Kundalik iste’mol kilinadigan mahsulotlar va taomlarning hajmiy me’yori
(grammlarda)
52
№ Taomlar
Bolaning yoshi
1 – 2
3 – 4
5 – 6
7 – 10
11 – 13
Nonushta
1. Sutli bo‘tqa yoki
sabzavotli taom
150
180
200
200
240
2. Go‘shtli, baliqli
taom, omlet yoki
tvorog
60
70
60
70
90
3. Sut, sharbat,
madanli suv
150
180
150
200
200
Tushlik
1. Salat
40
50
50
50
50
2. Sho‘rva, bulon
150
180
200
300
400
3. Gushtli yoki
baliqli taom
60
70
70
70
75
4. Garnir
120
130
130-150
150
200
5. Sharbat, kompot,
kisel
150
180
150
200
200
Tolma choy
6. Qatiq, sut
150
200
200
200
200
7. Bulochka,
pechene
60
70
35-50
50
50
8. Mevalar
100
150
150
200
200
Kechki ovqat
9. Sabzavotli yoki
sutli taom
180
200
200
250
250
10. Qatiq, sut yoki
na’matak
damlamasi
150
200
200
200
200
11. Bir kunlik non
me’yori:
bug‘doy noni
20
70
120
165
200
12. Jaydari non
10
20
40
75
100
O‘smirlar ovqatlanishi
O‘smirlik yoshi o‘ndan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu
davr o‘sishning kuchli rivojlanishi natijasida ko‘p energiya sarflanishi bilan
birgalikda kuchli bo‘lmagan ishtahani talab qiladi. O‘smirlarning sog‘lom
53
ovqatlanishi - oziqa moddalari va energiyaga boy bo‘lgan ratsiondan iboratdir.
Shirinliklar va yog‘lik taomlarni ko‘p iste’mol qilish xavf omillarini keltirib
chiqarishi sababli, o‘smirlik davrida iste’mol qilinayotgan ovqatlarni alohida
guruhlarga ajratib olish tavsiya etiladi. Bu davrda ikkilamchi jinsiy bezlarning
shakllanishi bilan birgalikda o‘sish kuchayadi, natijada ichki a’zolar va tizimlarning
to‘liq rivojlanish yuzaga keladi. Kechagi bola bugungi katta kishi - inson bo‘lib
shakllanadi. O‘smirlar organizmining me’yorida rivojlanishi va navqiron inson
bo‘lib shakllanishida ovqatlanishning ahamiyati juda katta. O‘smirlik davrida qator
kasalliklarning shakllanishi noto‘g‘ri ovqatlanish sababli yuzaga keladi. Ushbu
yoshlarda chizburger, gamburger, xod-dog, chipslar bilan birgalikda kola, gazli va
rangli salqin ichimliklarning iste’mol qilinishi tur xil kasalliklarning rivojlanishga
zamin yaratadi. Kichik maktab yoshida (7-11 yosh) sut tishlarining doimiy tishlar
bilan almashinishi sodir bo‘ladi, jismoniy rivojlanishda yaqqol jinsiy dimorfizm
kuzatiladi. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘sish hamda rivojlanish tipi bo‘yicha ham,
jinsga xos bo‘lgan tana tuzilishining shakllanishi bo‘yicha ham farqlar mavjud
bo‘ladi. Mayda mushaklarda murakkab muvofiqlashtiruvchi harakatlar tez
rivojlanadi buning hisobiga yozish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘smirlik davri
endokrin bezlar faoliyatining keskin o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda qiz
bolalarda kuchli jinsiy rivojlanish, o‘g‘il bolalarda esa, uning boshlanish davri
kuzatiladi. O‘sishning sakrashi, unga xos bo‘lgan ba’zi organizm gormonlari jins
uchun xos bo‘lgan qirralarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu ruhiy
rivojlanishdagi, iroda, ong, hulq-atvorning shakllanishidagi murakkab davrdir.
Ko‘pincha bu hayotdagi ahamiyatli jihatlar tizimini, o‘ziga, ota-onasiga,
tengdoshlariga va butun jamiyatga bo‘lgan munosabatni etarli darajada qayta ko‘rib
chiqishdir. Qaltis fikrlash va harakatlar, o‘zini ma’qullashga va ziddiyatlarga
bo‘lgan intilish ham mana shu davrda kuzatiladi. Oqsillarning o‘smirlar
ovqatlanishida ahamiyati. Kitobning oldingi qismlarida bayon etilganidek, inson
evolyutsiyasi davomida uning ovqatlanishida oqsil ustuvor bo‘lib, organizmga
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar tushishining minimal fiziologik darajasi
ta’minlanishi zaruriyati bilan ifodalanadi. U azotni muvozanat holati va ovqat bilan
tushayotgan oqsilning biologik qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Organizmning o‘sish va rivojlanish davrida oqsilga ehtiyoj tana vazni birligida
katta odamnikiga nisbatan oshiqroq bo‘ladi.
Ko‘p sonli tekshiruvlarda to‘laqonli oqsilga ega bo‘lgan hayvon
mahsulotlarining biologik qiymati o‘simliklarnikidan yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan.
Turli mahsulotlardagi oqsillarning organizmga singishi quyidagicha: tuxum va sut –
96 %; go‘sht va baliq – 95 %; 1 va 2 navli undan yopilgan non – 85 %; sabzavotlar
– 80 %; kartoshka, dukkaklilar, yirik tortilgan un noni – 70 %. O‘smirlarda oqsillarni
kunlik iste’mol talabi 1kg tana vazniga 1,5 – 2,0 gramm va undan 50 %
54
hayvonlarniki bo‘lishi kerak (mol va parranda go‘shti, baliq va sut mahsulotlari).
Ilgari ta’kidlaganimizdek, oqsillar birlamchi mahsulot hisoblanib, organizmning
o‘sishi va immun tizimni ta’minlovchi manba hisoblanadi. Ularning etishmasligi
oqibatida bosh miyada o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, aqliy qobiliyat va xotira pasayadi,
o‘smirlarda tez charchash yuzaga keladi. Immunitetning pasayishi oqibatida
yuqumli kasalliklarni yuqish ehtimoli kuchayadi. Sut mahsulotlari nafaqat oqsillar
balki kaltsiyning ham manbai hisoblanadi. Go‘sht mahsulotlari esa oqsildan tashqari
temir, baliq qator mineral moddalar bilan birgalikda fosfor va ruxga boy.
Yog‘larning o‘smirlar ovqatlanishida ahamiyati. O‘smirlar organizmining yog‘larga
bo‘lgan kunlik talabi 100 gramm atrofida hisoblanadi. Yog‘lar energiya manbai
bo‘libgina qolmay gormonlar sintezida ham ishtirok etadi. Ular orasida ahamiyatlisi
sariyog‘, smetana va o‘simlik yog‘lari hisoblanadi. O‘simlik yog‘lari to‘yinmagan
yog‘ kislotalarini, hayvon yog‘lari esa yog‘da eriydigan A va D vitaminlarini
organizmga tushishini ta’minlaydi. Iste’mol qilinadigan yog‘larning 70 % o‘simlik,
30 % esa hayvon yog‘lari bo‘lishi kerak. So‘nggisi asosan o‘simliklar, yong‘oqlar,
suli va grechixa orqali qabul qilinadi. Hayvon yog‘lari esa qo‘y dumbasi, sariyog‘,
smetana va pishloqlar tarkibida organizmga tushadi. Uglevodlarning o‘smirlar
ovqatlanishida ahamiyati. Uglevodlar inson uchun asosiy quvvat manbai bo‘lib,
ovqatlar bilan qabul qilinadigan kunlik quvvatning 50 - 70 % ta’minlaydi. 1 g
uglevod o‘zlashtirilishi natijasida organizmda 4 kkalga teng quvvat hosil bo‘ladi.
Uglevodlar almashinuvi yog‘lar va oqsillar almashinuvi bilan mustahkam
bog‘langan. O‘smirlar uchun taomnoma tuzganda oziq - ovqatlar miqdori jihatdan
etarli bo‘lishi va organizm yo‘qotgan quvvatni qoplashi kerak. Bunda quyidagilarga
e’tibor berish lozim: - Kunlik ratsionning energetik qiymatiga; - Ratsion tarkibidagi
oqsillar, jumladan, hayvon oqsillarining miqdoriga; - Taomnoma tarkibidagi
yog‘lar, shuningdek o‘simlik yog‘larining miqdoriga; - Ratsion tarkibidagi
karbonsuvlarning, shuningdek shakar, ya’ni disaxaridlar miqdoriga; - Ratsion
tarkibidagi C, A, D, B1, B2, B6, PP vitaminlar miqdoriga; - Kaltsiy, fosfor, temir va
magniy kabi mineral moddalar miqdoriga; - Ovqatni kunning ma’lum bir vaqtida
iste’mol qilishga (1-jadval); - Kunlik energiyaga bo‘lgan talabni 14 % oqsil, 30 %
yog‘ va 56 % uglevodlar hisobida to‘ldirilishiga; - Taomlar tarkibidagi
mahsulotlarning turli – tumanligini ta’minlashga; - Ovqatlanish tartibiga
(ovqatlanish vaqtiga va tartibiga mos ravishda asosiy ozuqa moddalarini
taqsimlash). O‘smirlarning oziq - ovqat mahsulotlariga ehtiyoji va energiya talabini
aniqlashda uning mashg‘uloti, jinsi, yoshi, shug‘ullanadigan sport turi va jismoniy
yuklamalar darajasiga va yashash joyining iqlimining ham inobatga olish zarur.
Kunlik ovqat ratsionini quyidagi tartibda tuzish kerak: umumiy quvvatning 14 %
oqsillar, 30 % yog‘lar, 56 % karbonsuvlar hisobiga qoplanishi zarur. Ratsion
tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarning nisbati esa 1:1:4 nisbatda bo‘lishi
55
lozim. Ovqatlanish jarayonida uning koloriyasini hisoblashda quyidagi
koeffitsentlar inobatga olinadi: 1 g oqsil - 4,1 kkal, 1 g yog‘ - 9,3 kkal, 1 g
karbonsuvlar - 4,1 kkal quvvat beradi.
O‘smirlar ovqatlanishi uchun tavsiya etilgan oziq - ovqat mahsulotlarining
guruhlari:
- Murakkab uglevodlar (karbonsuvlar). Ular energiya manbai bo‘lib,
organizmning o‘sishi uchun kerakligi;
- Oqsillar. Hayvon, parranda va baliq go‘shti oqsillarga boy. Ular yumshoq
to‘qimalar va ichki a’zolar qurilishi uchun manba hisoblandi. Shuningdek, qizil
go‘sht mahsulotlari tarkibida temir ko‘p bo‘lib ular kam iste’mol qilinsa kamqonlik
kasalligi rivojlanadi;
- O‘simlik tolalari. Bular sabzavotlar, ildizli mevalar va mevalardan iborat.
Tolalar oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilab, organizmdan toksinlarni
(zaharlar) chiqarib tashlashga yordam beradigan tabiiy antioksidantlardir;
- O‘simlik yog‘lari. Bularga o‘simlik yog‘lari va qator yong‘oqlar kiradi. Ularni
iste’mol qilish o‘smirlarni erta davrda sochlarini to‘kilishi va tirnoqlarini
mo‘rtlashishini oldini oladi;
- Sut va sut mahsulotlari. O‘smirlar organizmini almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar bilan birgalikda vitaminlarning D guruhi, kaltsiy va fosfor
mikroelemetlari bilan ta’minlovchi vositalardir;
- Toza ichimlik suvi. Organizmning me’riy darajada ishlashini ta’minlash
maqsadida 1 kg tana vazniga kun davomida 30 mg suv iste’mol qilish tavsiya etiladi.
U yoki bu sababga ko‘ra o‘smir muntazam bir xil va energetik qiymati past hamda
sifatsiz ovqatlansa quyidagi muammolar yuzaga keladi:
- Bosh aylanishi yoki ko‘z atrofida ayrim narsalarning ko‘rinishi;
- Yuqori darajada charchash;
- Immunitetning pasayishi;
- Tishlarni kariesi;
- Bo‘g‘im kasalliklari;
- Suyaklarning mo‘rtlashishi;
- Qizlarda hayz ko‘rishning buzilishi;
- Darsni o‘zlashtirish va xotiraning pasayishi;
- Ozish yoki semirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |