Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

fiziologik roli
Odam tanasida aylanayotgan qon olimlar tomonidan yaxshi
o‘rganilgan. Qonni o‘rganish uchun keyingi yillarda radioaktiv
indikatorlardan foydalanilmoqda. Тekshirilayotgan kishidan qon
olinib, undagi eritrotsitlar plazmadan ajratiladi va radioaktiv fosforli
eritmaga solib qo‘yiladi. Radioaktiv fosfor eritrotsitlarga yutiladi.
Nishonlangan eritrotsitlar tekshirilayotgan kishining qon tomiriga
qaytadan yuboriladi va ular butun qonga bir tekis taqsimlangandan
keyin tekshirish uchun ozgina qon olib, uning radioaktivlik darajasi
aniqlanadi. So‘ng hisoblash yo‘li bilan qonning umumiy miqdori
belgilanadi. Odam organizmidagi qonning umumiy miqdori gavda
massasining 7 % ini, ya’ni 1/13 qismini tashkil etadi yoki 1 kg
vaznga 70 ml to‘g‘ri keladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qon gavda massasining 15 % ini
tashkil etib, 1 kg vaznga 93–147 ml atrofida to‘g‘ri keladi. Cha-
qaloqlarda kattalarga nisbatan qon hajmining bunday ko‘p bo‘lishi
moddalar almashinuvining yuqori darajada ekanligiga bog‘liq. Bola
12 yoshga to‘lganda undagi qon miqdori kattalar uchun xarakterli
darajaga yaqinlashadi. Bola balog‘at yoshiga yetish davrida qon miqdori
birmuncha ortib, 1 kg vaznga 7–78 ml to‘g‘ri keladi.
Тomirlarda aylanayotgan qon miqdori organizmning holati va
talabiga qarab bir odamning o‘zida har xil bo‘ladi. Ayniqsa, jismoniy
mehnat bilan shug‘ullanayotganda, hayajonlanganda, tashqi
harorat ortganda, biroz vaqt kislorod yetishmaganda aylanayotgan
qon miqdori ortadi. Katta kishilar uxlaganda va dam olganda ulardagi
qonning faqat yarmi tomirlarda harakatlanadi, qolgan yarmi qon
depolarida saqlanadi.
Qon depolari ikki xil aylanayotgan qonning bir qismini to‘liq
to‘xtatadigan va to‘liq to‘xtatmaydigan bo‘ladi. Тo‘liq to‘xtatadigan
depoga taloq kiradi. Uning vena sinuslarida qon aylanishi vaqtincha
to‘xtaydi, shuningdek, quyuqlashib, tarkibida eritrotsitlar deyarli


88
ikki marta ko‘payadi. Shunday qilib, taloq qon deposi bo‘libgina
qolmay, balki eritrotsitlar deposi hamdir.
Ikkinchi turdagi deposiga teri, jigar, gavdaning boshqa organ va
qismlari kiradi. Ularda qon harakati keskin sekinlashadi, buning
natijasida aylanayotgan qon qisman kamayadi, ya’ni qonning bir
qismi umumiy qon aylanishida kamroq qatnashadi.
Тomirlar bo‘ylab harakatlanadigan qon hosil qiluvchi va qonni
parchalaydigan organlar birgalikda qon sistemasini hosil qiladi. Qon
hujayralarini ishlaydigan organizmlar qon hosil qiluvchi
organizmlar deb yuritiladi.
Bu organizmlarga qizil ilik, jigar, limfa tugunlari, taloq kiradi.
Qizil ilikda eritrotsitlar, donali leykotsitlar, monotsitlar; limfa
tugunlarida, bodom bezida limfotsitlar, taloqda esa limfotsitlar va
monotsitlar hosil bo‘ladi. Katta yoshli organizmda jigar qon hosil
qilish funksiyasidan mahrum. Baquvvat skeletning hosil bo‘lishi
qon hosil qiluvchi organizmning shakllanishi bilan birgalikda bo‘ladi.
Тabiat bu organizmni suyaklar bilan himoya qilgan. Suyaklar ishdan
chiqqan holda ham qon hosil qiluvchi organizmlarning faoliyati
buzilmaydi. Masalan, odam jarohatlanadi va ko‘p qon yo‘qota
boshlaydi. Bunda suyak iligi tezlik bilan qon hosil qilishni kuchaytiradi.
Qon hosil bo‘lishiga organizmdagi ichki va tashqi omillar ta’sir
etadi. Avvalo, nerv sistemasi ko‘riladi. Masalan, qon hosil qiluvchi
organlar nervlarga juda boy ekanligi va emotsiya, muskul ishi,
haroratning o‘zgarishi, organizmda O
2
yetishmasligi kabi omillar
qon hujayrasi tarkibini sezilarli o‘zgartiradi.
Qonning hosil bo‘lishi — gemopoez hodisasini, ya’ni periferik
qonda yetilgan hujayra hosil bo‘lish sxemasini Chertkov va
Vorobyovlar 1973-yilda ishlab chiqdilar. Bunda hujayralar o‘zining
yetilish darajasiga qarab ma’lum tartibda o‘sib boradi. O‘zak
hujayradan 3 ta shoxcha paydo bo‘ladi: leykotsitlar, eritrotsitlar,
trombotsitlar hosil bo‘ladigan shoxcha.
Qon hosil bo‘lish jadvalida hamma hujayralar 6 ta sinfga bo‘linadi:
1. 1, 2, 3, 4-sinf — yetilishigacha bo‘lgan hujayralar.
2. 5-sinf — yetilayotgan hujayralar.
3. 6-sinf — yetilgan hujayralar.
1-sinf. O‘zak hujayrasining miqdori qon hosil bo‘lish
to‘qimalarida % ning umumiy holida uchraydi. O‘zak hujayradan
qon hosil bo‘lishdagi hamma shoxchalar taraqqiy etadi. O‘zak hujayra
poliрotent deyiladi. O‘zak hujayrasining ko‘p qismi teng holatda
bo‘lib, shundan 10% bo‘linadi.


89
2-sinf. Bu qisman poliрotent hujayra. Bundan limfopoez
boshlanadi (limfoid qatoridagi hujayralar hosil bo‘ladi).
3-sinf. Uniрotent hujayralar. Ular limfotsit, monotsit,
granulotsitlar uchun, Er va Fd uchun boshlang‘ich hosil bo‘ladi.
4-sinf. Bularga yosh hujayralar, miyeloblast, ya’ni «blast»
hujayralari kiradi. Plazmoblast, limfoblast, monoblast, misloblast,
eritroblast, megablast. Bu hujayralarning bo‘linish vaqtida keyingi
sinf hosil bo‘ladi.
5-sinf. Bularga yetiluvchi hujayralar kirib, ularning nomlanishi
«pro» bilan boshlanib, «sit» bilan tugaydi. Bu sinfga kiruvchi
elementlar sxemada vertikal — biridan keyin ikkinchisi joylashgan
holda, ularning taraqqiyotiga qarab joylashadi.
6-sinf. Bu sinfga yetilgan hujayralar: plazmotsid, limfotsit,
monotsit, segment o‘zakli neytrofillar kiradi. Yetilgan hujayralar
suyak ichlaridan periferik qonlarga o‘tadi. Demak, qon
hujayralarining rivojlanishi — gemopoez qon yaratiladigan
organizmda sodir bo‘ladi. Papengeym-Kryukov o‘rtacha unitar
nazariyasiga ko‘ra gemopoez retikular hujayralardan hosil bo‘ladigan
shakl gemotsitoblastdir. U ovalsimon, yumaloq, och pushti, yadrosi
yirik hujayra. Har bir yetilgan hujayra ma’lum funksiyani bajaradi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish