajarilishi deb tushuntiradi va uni oldindan ko`ra olish va tashqi to`siqlarni engishda ifodalaydi. Shaxsning irodaviy sifatlariga:
a) mustaqillik;
b) qat’iylik;
v) dadillik;
g) o`zini tuta olishlik kiradi.
Iroda va irodaviy sifatlar sekin-asta organizmning o`sishi natijasida taraqqiy etish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`quvchilar irodasini tarbiyalashda kattalar va o`qituvchilar tug`ri talab qo`yishlari, bajarilishi nazorat qilib bajarishlari uyushgan tartibda ma’lum maqsad sari intilmoqlari zarur. Ana shunday tarzda irodani taraqqiy ettirish mumkin. Xulosa: Insonni anglanilgan, maqsadli, ongli faoliyatga, xatti - harakatga undovchi sabablar majmui motivatsiyadir. Ushbu mavzuni ahamiyatli jihati shundaki, odamning faoliyat motivlarini o`rganish, shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishga yordam beradi. His-tuyg`ular odam uchun ahamiyatli bo`lgan narsalar haqida darak beruvchi signallar hisoblanib, xotirjamligi va notinchligi borasida ma’lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Estetik, axloqiy, intellektual hislar shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar:
1. Umumiy psixologiya A. P. Petrovskiy taxriri ostida: «Toshkent» Prosveo’enie 1992y.
2. V. M. Karimova Psixologiya Toshkent- 2002y.
3. Nemov. Psixolgiya Moskva 1999g.
4. L. S. Vogomskiy Voprosq teorii i istorii psixologii. 1 tom
M. Pedagogika 1982 g.

Download 113,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish