Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Download 55,55 Kb.
bet4/5
Sana10.07.2022
Hajmi55,55 Kb.
#771516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yunusova Dildora Nomonjonovna

3. Ijodiy didaktik o’yinlar turlari
Ijodiy didaktik o’yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan tasurotlari aks ettiriladi. Ijodiy didaktik o’yin bolalarning mustaqil didaktik o’yini bo’lib, didaktik o’yinning mazmunini ular o’zlari o’ylab topadilar. Bu didaktik o’yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va ijodqorlik qobiliyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. Ammo didaktik o’yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning didaktik o’yin g’oyasini yaratishlarida, uning mazmunini to’zib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga o’xshashlarda namoyon bo’ladi.

Syujetli-rolli didaktik o’yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy didaktik o’yin turlaridir.


Syujetli-rolli didaktik o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu didaktik o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy didaktik o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday didaktik o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar didaktik o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga didaktik o’yin jarayonida yuklangan rol va didaktik o’yin syujetidan tashqil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
Didaktik o’yinning syujeti – bir-biriga hayotiy aloqador bo’lgan qator voqea- hodisalar yig’indisidir.
Rol syujetli-rolli didaktik o’yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. Didaktik o’yin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi.
Bola o’ynayotganda har hil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o’tadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo.
Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o’z xoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni engilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham didaktik o’yin katta ahamiyatga ega. Didaktik o’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli didaktik o’yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini , bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
Didaktik o’yinda bola o’z oldiga maqsad qo’yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag’onlikka o’rgatadi. Didaktik o’yin jarayonida juda ko’p gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib beirshga to’g’ri keladi. Bolalar o’zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko’p o’ylab, fikrlashishlariga to’g’ri keladi. Bular hammasi bola tafakquri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o’z didaktik o’yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola didaktik o’yinida ona rolini o’ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo’lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o’qib beradi. Bu didaktik o’yin bolada muloyililik, g’amxo’rlik, e`tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg’otadi.
Rolli-syujetli didaktik o’yinlarning o’ziga xos xususiyati. Rolli didaktik o’yinlarning boshqa didaktik o’yinlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo’lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to’g’risida etarlicha tasavvurga ega bo’lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar “paroxod” didaktik o’yinini o’ynamoqchi bo’lishdi. Bunga didaktik o’yinning qanday borishi to’g’risida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog’liq bo’ladi. Bolalarda avval g’oya paydo bo’ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba`zan bolalar didaktik o’yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga “bormoqchi” bo’lsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko’rinib turibdiki, rolli didaktik o’yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o’zaro munosabatda bo’ladilar.
Rolli didaktik o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h.
Rolli didaktik o’yinlarda didaktik, qoidali – harakatli didaktik o’yinlardagi singari qat`iy o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’z xayol qilgan narsalari bo’yicha harakat qiladilar. Masalan, “raketa tushib oyga uchadilar”, “paroxodda so’zadilar”, “kasalni davolaydilar”...
Ammo, bolalarning xayollari bilan o’ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug’iladi, yo’q, bolalar o’zlari buning didaktik o’yinligini yaxshi biladilar.
SHu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo’ladi. Masalan “doktor” rolidaga bola kasal to’g’risida qayg’uradi .
Didaktik o’yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Didaktik o’yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bog’liq bo’ladi.
Rolli didaktik o’yinlarining mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va didaktik o’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbusqorligi ham o’sib boradi.
Avvalgi bolalar o’z-o’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin-asta rolli didaktik o’yinlarning paydo bo’lishi, didaktik o’yinda qishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan didaktik o’yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo’lmagan guruhchalar 2-3 qishidan bo’lib o’ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
Didaktik o’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan didaktik o’yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ijodiy didaktik o’yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning didaktik o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchoqni va o’zini qishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so’rasa, “Haydovchiman” deb javob beradi. YOki qizcha qo’g’richog’iga ovqat pishirayapti. “Sen kimsan?”- degan savolga “Men oshpazman” deb javob beradi.
Bolalar o’z didaktik o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli didaktik o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi. YOki qo’g’richoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. “Men oyisiman”, “Men - vrachman” lekin bo’lar birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bo’lib qolishi mumkin.
Bola to’rt yoshga o’tganda syujetli-rolli didaktik o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. Didaktik o’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z didaktik o’yinlarida oila, MTTni, avtobusda, tramvayda kelayotgan qishini aks ettiradilar.
Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasavvurlari kenayadi, bu ularning didaktik o’yin mazmuniga ta`sir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o’rtasidagi bog’liqliklarni hali tushunib etolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo’yganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli didaktik o’yin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolni rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo’yicha murakkab bo’lmagan didaktik o’yinlarni o’ynshadi.
Didaktik o’yin mazmuni bilan bir qatorla bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo’ladi. Didaktik o’yin birinchidan, xursandchilik bilan hamoxang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o’z didaktik o’yinlarida aks ettiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy didaktik o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu didaktik o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-xayajonlarini to’la qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar didaktik o’yinlarida berilgan ta`lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko’rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o’ynashi to’g’risida va didaktik o’yinning qanday borishi to’g’risida o’zaro kelishib oladilar. Didaktik o’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta didaktik o’yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal didaktik o’yinga yangililik kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan didaktik o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar didaktik o’yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar didaktik o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o’z an`anasiga, o’z qoidasiga ega bo’ladi. Bolalarda birgalikda ijod qiilish qobiliyati rivojlanadi, ular o’rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo’lib boradi.
Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o’rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o’ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo’lib boradi. Bunda bolalar faol tashqilotchi, o’ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bo’linadi.
Faol bolalar har doim didaktik o’yinni o’z xoxishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba`zan didaktik o’yinni buzishadi, o’rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta`siriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, sog’lom qiziqishlari bo’ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta`sir etadi.
.
Didaktik o’yin mavzusi o’zgarishi bilan didaktik o’yinda qatnashuvchilarning ham o’zaro munosabatlari o’zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o’z xolicha o’ynasa, keyinchalik 2-3 qishi bo’lib o’ynay boshlaydi, o’rta maktabgacha yoshga kelganda o’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar didaktik o’yinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va didaktik o’yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
Didaktik o’yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan didaktik o’yinchoqning roli va unga talab ham o’zgarib boradi. Kichkina bolalar didaktik o’yinini ko’pincha didaktik o’yinchoq belgilaydi. Bitta didaktik o’yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda didaktik o’yin to’g’risidagi fikr avval tug’iladi. Keyin o’ynay boshlaydi. Didaktik o’yinchoq didaktik o’yin mazmuniga qarab tanlanadi.

Xulosa.
Xulosa o’rnida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytib o’tish joizki ta’lim tizimi va unda kechayotgan jarayonlar sog’lomlashtirish, shaxsni rivojlantirish eng asosiysi tarbiyaga berilayotgan e’tibor barchamizni qiziqtirishi va nazarimizdan chetda qolmasligi darkor. Chunki, bu ishlarning barchasi bevosita sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilgan. Darhaqiqat, yosh avlod unib o’sayotgan ekan ularga albatta biz o’z e’tiborimizni qaratmog’imiz ularning ta’lim-tarbiya ishlariga alohida yondashmog’imiz shart va bu bizning yosh avlod va xalqimiz oldidagi burchimizdir. Bolalarimizni davlatimiz kelajagini o’ylovchi, o’z vatani uchun jon kuyduruvchi vatanparvarlik ruhida tarbiyalishimiz kerak. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish va bu jarayonga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir. Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning o’zaro hamkorligi asosida bolalrga ta’lim berish o’z samarasini ko’rsatadi albatta. Chunki, maktabgacha ta’lim muassasasidagi tayyorlov guruhi bolalariga maktab ta’limiga o’tishdan oldin ko’nikmalar, u yerdagi sharoitga bolani asta-sekin tayyorlab borish va maktab haqidagi ijobiy fikrlarni bola tasavvurida shakllantirish bevosita maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasi pedagoglari albatta maktab bilan hamkorlikda ish olib boradilar. Albatta, maktab bilan hamkorlikda yuqorida aytib o’tilganidek tadbirlar, kechalar, bolalrning bayramlardagi chiqishlari bilan qatnashish va bu jarayonda birgalikda ishtirok etish jarayonlari, ota-onalar majlislarida o’zaro ishtirok etish, 22 pedagoglar o’rtasidagi fikr almashinuvi va suhbat jarayonlarini tashkillashtirish ishning samaradorligini oshiradi va bolalar ta’lim-tarbiyasiga ham bevosita ta’sir ko’rsata olishga yordam beradi. Avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogning malakali va tajribali bo’lishini ta’minlash darkor. Chunki, bolaning fikrlashi, tasavvuriga tarbiyachi bevosita ta’sir ko’rsata olishi kerak. Shundagina bola ongida ezgu fikrlar, bilimga bo’lgan qiziqish, iqtidorini namoyish qila olishi va o’z qiziqishlarini qo’rqmasdan bildira olishi mumkin. Shu o’rinda ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tizimi haqida to’xtalsak. Maktabgacha ta’lim muassasasi hammamizga ma’lumki ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. Bu yerda ta’limdan tashqari bevosita tarbiya jarayoni ham olib boriladi.




Download 55,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish