1/5
Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (2-
qism)
terabayt.uz
/uz/post/klaviaturaga-qaramay-matn-terishni-organamiz-2-qism-
Bir necha kun oldin klaviaturaga qaramay matn terish haqidagi
maqolamizning birinchi qismini e’lon qilgan edik. Umid qilamizki, maqola
sizga manzur bo‘lgan. Endi esa birinchi qismning davomini — barmoqlar
joylashuvini mashq qilishga bag‘ishlangan ikkinchi qismni taqdim qilamiz.
Boshladik!
2/5
1. Klaviaturaga qaramay «uy qator»dagi klavishlarni bosib chiqing. Uy
qatordagi klavishlarni terayotganda ko‘zingizni ekranga qadalgan bo‘lsin. Mashqni «A»
klavishidan boshlang. Keyin esa undan o‘ng tomondagi harflarga o‘ting va mashg‘ulotni
nuqtali vergul bilan yakunlang. Harflarni terib chiqqaningizdan so‘ng, kalvishlar to‘g‘ri
bosilganiga ishonch hosil qilish uchun ekrandagi yozuvni bir qator ko‘zdan kechiring.
• Masalan, «AAAA», «SSSS», «DDDD» va «FFFF» qilib bosib chiqing.
• Yoki «FADS», «JKL;», «AFDS» hamda «;LKJ» kabi kombinatsiyalarni tering.
2. «E», «R», «U» va «I» harflari ishtirokida sodda so‘zlarni yozib chiqing.
Chap va o‘ng ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan «U» va «R» harflarini bosing. Ushbu
harflarni ketma-ket bosishni mashq qiling, so‘ng ular ishtirokida turli kombinatsiyalarni
amalga oshiring. Barmoqlaringiz bu ikki klavish joylashuvini «eslab qolgunicha» mashqni
davom ettiring.
• Masalan, «erka», «erkak», «dada», «faks», «klass» kabi so‘zlarni klaviaturaga qaramay
qayta-qayta terib chiqing.
3/5
3. «T», «G» va «H» harflarini terishni mashq qiling. «Uy qator» tarkibiga
kiruvchi «G» va «H» harflarini terish uchun o‘ng va chap ko‘rsatkich barmoqlaringizni
cho‘zing. «T» harfini bosish uchun esa chap ko‘rsatkich barmog‘ingizni tepaga tomon
biroz cho‘zing. Bir necha marta ushbu harflarni bosib, barmoqlaringizni yana «uy
qator»ga qaytaring.
• «fg», «ft» yoki «jhjkik», «huhi» kabi jumlalarni terib ko‘ring.
4. «W», «S», «Y», «L» va «O» harflari qatnashgan so‘zlarni terishni mashq
qiling. Endi o‘rta barmog‘ingiz bilan matn terishni mashq qilasiz. E’tiborni «W», «S»,
«O» hamda «L» harflariga qarating. O‘ng ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan esa «Y» harfini
tering. Ushbu harflar ishtirokidagi so‘zlarni yoki kombinatsiyalarni terishni qayta-qayta
mashq qiling.
• Masalan, «wow», «LOL», «low», «you» kabi inglizcha so‘zlarni yoki «ffds», «dfsdf»,
«jhyhj», «klol» hamda «jklkjyj» kabi kombinatsiyalarni bosing.
4/5
5. Barmoqlaringizni pastga tushirib, «N», «M», «V» va «B» harflarini tering.
Har ikki qo‘lingizni pastga tushirib, ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan yuqoridagi harflarni
mashq qiling. Chap barmog‘ingiz «V» va «B» klavishlariga, o‘ngi esa «N» va «M» ga
mas’ul bo‘lsin. Avvaliga noto‘g‘ri klavishni bosib qo‘ysangiz ham hechqisi yo‘q. Faqat
takror-takror shug‘ullanish kerakligini yodda saqlasangiz kifoya.
• Masalan, «Nemo», «nom», «mana», «vabo», «bola», «nam», «voy» kabi so‘zlarni terib
chiqing.
5/5
6. «C», «A», «P», «Q», «Z» va «X» harflari joylashuvini eslab qolishga harakat
qiling. Chap o‘rta barmog‘ingizni pastga tomon cho‘zib «C» harfini, chimchaloq
barmoqlaringiz bilan esa «Q», «A», «Z» harflarini, o‘ng chimchalog‘ingiz bilan «P»
harflarini bosing. Chap nomsiz barmog‘ingiz esa pastga cho‘zilib «X» ni bossin.
• Bir qator so‘zlarni ekranga qarab terishga urining. Masalan, «armiya», «zigzag»,
«lazer», «chiroq», «qalpoq», «xayriya», «chol», «qishloq», «zaqqum» kabi.
7. Terayotgan so‘zlaringiz orasiga tinish belgilarini qo‘shing, so‘zlarni bosh
harf bilan yozing. Tinish belgilari va yordamchi tugmalarning joylashuvini
barmoqlaringiz bilan eslab qolishni mashq qiling. Chimchaloq barmoqlaringiz «Shift»
klavishga javobgar bo‘lsin. «Shift» bilan biror bir harfni teng bossangiz, o‘sha harf bosh
harf ko‘rinishida yozilishini yaxshi bilasiz. O‘ng o‘rta va nomsiz barmoqlaringiz bilan
vergul va nuqtalarni bosing. Chap chimchaloq barmog‘ingizga esa nuqtali vergul, ikki
nuqta, tutuq belgisi kabi klavishlarni «yuklang».
Do'stlaringiz bilan baham: |