Klinik dietologiya va nutrisiologiya


Oshxona idishlarini dezenfektsiya va yuvish tartiblari



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/113
Sana01.01.2022
Hajmi4,31 Mb.
#290762
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
Bog'liq
klinik deontologiya

Oshxona idishlarini dezenfektsiya va yuvish tartiblari 
  -  Ovqat  qoldiqlari  alohida  idishga  olish.Yuvish  ashyolari  bilan  issiq  suvda 
500S  da  yuviladi.Dezinfektsiya  (10  minut)  0,2%  li  ohakli  xlorda.650S  dan  past 
bo‘lmagan suvda chayish. 
- Quritish javonida yoki tokchalarda quritish. Pichoqlar, sanchqilar, qoshiqlar 
yuvilgandan so‘ng 10 minut davomida 1800S da qizdirib olinadi. Shisha va farfor 
choy idishlar alohida yuviladi va quritiladi. Yuvish anjomlari ishdan so‘ng yuvish 
ashyolarida yuvilib, 10 minut davomida qaynatiladi, quritiladi. 
-  Oshxonalar  issiq  va  sovuq  suv  bilan  ta’minlanadi,  mahsulotlarni  va  tayyor 
ovqatni  saqlash    uchun  joy  va  muzlatgichlar  bilan  ta’milangan  bo‘lishi  kerak. 
Muzlatgichlar  omborxonada,  kunlik  zaxira  omborxonasida,  ishlab  chiqarish 
tsexlarida  o‘rnatiladi.  -Hamma  tsexlarda  qo‘l  yuvish  uchun  rakovinalar  bo‘lishi 
shart,  yigishtirish  anjomlari  belgilangan  bo‘lishi  va  alohida  ajratilgan  jovonlarda 
saqlanishi lozim. 
- Oshxona bir yilda bir marta rejali ravishda ta’mirlanadi, 1 haftada bir marta 
umumiy  yig‘ishtirish  2%  li  xlorlangan  ohakli  suvda  dezinfektsiya  uyushtiriladi, 
kuniga 2 marta nam yig‘ishtirish uyushtiriladi. 
- Ovqat qoldiqlari og‘zi yopiladigan baklarda yig‘ib, 2 soatdan kech bo‘lmagan 
vaqt ichida oshxonadan 25 metrdan kam bo‘lmagan masofada olib chiqiladi. 
- Bahor yoz fasllarida oshxona derazalari to‘r bilan tortilishi kerak.  


295 
 
-  Oshxona  ishchilari  shaxsiy  gigienaga  rioya  qilishi  kerak:  ishdan  oldin  dush 
qabul qilishlari kerak, qo‘llarini sovunlab yuvishlari, toza maxsus kiyim kiyishlari, 
sochlarini  bosh  kiyim  ostiga  yig‘ishlari  zarur.  Qo‘llarda  jarohatlar  bo‘lganda 
yiriinglamasligi oldini olish uchun o‘z vaqtida qaratib yurishi lozim. 
- Xom mahsulotlarni qayta ishlagandan so‘ng tayyor ovqatlar tsexiga o‘tishdan 
oldin albatta qo‘lini yuvishi lozim. Maxsus kiyimlar oshxonadan tashqarida kiyilishi 
man etiladi. 
-  Oshxonaga  olib  kelinadigan  mahsulotlar  harakatdagi  me’yoriy  texnik 
talablarga javob berishi kerak va zaruriy hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. 
Zaruriy hujjatga ega bo‘lmagan va saqlanish muddati o‘tgan mahsulotlar qabul 
qilinmaydi. 
- Tez buziladigan mahsulotlarda ularni ishlab chiqarishdagi  talablar; 
-  Tez  buziladigan  mahsulotlarda  ularninng  ishlab  chiqarilgan  sanasi  va  vaqti 
hamda amal qilish muddati belgilangan bo‘lishi shart.  
- Davolash profilaktika muassasalarini ta’minlovchi omborlar, faqatgina muhr 
bosilgan  go‘sht  qabul  qilinishiga  ruxsat  beriladi.  Veterinar  guvohnomasi  bor  va 
muhri  bosilmagan  yoki  nisbiy  tozaligi belgilangan  go‘sht olinmasligi  lozim.  2-ga 
kategoriyadan past bo‘lgan go‘sht va tuxum mahsulotlari qabul qilinmasligi lozim. 
- Suvda suzuvchi parranda pati tozalanmagan holda va o‘rdak va g‘ozning xom 
tuxumi olinmasligi lozim.  
Kichik  shifoxonadagi  oshxonalarda  muzlatgichlardagi  mahsulot  barcha  
qoidalariga amal qilish kerak.  
-  Xom  va  yarim  tayyor  mahsulotlar  tayyor  mahsulotlar  bilan  bir  joyda 
saqlamaslik lozim, sifati buzilgan buzilgan mahsulotlar va keraksiz idishlar bir joyda 
saqlanmasligi lozim. 
- O‘tkir hidli mahsulotlar asosiy mahsulotlardan ayrim holda saqlanishi lozim. 
Tez buziluvchi mahsulotlar uchun muzlatgichlar alohida belgilangan bo‘lishi kerak. 
- Taomnoma shakllantirishda SSV tomonidan tasdiqlangan me’yoriy dasturlar 
asosiga  tayaniladi.  Bemorlar  ovqatlanishi  turlicha  bo‘lishi  kerak,  davolash 
ko‘rsatmalariga  tayangan  holda  kimyoviy  tarkibi,  energetik  quvvati,  mahsulotlar 
tarkibi, ovqatlanish rejimi.  
-  Rejadagi  taomnoma  shakllantirganda  ovqatlar  almashtirilganda  ovqat 
kaloriyasi  va  kimyoviy  tarkibi  hisoblanishi  lozim.  Sanitar  epidemiologik  nazorat 
tomonidan  har  kvartalda  1  marotaba  taomnomadagi  ovqatlar  kimyoviy  tarkibi 
aniqlashtirilib  turiladi.  Ovqat  tarqatilguncha  har  kunlik  taomnoma  bosh  oshpaz 
tomonidan  tekshirilib  turiladi,  shu  bilan  birga  brakeraj  hay’ati  tomonidan 
tekshiriladi  va  maxsus  qaydnomada  tushiriladi.  Brakeraj  hay’at  guruhiga  vrach 
dietolog, dietolog hamshira, bosh oshpaz, shifoxona navbatchi shifokori kiradi. Vaqt 
vaqti bilan bosh shifokor tomonidan taomnoma tekshirilib turiladi. 


296 
 
-  Oshxonada  taomnoma  sinamalarini  olish  uchun  keladigan  brakeraj  hay’at 
guruhi uchun alohida kiyim tayyorlab qo‘yiladi.  
-  Sinama  olinishi  quyidagi  tartibda  olib  boriladi:  birinchi  ovqatdan  cho‘mich  
bilan va ikkinchi ovqatdan qoshiq bilan sinama olinadi. Cho‘mich va qoshiq bilan 
sinama  olinadi.  Har  sinamadan  so‘ng  qoshiq  qaynoq  suvda  chayiladi.  Sinama 
olingandan  so‘ng  brakeraj  qaydnomasiga  belgilanadi  va  ruxsat  beriladi.  Sinama 
olingani uchun brakeraj hay’atidan to‘lov olinmaydi.  
-  Oshxonada  har  kuni  taomnoma  asosida  sinama  olinishi  va  toza  yuvilgan, 
qaynoq  suvda  chayilgan  shisha  bankalarda  olib  qo‘yilishi  shart.  Kunlik  olib 
qo‘yiladigan sinama uchun yarim portsiya birinchi ovqatdan, ikkinchi ovqat butun 
(kotleta va boshqalar) holatda 100 gr dan kam bo‘lmagan miqdorda olinadi, uchinchi 
ovqatlar 200 gr miqdorda olinadi. 
- Kunlik sinmani olib qo‘yish uchun maishiy muzlatgich ajratiladi. Taomnoma 
sinamalarini saqlash og‘zi yopilgan shisha bankalarda olib boriladi. 24 soat o‘tgach 
sinamalar  chiqindi  bakiga  to‘kiladi  va  idishlar  toza  yuviladi,  5  minutdan  kam 
bo‘lmagan vaqt davomida qaynatiladi. 
- Ovqat tarqatganda birinchi ovqatlar eng kamida 750S da, ikkinchi ovqat eng 
kamida 650S, sovuq ovqat va sharbatlar -70S dan 140S gacha bo‘lishi lozim. 
-  Tayyor  ovqat  tarqatilgancha  birinchi  va  ikkinchi  ovqatlar  issiq  plitada  2 
soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtgacha saqlanishi mumkin. 
- Oldingi kun va shu kuni boshqa vaqtda tayyorlangan ovqatdan qolgan qismini 
va hozirgi tayyorlanayotgan ovqatlarni bir biriga qo‘shish mumkin emas. 
-  Oshxonada  ovqat  tarqatish  va  ovqatlanish  xonalarining  idishlarini  yuvish 
qat’iyan man etiladi.  
-  Oshxonada  bo‘limlardan  keladigan  idishlar  uchun  alohida  xona  ajratilishi 
lozim. 
- Boshqa xonalarda oshxona idishlarini yuvish qat’iyan man etiladi. 
-  Oshxonada  bo‘limlardagi  ovqat  tarqatish  xonalari  idishlarini  saqlash  uchun 
sharoit  yaratilmagan  bo‘lsa,  bo‘limlarning  o‘zida  idish  yuvish  vannalari  tegishli 
o‘lchamlarda va jovonlarda maxsus joy ajratilgan bo‘lishi kerak.  
- Oshxona mahsulotlar qabul qilish xonasida aylanma idish va anjomlar yuvish 
uchun  maxsus  joy,  mahsulotlarni  olib  kirish  uchun  yo‘lakcha,  aravacha  (30  sm  li 
yon devorlik) issiq va sovuq suv bo‘liish kerak. 
-  Omborxonadan  davolash  profilaktika  muassasiga  mahsulot  olib  keladigan 
avtotransport maxsus sanitar nazorat ruxsatnomasiga ega bo‘lishi lozim. 
- Mahsulot olib keladigan avtotransport doimo toza saqlanishi  lozim.  Har bir 
mahsulot tashigandan so‘ng tozalab yuvilishi lozim. Avtotransport tozalab yuvilishi 
garajda kanalizatsiya bilan ta’minlangan maxsus joyda olib boriladi. 


297 
 
-  Tayyor  ovqatni  bo‘limlarga  tarqatish  uchun  termos  baklar,  termos 
aravachalar, marmit aravachalar va og‘zi mahkam yopiladigan idishlarda ishlatiladi. 
- Oshxona va ovqat tayyorlash anjomlari sifatida emallangan idishlar ishlatish 
qat’iyan  man  etiladi.  Davolash  profilaktika  muassasasi  ichida  tayyor  ovqat 
termosda,  termos  aravachada,  og‘zi  mahkam  yopiladigan  idishlarda  olib  boriladi. 
Ovqat tarqatilgach hamma idish va anjomlar (aravacha) issiq suvda yuvilishi shart. 
- Non transportirovkasi polietilen yoki tselofan qanorlarda olib boriladi, lekin 
nonlarni  bu  xaltalarda  saqlash  mumkin  emas.  Vaqt  vaqti  bilan  qanorlar  yuvib 
turilishi  kerak.  Nonni  og‘zi  yopiq  idishlarda  (chelak,  kastryulya)  tranportirovka 
qilish mumkin, matoli qanorlar ishlatish mumkin emas. 
-  Ovqat  mahsulotlari  va  ovqat  transportirovkasida  ishlatiladigan  transport, 
anjom va idishlar boshqa maqsadlarda ishlatilishi qat’iyan man etiladi. 
- Chiqindilar saqlanadigan sovuq xonalarda baklarni yuvish uchun maxsus joy 
tashkillantirilgan bo‘lishi kerak. 
- Xojatxonat oldi xonasida yuvinish uchun maxsus sharoit kanalizatsiya bilan 
bo‘lishi shart. 
-  Oshxonada  yuvuvchi  va  dezinfektsiyalovchi  moddalar  uchun  alohida  xona 
ajratilishi lozim va har bir mahsulot belgilangan va yozib qo‘yilgan bo‘lishi shart. 
Shu bilan birga yig‘ishtirish anjomlari ham belgilangan bo‘lishi shart. 
- Maxsus kiyim oshxonada yoki uyda yuvilishi man etiladi. 
Ovqat  tarqatish  xonalariga qo‘yiladigan  talablar. 
Bo‘limdagi  ovqat  tarqatish  va  ovqatlanish  xonalari  ikki  (9m2    dan  kam 
bo‘lmagan holda) va idish yuvish (6m2 dan kam bo‘lmasligi) 5 uyali idish yuvish 
vannasi bilan xonadan tashkil topgan bo‘lishi kerak.  
-  Ovqat  tayyor  bo‘lgandan  2  soatgacha  bo‘lgan  muddatda  ovqat  tarqatishga 
ruxsat beriladi.  
Ovqat  tarqatilgach  qolgan  ovqatni  ovqat  tarqatish  xonasida  qoldirish  va  shu 
bilan birga qoldiq ovqatlarni toza ovqat bilan qo‘shish qat’iyan man etiladi,. 
-  Bemorlarga  ovqat  tarqatuvchi  xodim  yoki  navbatchi  hamshiragina  ovqat 
tarqata  oladi.  Faqatgina  “ovqat  tarqatuvchi”  belgisi  bor  kiyimni  kiyib  ovqat 
tarqatishga ruxsat beriladi. 
-  Texnik  xizmatchilar,  palata  va  boshqa  bo‘limlarni  tozalovchilarga  ovqat 
tarqatish  man  etiladi.  Hamma  bemorlarni  ovqatlanishi  ovqatlanish  xonasida 
uyushtiriladi,  faqatgina  og‘ir  bemorlar  bundan  mustasno.  Bemorlarning  shaxsiy 
mahsulotlari  (uydan  keltirilgan)  jovonda,  tumbochkada  (quruq  mahsulotlar)  va 
muzlagichda (tez buziladigan mahsulotlar) saqlanadi.  
-  Navbatchi  hamshira  har  kuni  muzlatgichlardagi  va  tumbochkadagi 
mahsulotlarni muddati va yaroqliligini tekshirib turishi shart. 


298 
 
- Bemorlarga keladigan mahsulotlar tselofan paketda bemorning ismi sharifi va 
berilgan kuni belgilab berilishi shart. Tselofan xaltachalarsiz bo‘lgan, ismi sharifi va 
muddati yozilmagan hamda buzilganligi aniqlangan mahsulotlar musodara qilinadi. 
Bemor  bo‘limga  yotqizilishidan  oldin  bo‘lim  qoidalari  va  mahsulot  saqlash 
qoidalari bilan tanishtirilishi shart. 
Ovqat tarqatish va ovqatlanish xonasi idishlarini yuvish tartibi: 
- Ovqat qoldiqlari mexanik ravishda taxta qoshiqda alohida idishga olish.  
a) Yuvish ashyolari bilan issiq suvda 500S da yuviladi birinchi vannada. 
b) SSV  tomonidan ruxsat berilgan 0,5%li yuvish moddasida chayish. 
 v)  15  minut  davomida  dizinfektsiyalovchi  moddalarda  bo‘ktirish  ikkinchi 
vannada. 
 g) 650S dan past bo‘lmagan suvda chayish uchinchi vannada. 
 d) Quritish javonida yoki tokchalarda quritish.  
Shisha idishlarni yuvish: 
- Ovqat qoldiqlari mexanik ravishda taxta qoshiqda alohida idishga olish. 
- Yuvish ashyolari bilan 15 minut qaynatish yoki 30 minut bo‘ktirish birinchi 
vannada. 
v)   650S dan past bo‘lmagan suvda chayish ikkinchi vannada. 
g)    Quritish javonida yoki tokchalarda quritish.  
Oshxona anjomlarini yuvish. 
- Ovqat qoldiqlari mexanik ravishda taxta qoshiqda alohida idishga olish. 
- Yuvish ashyolari bilan 15 minut qaynatish yoki 30 minut bo‘ktirish birinchi 
vannada. 
- 650S dan past bo‘lmagan suvda chayish ikkinchi vannada. 
- Quritish javonida yoki tokchalarda quritish.  
Oshxona idishlarini yuvish. 
a) 
Ovqat qoldiqlari mexanik ravishda taxta qoshiqda alohida idishga olish. 
b)   Yuvish ashyolari bilan 15 minut qaynatish yoki 30 minut bo‘ktirish birinchi 
vannada. 
b)  650S dan past bo‘lmagan suvda chayish ikkinchi vannada. 
g)  Quritish javonida yoki tokchalarda quritish. 
 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish